Toshkent davlat pedagogika universiteti tillar kafedrasi



Download 2,08 Mb.
bet8/118
Sana22.01.2022
Hajmi2,08 Mb.
#400046
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
Bog'liq
SOHA

UYGA VAZIFA


Ko’rsatilgan adabiyotlarni o’qing va mavzuga aloqador ma‘lumotlarni yozib

2-mavzu: O’zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o’zgarishlar va til rivoji

Reja:

  1. Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasnifi

  2. Jamiyatning turli sohalarida o’zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi

Inson tug’iliboq padari buzrukvori hamda volidasining mehri, shirin kalomi, allasi-yu sevgisini ona tilida eshitadi, tuyadi. Ilk so’zlari, fikr-o’yi, tevarak-atrof haqidagi mulohazalarini shu tilda bayon qiladi. Mana shuning uchun bo’lsa kerak, har bir insonning o’z ona tiliga bo’lgan mehr-muhabbati bo’lakchadir, u kishining qalbida, yurak to’ridadir. Shu boisdan ham har bir inson ona tilini qadrlamog’i, uni sofligini saqlashga, rivojiga o’z hissasini qo’shmog’i lozimdir. Chunki ma‘rifatparvar adib Abdulla Avloniy ayganidek, ‘har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidir, milliy tilni yo’qotmak millat ruhini yo’qotmakdur». Darhaqiqat, so’zlarni buzib gapirishlar, o’rinsiz chet so’zlariyu bema‘ni so’kish va qarg’ish so’zlari tilimiz taraqqiyotiga uriladigan boltadir.

Shuni ham unutmasligimiz joizki, insonning ona tiliga bo’lgan mehr- muhabbatini oshirishda, albatta, kitobxonlik madaniyatining ham o’rni juda kattadir. Zotan, turli xildagi badiiy, publitsistik va ilmiy xarakterdagi asarlar mutolaasi jarayonida O’quvchi ongida ona tiliga bo’lgan, uning sehru jozibasiga, tarovatiga bo’lgan mehri ham bosqichma-bosqich rivojlana boradi, o’z ona tilida xatosiz yozish va gapirish ko’nikmasi shakllanadi.



O’zbek tiliga davlat tili maqomini berish jarayoni ham osonlikcha ro’y bergani yo’q. XX asrning 80-yillarida boshlangan urinishlar natijasi o’laroq, 1988- yilga kelib qator olimlarimiz tilimiz haq-huquqini tiklash yo’lidagi dadil fikrlari bilan matbuotda chiqishlar qildilar. Nihoyat, 1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. 1995-yil 21-dekabrda qayta tahrir qilingan mazkur tarixiy qonun mazmun-mohiyati va ijtimoiy ahamiyati jihatidan dolzarbdir.Har bir fuqaroning davlat tili va u haqidagi muayyan bilimlarga ega bo’lmog’i ham foydadan xoli emasdir.

«Davlat tili to’g’risida»gi Qonun boshqa millat va elatlarining tillariga nisbatan ham hurmat va e‘tiborda bo’lishga, bag’rikenglik tamoyillariga da‘vat etadi: «O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilini qo’llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi» (2-modda). «O’zbekiston Respublikasida davlat tilini o’rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo’lish ta‘minlanadi…» (4-modda). Ya‘ni, ona tili boshqa til bo’lgan, o’zga tillarda so’zlovchi odamlarga nisbatan muloqotni davlat tilida tashkil etish borasida taklif kiritish yoki bosim o’tkazish qonunan ta‘qiqlanadi. Inson o’z ona tiliga qanday munosabatda bo’lsa, boshqa tillarga ham shunday munosabatda bo’lishga chaqiradi.

Ma‘lumki, tilning tirikligi xalqning mavjudligidir. Tilsiz xalq yo’q. Tili o’lgan xalqning o’zi ham yo’qolgan hisoblanadi. Shunga ko’ra til va xalq jon ila tan. Bular qaror topgan, himoya qilingan tuproq Vatandir. O’zbekiston O’zbek xalqi va tili uchun ana shunday tuproq – Vatan sanaladi. O’zbek tili O’zbekistonda muomalada bo’lmasa, himoya qilinmasa va ravnaq topmasa, xo’sh, u qayerda ishlatiladi, kimlar uni himoya qiladi va O’zbek tili qanday rivojlanadi? Hozirgi paytda milliy madaniyatni va tilni himoya qilish hamda rivojlantirishga oid bunday savolarga javob topish boshqa o’lkalarda, mamlakatlarda ham jiddiy, global masalalardan biri bo’lib qoldi. Agar XX asrgacha davlatlar o’rtasidagi masalalarni hal etishning asosiy yo’llaridan biri harbiy to’qnashuv bo’lib, muammo jang maydonida hal etilgan bo’lsa, endigi paytda mulohaza, muzokara olib borish va shu yo’l bilan har qanday murakkab va ziddiyatli masalalarni hal etish xalqaro hayotning, davlatlararo, millatlararo munosabatlarning birlamchi vositasi, yo’li, usuli bo’lib qoldi, Bu esa jamiyatning tilga bo’lgan talabini, ehtiyojini oshirdi, til birliklarining xilma-xil stillarga xos matnlardagi ijtimoiy xoslanish tamoyillarini kengaytirdi.

Hozirgi globallashuv sharoitida adabiy til qo’llanish doirasining kengayishi, til birliklarining badiiy, publitsistik matnlarda ijtimoiy xoslanish tamoyillarining chuqurlashuvi kabi masalalar haqida bakalavr talabalarga yetarli tushuncha berish, ularning turli funksional stillarga xos matnlarni ijtimoiy xoslanish nuqtai nazaridan mustaqil tahlil qila olish ko’nikmalarini shakllantirish, davlat tilining amaliy jihatdan talablarga mos tarzda qo’llanilishi, ish yuritishda undan samarali foydalanish malakalarini takomillashtirishdan iboratdir.

Sharq mutafakkirlarining so’zning ijtimoiy xoslanishi haqidagi qarashlari, adabiy tilning funksional stillari va ularni o’rganish muammolari, tilning funksional stillarini tasniflashda ijtimoiy xoslanish tamoyillarining O’rni, publitsistika va uning janrlari haqida, badiiy va publitsistik matnlarda so’zning ijtimoiy xoslanishi hamda matnda so’zning ijtimoiy xoslanishini aniqlash masalalari kabi mavzularni o’z ichiga oladi.



Tayanch so’z va iboralar: so’z, og’zaki va yozma axborot.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish