Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Metallarni olinish usullari



Download 0,63 Mb.
bet8/9
Sana10.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#651129
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

1.4 Metallarni olinish usullari
Rudadan mеtallarni toza holatda ajratib olishga mеtallarning olinishi dеyiladi. Mеtallar rudadan turli usullarda ajratib olinadi. Bu usullar qaytarilish, tеrmik parchalanish, almashinish, elеktroliz jarayonlariga asoslangan. Sanoatda mеtallarning olinish usullarini o’rganadigan sohaga mеtallurgiya dеyiladi. Mеtallar quyidagi usullarda ajratib olinadi.
1) Piromеtallurgiya – mеtallarni oksid ko’rinishigacha kuydirib, qaytaruvchilar yordamida olish usullari.
a) Karbotеrmiya usuli – mеtallarni oksididan uglеrod, isgazi yordamida qaytarish.

SnO2 + C = Sn + 2CO


ZnO + CO = Zn + CO2


b) Vodorodotеrmiya usuli – mеtallarni oksididan vodorod yordamida qaytarish.


MoO3 + 3H2 = Mo + 3H2O


v) Mеtallotеrmiya – mеtallarni oksididan boshqa mеtallar (Si, Mg, Al, Na, Fe) yordamida qaytarish.


Alyuminotеrmiya 3Mn3O4 + 8Al = 9Mn + 4Al2O3 + Q

g) Tеrmomеtriya – moddalarni parchalab toza mеtallar (Zr,Ni,Ge,Cr,Ti,V,Nb,Ta mеtallar olinadi) olish.


ZrI4 = Zr + 2I2 Ni(CO)4 = Ni + 4CO 2GeI2 = GeI4 + Ge


2) Gidromеtallurgiya – mеtall rudalari kislotalar yordamida eritmaga o’tkaziladi va eritma tarkibidan qaytaruvchilar yordamida ajratib olinadi.


Cu2S + 2O2 = 2CuO + SO2 CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O


CuSO4 + Fe = Cu + FeSO4


2K[Au(CN)2] + Zn = K2[Zn(CN)4] + 2Au


3) Elеktromеtallurgiya – mеtallarni ularning birikmalarini suvdagi eritmalaridan yoki suyuqlanmalaridan elеktroliz yordamida ajratib olish.


1.5 Metallarning olinishi va ishlatilishi
Metallarni birikmalaridan ajratib olish bilan metallurgiya shug‘ullanadi. Metallurgiyaning asosiy vazifalari metallarni birikmalaridan qaytarish va metallarni boshqa moddalardan ajratishdan iborat. Metallarni birikmalardan olish uchun turli usullar qo‘llaniladi. Sanoatda metallarni olish usullarining barchasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda quyidagi usullardan foydalaniladi:
• Pirometallurgik usullar.
• Gidrometallurgik usullar.
• Elektrometallurgik usullar.
Pirometallurgik usullarda metallarni olish yuqori haroratlarda metall birikmalarini bevosita termik ishlovdan o‘tkazishga (passiv metallarni olish) yoki uglerod, uglerod (II)-oksid, alyuminiy, kremniy yoki vodorod yordamida metall oksidlarini qay tarishga asoslangan:
ZnO + C → CO + Zn
Cr2O3 + 2Al → Al2O3 + 2Cr
Fe3O4 + 4CO → 3Fe + 4CO2
WO3 + 3H2 → W + 3H2O
2HgO → 2Hg + O2
Bu usullar yordamida po‘lat va cho‘yan olinadi. Gidrometallurgik usullarda metallar olish ularning birikmalarini eritmaga o‘tkazib, yuqori haroratlarsiz, elektroliz yordamida yoki boshqa metallar ta’sir ettirib qaytarishga asoslangan: CuO + H2SO4 → CuSO4 + H2
CuSO4 + Fe → FeSO4 + Cu↓
Bu usullar yordamida oltin, kumush, rux, uran va boshqa metallar olinadi. Elektrometallurgik usullarda metallarni olish oksidlar, gidroksidlar, tuzlar suyuq - lanmalarini elektroliz qilishga asoslangan:
Na+ + ē → Na0
Ca+2 + 2ē → Ca0
Al+3 + 3ē → Al0
Bu usullar yordamida ishqoriy va ishqoriy-yer metallar, alyuminiy olinadi. Ishlatilishi. Metallar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Inson hayotiy faoliyati uchun foydalanish darajasi bo‘yicha metallar oldingi o‘rinlarda turadi. 12- rasmda oddiy yoritish lampochkasida ishlatiladigan metallar ko‘rsatilgan. Ishlatilish sohasiga qarab, metallar shartli ravishda qora va rangli metallarga bo‘lingan.

• Qora metallar – temir va uni qayta ishlashning asosiy mahsulotlari cho‘yan va po‘latlardir.
• Rangli metallar – temirdan boshqa metallar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlaridir. Tashqi ta’sirlarga chidamliligi va zargarlik, ziynat buyumlari tayyorlash uchun ishlatilishiga qarab:
• Nodir metallar (kumush, oltin, platina, palladiy va b)
Tabiatda kam tarqalgani (siyrak-yer elementlari), boshqa metallardan keskin farqlanuvchi ayrim xossalariga (yarim o‘tkazuv - chanligi, radioaktivligi, yuqori haroratda suyuqlanishiga) qarab:
• Noyob metallar (aktinoidlar, lantanoidlar, molibden, volfram, vanadiy, niobiy, tantal, radiy, toriy va b.). kabi tiplarga bo‘linadi. Indiy va kumush nurni yaxshi aks ettirganligi uchun projektor va reflektorlar tayyorlashda ishlatiladi. Qadimgi vaqtlarda asl metallar: oltin va kumush hamda mis - dan to‘lov vositalari bo‘lgan pul birliklari tayyorlanib, turmushda ishlatilgan.
• O‘zbekistonda hozirgi kunda 40 tadan ortiq qimmatbaho metall konlari topilgan. • Oltin zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 4- o‘rinda turadi.
• Oltin konlari Qizilqumdagi Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balkantov, Aristontov, Òo‘rboy va boshqa yerlarda joylashgan.
• Kumush konlari Navoiy viloyat idagi V isokovoltnoye, O‘qjetpes, Kosmonachi; Namangan viloyatidagi Oqtepada joylashgan.
• Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik kor
xonalardan biri bo‘lib, Qalmoqqir konida qazib chiqarilgan ruda asosida ishlaydi va rangli metallar ishlab chiqaradi.
• Shun ingdek , O ‘ zbek is tonda Au , A g , Cu , Re , Mo , Pb, Zn, W, Cd, Ni, Os, V, Sc, Te, Se kabi ko‘plab elementlarning konlari mavjud.

XULOSA
Ushbu kurs ishida elementlar kimyosi. Metallar mavzusiga oid nazariy bilimlar keltirilgan. Davriy sistema, undagi metallarning o’rni va ahamiyati , metallarning olinishi , olinish usullari , fizik va kimyoviy xossalari , ishlatilishi yoritilgan . Hozirgi kunda turmushni metallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, o‘nlab metallar va qotishmalar xalq xo‘jaligining barcha sohalarini qamrab olgan. Og‘ir yuklarni tashuvchi va yengil mashinalar, qishloq xo‘jaligi mashinalari, teplovoz, parovoz, samolyotlardan tor tib oddiy igna, mix, ruchka va hokazolar barchasi metallardan yasalgan yoki asosiy qismini metallar tashkil qiladi. Temir, mis, rux, nikel, kobalt, alyuminiy, magniy, volfram, molibden, tantal, titan, niobiy kabi metallar va po‘lat, cho‘yan, babbit, duralyuminiy, nixrom singari qotishmalar katta amaliy ahamiyatga egadir.
Fe(OH)3 bu modda temir (III)-gidroksid yoki siz ko‘rgan temir buyumlar sirtidagi “zang”. Elektrokimyoviy korroziyada murakkab jarayonlar ro‘y beradi. Korroziya xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Avtomobillar, kimyo sanoati uskunalari, asboblar, trubalar va boshqalar korroziya natijasida eng ko‘p zararlanadigan obyektlardir. Metall kuchlanishlar qatorida qanchalik chapda turgan bo‘lsa, ya’ni qanchalik faol bo‘lsa, u shunchalik oson korroziyalanadi, deb aytish mumkin. Haqiqatda esa, hamma vaqt ham bunday bo‘lavermaydi. Masalan, metallar elektrokimyoviy qatorining boshrog‘ida joylashgan alyuminiy atmosfera ta’sirida bo‘ladigan korroziyaga birmuncha yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Buning sababi shuki, alyuminiy sirtida alyuminiy oksiddan iborat yupqa parda hosil bo‘lib, bu parda alyuminiyni atrofdagi muhit ta’siridan himoya qilib turadi. Bu parda biror usul bilan yo‘qotilsa, alyuminiy juda tez korroziyalana boshlaydi Davriy sistemadagi elementlarning 3/4 kismidan ko’prog’ini metallar tashkil etadi. Metallar jadvalda I — II — III gruppalarda, barcha gruppalarning yonaki gruppachalarida joylashgan Ko’pchilik metallar amfoter xossalarga ega.
Metallarni birikmalaridan ajratib olish bilan metallurgiya shug‘ullanadi. Metallurgiyaning asosiy vazifalari metallarni birikmalaridan qaytarish va metallarni boshqa moddalardan ajratishdan iborat. Metallarni birikmalardan olish uchun turli usullar qo‘llaniladi
Metallar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Inson hayotiy faoliyati uchun foydalanish darajasi bo‘yicha metallar oldingi o‘rinlarda turadi.
Mazkur kurs ishini yozish mobaynida quyidagilar oʻrganildi:
- Elementlar kimyosi haqida tushunchalarni oʻzlashtirish; - Metallarning olinish usullari
- Metallarning inson hayotida xalq xo’jaligidagi ahamiyati
- Metallarning korroziyasi va uning himoya usullari
O‘zbekistonda kimyo sanoat turlarining keng rivojlanganligini e’tiborga olsak, bu sohalar bo‘yicha ishlab chiqarishni hozirgi zamon darajasida tashkil etish va amalga oshirish uchun kimyoviy bilimga ega bo‘lgan ko‘p sonli yosh mutaxassislar kerak bo‘lib, ulardan kimyo va kimyoviy texnologiya asoslarini chuqur egallash talab etiladi. Respublikamizning qator viloyatlaridagi xom ashyo imkoniyatlari metallurgiya sanoatini rivojlantirish, xalq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi sohasida katta talab va ehtiyojga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.
Biz kimyogarlar ham kelajakda bu sohani rivojlanishi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim va bu kurs ishini o‘rganib chiqish jarayonida mavzuga oid yangidan-yangi bilimlarni egalladim.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish