kimyoviy korroziya, biokimyoviy yoki biokorroziya, elektrokimyoviy korroziya. Korrozion jarayonning borish sharoitiga ko‘ra korroziyaning quyidagi turlari farqlanadi: atmosferaviy, suyuqlikda yoki elektrolitlarda, tuproqda yoki yer ostida, elektrokorroziya, tirqish korroziya, kuchlanish ostidagi korroziya.
• Korroziya — metallarning atrof-muhit bilan ta’sirlashishi natijasida yemirilish jarayoni.
• Kimyoviy korroziya — metallning tashqi muhitdagi oksidlovchi bilan bevosita ta’sirlashishi natijasida yemirilishi.
• Elektrokimyoviy korroziya — bir-biri bilan kontaktda bo‘lgan ikki xil metallning elektrolit, suv bilan bevosita ta’sirlashganda nisbatan faolroq yemirilishi. Kimyoviy korroziyaga natriy va kalsiyning havoda oksidlanishi, temirni nam havoda zanglashi, vodorod sulfidli, galogenli, oltingugurt (IV)-oksidli va boshqa gazli muhitda, elektr tokini o‘tkazmaydigan neft, benzin, toluol kabi suyuqliklar ta’sirida metall yemirilishi misol bo‘ladi. Bunda elektronlar metalldan bevosita oksidlovchilarga o‘tadi.
Fe – 2ē → Fe2+
2H2O + O2 + 4ē → 4OH-
2Fe2+ + 2H2O + O2 → 2Fe(OH)2
4Fe(OH)2 + 2H2O + O2 → 4Fe(OH)3
4Fe + 2nH2O + 3O2 = 2Fe2O3 · nH2O yoki 4Fe + 6H2O + 3O2 = 4Fe(OH)3 Fe(OH)3 bu modda temir (III)-gidroksid yoki siz ko‘rgan temir buyumlar sirtidagi “zang”. Elektrokimyoviy korroziyada murakkab jarayonlar ro‘y beradi. Texnikada ishlatiladigan metallarga hamma vaqt boshqa metallar aralashgan bo‘ladi. Shuning uchun metallar elektrolit eritmasiga tekkanda uzluksiz ishlaydigan galvanik element hosil bo‘ladi, bunda faol metall yemiriladi. Havoda har qanday metall buyum yuzasida suv kondensatlanadi. Unda atmosfera gazlari erib, elektrolit hosil bo‘ladi. Agar metall boshqa metallga tegib tursa yoki tarkibida qo‘shimchalar tutsa, galvanik juft hosil bo‘ladi va elektrokimyoviy korroziya yuz beradi. Toza metallar elektrokimyoviy korroziyaga uchramaydi. Korroziya xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Avtomobillar, kimyo sanoati uskunalari, asboblar, trubalar va boshqalar korroziya natijasida eng ko‘p zararlanadigan obyektlardir. Metall kuchlanishlar qatorida qanchalik chapda turgan bo‘lsa, ya’ni qanchalik faol bo‘lsa, u shunchalik oson korroziyalanadi, deb aytish mumkin. Haqiqatda esa, hamma vaqt ham bunday bo‘lavermaydi. Masalan, metallar elektrokimyoviy qatorining boshrog‘ida joylashgan alyuminiy atmosfera ta’sirida bo‘ladigan korroziyaga birmuncha yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Buning sababi shuki, alyuminiy sir tida alyuminiy oksiddan iborat yupqa parda hosil bo‘lib, bu parda alyuminiyni atrofdagi muhit ta’siridan himoya qilib turadi. Bu parda biror usul bilan yo‘qotilsa, alyuminiy juda tez korroziyalana boshlaydi. Xalq xo‘jaligida elektrokimyoviy himoya usullari suvli muhitdagi yoki tuproqdagi metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Metallar va metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashning quyidagi usullari amalda keng qo‘llaniladi:
• Himoya qoplama hosil qilish.
• Korrozion muhitning faolligini kamaytirish (ingibirlash).
• Metallning xossalarini o‘zgartirish (qo‘shimchalarni yo‘- qotish yoki qo‘shimchalar qo‘shish).
• Elektrokimyoviy himoyalash.
• Kimyoviy barqaror materiallardan foydalanish.
Metallar korroziyasi xalq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazganligi uchun metallarni korroziyadan saqlash muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan usullardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz. Himoya qavatlar. Metall sir tiga uni korroziyadan saqlash uchun metall bo‘lmagan qoplamalar: lok-bo‘yoq , emallar, smolalar, plastmassalar, oksidlar (oksidlash), tuzlar (fosfatlash) va boshqalar qoplanadi. Fosfatlash — qora va rangli metallar sirtida fosfat qoplamalar olish usulidir. Bu usul metallarning fosfat kislota va uning tuzlari eritmalari bilan ta’sirlashib, metallar sirtida suvda erimaydigan fosfat tuzlaridan iborat qoplamalar hosil qilishga asoslangan. Fosfat qoplamalar olish uchun ishlatiladigan moddalar anod ingibitorlari qatoriga kiradi. Fosfat qoplamalarning elektroizolyatsion xossalari yaxshi bo‘lganligi sababli ulardan elektromashinalar qismlarini tayyorlashda, elektrotexnik va boshqa po‘latlar sir tida elektroizolyatsion qavat hosil qilishda foydalaniladi. Har qanday o‘lcham va shakldagi buyumlarni fosfatlash mumkin, bunda harorat darajasi turlicha bo‘lgan fosfatlovchi eritmalar ishlatiladi, fosfatlash uchun ketgan vaqt esa qisqa bo‘ladi. Metall buyumlarni bo‘yashdan oldin fosfatlash bo‘yoqlarning po‘lat bilan mustahkam birikishini hamda sir tning turli nuqsonlarida korrozion yemirilishlarning kam bo‘lishini ta’minlaydi. Fosfat qoplama hosil bo‘lishi vodorod chiqishi bilan boradi. Temir atomlari bosqichma-bosqich kislota tarkibidagi vodorod atomlari o‘rnini oladi:
2H3PO4 + Fe = Fe(H2PO4)2 + H2
Fe(H2PO4)2 + Fe = 2FeHPO4 + H2
2FeHPO4 + Fe = Fe3(PO4)2 + H2
Ko‘pincha metallar kor roziyaga ancha chidamli boshqa metallar (nikel, rux, xrom, alyuminiy, oltin, kumush) bilan ham qoplanishi mumkin. Agar qoplama yemirilsa, ya’ni metall sir tining bir qismi ochilib qolsa, himoya qilinuvchi metall agressiv muhitga tushib, galvanik element hosil bo‘ladi va metall korroziyalana boshlaydi. Agar qoplama metall himoya qilinuvchi metalldan faolroq, masalan, temir ustiga rux qoplangan bo‘lsa, qoplangan metall (r u x) anod bo‘ladi va bunday qoplama anod qoplama deyiladi. Himoya qilinayotgan metall (temir) katod bo‘ladi va u qoplangan ruxning hammasi sarflanib bo‘lmaguncha buzilmaydi. Himoya qiluvchi metallga qaraganda faolligi kamroq bo‘lgan metallar katod qoplama hosil qiladi. Bordi-yu katod qoplama buzilsa, himoya qilinuvchi metall juda tez korroziyalanadi. Korrozion muhitga ishlov berish. Metall atrofidagi muhitdan zararli qo‘shimchalar chiqarib tashlanib, erigan kislorod va tuzlar miqdori kamay tirilsa, ular ta’sirida korroziyalanadigan metallarning korroziyalanishini kamaytirish uchun korroziyani sekinlatuvchi ingibitorlar deb ataluvchi moddalar ishlatiladi. Ingibitorlar — maxsus moddalar bo‘lib, korrozion muhitga oz miqdorda (10–6–10–3 mol/l) qo‘shilganda korrozion jarayon tezligini keskin pasaytiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Ingibitorlar sifatida turli individual organik va noorganik moddalar hamda ularning aralashmalari qo‘llanadi. Ingibitorlar atmosferadagi, kislotali muhitdagi, dengiz suvidagi, sovutkich suyuqliklardagi, oksidlovchilardagi, moylar va boshqalardagi kor roziyadan metallarni himoya qilishda ishlatiladi. Ingibitorlarning himoyalash xususiyati ularning metall sirtiga adsorbsiyalanib, katod va anod jarayonlarni sekinlashtirishi bilan bog‘liq. Elektrokimyoviy himoya. Elektrokimyoviy himoyaning mohiyati shundaki, unda himoya qilinuvchi inshoot doimiy tok manbasi katodiga ulanadi. Natijada inshootning o‘zi katodga aylanadi. Korroziyadan bunday saqlanish katod himoyasi deyiladi. Bunda anod sifatida metall holidagi lom ishlatiladi va u korroziyaga uchrab, himoyalanuvchi buyumni korroziyalanishdan saqlaydi. Protektor himoyada himoya qilinadigan metallga undan ko‘ra faolroq metall plastinkalar — protektorlar biriktiriladi. Hosil bo‘lgan galvanik juftda protektor — anod, himoya qilinadigan konstruksiya esa katod vazifasini o‘taydi. Bunda protektor asta-sekin yemiriladi va metall konstruksiyaning korroziyalanishi esa deyarli to‘xtaydi. Hozirgi vaqtda nafaqat yangi himoya usullari, balki metallarni almashtirish imkoniyatini beruvchi plastmassalar, kislotaga chidamli sement va boshqalar ham ixtiro qilinmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |