Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

sodiq do‘stlik, chunki u bola bilan do‘stlashdi”; ortiqcha so‘zlarni qo‘llash (I bo‘limda 4% va II bo‘limda 6% 
kar o‘quvchilarda 2 %): “menga yoqadi, juda yoqadi, judayaa-judayam yoqadi”; so‘z yasash bilan bog‘liq 
xatolar (bo‘limda12% va II bo‘limda 11% kar o‘quvchilarda 40 %) “uyag‘anadi” – uyg‘onadi, “samalom” – 
salom; shakl yasash bilan bog‘liq xatolar ( bo‘limda 9% va II bo‘limda 12%): “hikoya haqida” – hikoyada, 
“yubordi” – yubortirdi, “mening” – uning; so‘zlarni moslashtirishda xatolar (Ibo‘limda12% va IIbo‘limda 
11%): “uning o‘rtog‘im”; ko‘makchilarni qo‘llash bilan bog‘liq xatolar (Ibo‘limda10% va IIbo‘limda 6%): 
“sinfda bilan ko‘chirdi”, “saqich bilan olib berdi”; gaplar chegarasini buzish (bo‘limda 7% va II bo‘limda8%): 
“ Ular olardi. Anvar Hamiddan ko‘chirardi”; ega bilan kesimni bog‘lashda xatolar (mos ravishda bo‘limda 
9% va II bo‘limda 7%): “Anvar bilan Hamid qalin bo‘lmoq”; zarur so‘zlarni tushirib qoldirish (bo‘limda 6% 
va II bo‘limda 8%): “qalin do‘st”. “Anvar yozma ishni”; egani ifodalash usulini buzish (I bo‘limda 8% va II 
bo‘limda 7%): “do‘stlik uzadi”. Shunday qilib, bolalar ishlarining miqdor va sifat tahlili eshitishida nuqsoni 
bo‘lgan o‘quvchilar asarning mazmuniy tomonini ochib berish, fikrlarni grammatik va nutqiy 
rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishini ko‘rsatdi. Fikrimizcha, sinaluvchilar duch kelgan 
qiyinchiliklar nafaqat etarlicha nutqiy rivojlanmaganlik, balki o‘qishga o‘rgatish bilan bog‘liq pedagogik 
amaliyotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bilan ham bog‘liq. O‘qish darslarini kuzatish va ularni tahlil qilish 
orqali o‘qishga o‘rgatish amaliyotidagi eng asosiy kamchiliklardan biri o‘quvchilarning nutqiy faoliyatining
bir-biriga o‘xshash turlaridan foydalanishdan iborat ekani aniqlandi. Bu holat darslarda ta’limning bir xildagi 
metodlaridan foydalanish bilan izohlanadi. O‘quvchilar javoblarining shakli qo‘yilgan savollar xarakteriga 
bog‘liq bo‘ladi. Qayd qilishni talab etadigan, reproduktiv deb nom olgan, shuningdek, izlanishli, fikr qilishni 
talab etadigan savollar farqlanadi. Amalda esa o‘qilgan matn bo‘yicha oldindan tayyorlangan hikoyadan 
boshqa hech bir ish shaklini deyarli kuzatmadik, o‘quvchilarning bog‘lanishli fikrlari maqsadga yo‘naltirilgan 
mashqlar sharoitida deyarli shakllantirilmaydi. O‘qish darslarida olib borilgan kuzatishlar xulosa qilish 
imkonini beradiki, dars vaqtining qariyb 90% to‘liqsiz gaplardan foydalanishni ko‘zda tutadigan kundalik 
muloqot og‘zaki so‘zlashuv nutqiga, 10% avvaldan ishlangan va yod olingan bog‘lanishli hikoyalarga (gapirib 
berish) ajratiladi. Kuzatilgan darslarga bayonnomalar yozayotib, o‘quvchilarning asar qahramonlari haqidagi 
mustaqil fikrlari, ularga berilgan baholari, qahramon taqdiri qanday bo‘lishini o‘ylab topishlari, hikoyaning 
davomini to‘qishlari juda kam qo‘llanilishiga e’tibor qaratdik, o‘qituvchilar bolalarning: “Yaxshi”, 
“Mehribon”, “Jahldor” kabi javoblarini qabul qilaveradilar. Ta’kidlamoqchimizki, o‘quvchilarning yuqorida 
keltirilganlari kabi javoblari dastur talablariga muvofiq kelmaydi, bu o‘quvchilarning darslarda yetarlicha 
nutqiy faol emasligidan dalolat beradi. Darslarda maksimal faollik o‘qituvchi tomonidan namoyish qilindi. U 
hikoya qildi, mazmunni tahlil qildi, umumlashtirdi, bolalarning fikrlarini to‘ldirdi. Kuzatilgan darslarning 


26 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
ko‘pchiligida o‘quvchilar passiv tomoshabin vazifasini bajardi. Keltirilgan dars parchasi o‘quvchilar matnda 
yo‘nalganlik olishi, biroq o‘z fikrlarini qisqa shaklda ifodalashi, qahramonning tavsifi formal va dalillarsiz 
ekanini ko‘rsatib turibdi. Ta’kidlash muhimki, suhbatda hamma vaqt ham kengaytirilgan javoblar kerak 
emas. Savolning xarakteri o‘zi javobni belgilaydi. Aniq savollarga javoblar qisqa bo‘lishi mumkin. Biroq 
sabab-oqibat, umumlashtirish va baholash xarakteridagi savollar nisbatan to‘liq, kengaytirilgan dalillangan 
jumlalarni talab qiladi. Keltirilgan suhbat fragmentida o‘quvchilar faqat lo‘nda, kam asoslangan jumlalar 
bilan cheklanib qoldi. Tadqiqot natijalari dalolat beradiki, o‘quvchilarning boshqa asarlar bo‘yicha tuzilgan 
qayta hikoyalari (gapirib berishlari) o‘qilayotgan asarning qayta yaratish bo‘lib, ularda ijod elementlari 
kuzatilmadi. O‘qituvchilar bilan suhbatlardan aniqlandiki, adabiy-ijodiy faoliyatni tashkil qilish bo‘yicha 
metodik tavsiyalarning yo‘qligi sababli pedagoglar eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qish 
darslarida ijodiy fikrlarga o‘rgatishda qiynaladi. Ayni vaqtda pedagogik amaliyot tahlili ko‘rsatadiki, nutq 
o‘stirish darslarida o‘qituvchilar so‘zlar o‘rtasida aloqadorlik (bog‘liqlik)ni aniqlashga, variativ 
konstruksiyalarni tanlash va shu kabilarga qaratilgan rang-barang ish turlaridan foydalanadi. Chunonchi, 
“Kumush qish” hikoyasi bo‘yicha bayonga tayyorlanib, o‘quvchilar matn tahlilidan keyin quyidagi vazifalarni 
bajardi: 
– hikoya matniga tayangan holda otlarga mos keladigan sifatlarni tanlash, ularni boshqa so‘zlar bilan 
to‘ldirish: “ Qish (qanday?) ..., ... . Kunlar (qanday?) ..., ... . Qor (qanday?) ... . 
– matndan olingan gaplarni namuna bo‘yicha qayta tuzish: “Kumush qish kirib keldi. – Qish kunlari 
xammayoq oppoq qor bilan qoplandi”. 
– so‘zlardagi qo‘shimchalarni yozish va imlosini tushuntirish: “(Qaerda?) dala......(qanday?) ...
maydon... . 
– sinf taxtasida yozilgan gaplardagi xatolarni topish: “Dallarda kuzda sepilgan urug‘lar qor tagida 
yetilib, muzlamasdan turadi. Qor qancha ko‘p yog‘sa, yer shuncha yaxshi dam oladi, hosil mo‘l bo‘ladi”. 
Ta’kidlash kerakki, nutq o‘stirish darslarida bu kabi topshiriqlarni bajarish o‘quvchilar uchun 
qiyinchilik tug‘dirmadi. Bu o‘qituvchilarning nutq o‘stirish darslarini fikrlarni yaratish va nutqiy 
rasmiylashtirish uchun bazaviy asos deb bilishi bilan izohlash mumkin. Biroq eshitishida nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilar so‘z va birikmalarni xatosiz qo‘llashi uchun birgina nutqiy va grammatik mashqlarning o‘zi 
yetarli emas. Nutqiy muloqot amaliyoti zarur, buni esa asar tahlili, o‘quvchilarning adabiy-ijodiy faoliyati 
jarayonida yaratish mumkin
1
. Fikrimizcha, o‘qish va nutq o‘stirish darslarida nutqiy faoliyatga o‘rgatishning 
asosiy yo‘nalishlari nutqiy namunalarni idrok qilish, tushunish va qayta yaratish, nutqiy jumlalarni analogiya 
bo‘yicha qurish, tanish materialni yangi vaziyatlarga ko‘chirish, fikrlarning variativligi bo‘lishi lozim. Shunday 
qilib, o‘quvchilarning o‘zlari o‘qigan asarlar haqida fikrlarining og‘zaki bayon etishi tahlili ularni mazkur
malakasining darajasi past ekanini ko‘rsatdi, buni esa nafaqat eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning 
badiiy asarni idrok qilish xususiyatlari va yetarlicha nutqiy rivojlanmaganligi, balki pedagogik amaliyot tahlili 
jarayonida aniqlangan badiiy asar va o‘quvchilar nutqi ustida ishlarni tashkil qilishdagi kamchiliklar bilan 
ham izohlash kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqilgan adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni nutqini 
rivojlantirish pedagogik tizimi korreksion ta’limning rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xarakterini aks 
ettiradigan va boshlang‘ich sanaladigan eng muhim umumdidaktik qonuniyatlarni tushunish asosiga 
qurilgan. Korreksion rivojlantiruvchi ta’sir korreksion o‘qitishning kompleks va shaxsga yo‘naltirilgan 
xarakteriga asoslangan. Bu jarayonda bolaning korreksion o‘qitish va uning shaxsi shakllanishi, o‘rab turgan 
muhitning ta’siri, psixik-jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor qaratiladi. Mazkur eshitishda nuqsoni bo‘lgan 
o‘quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimida eng muhimi korreksion o‘qitish jarayonida tushunarli 
nutq, kommunikativ malakalarni rivojlantirish, bilish faolligi, mutolaa va adabiy ijodiga qiziqishni 
faollashtirish zaruratini aks ettiradigan tabiatga muvofiqlik haqidagi qoida sanaladi. Adabiy ta’lim jarayonida 
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining samaradorligi o‘qituvchi 
bilan o‘quvchilar, o‘quvchilarning bir-biri bilan, ota-onalar bilan bolalarning shaxslararo o‘zaro ta’siri 
(hamkorligi)ga bog‘liq
2
. Shu sababli uni amalga oshirishda bir necha shartni ajratib ko‘rsatmoqchimiz: 
1
Marasulova U.N. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida adabiy nazariy tushunchalarni shakllantirish va takomillashtirish usullari: Fil. fan. kand. 
...diss. – T., 2007. – 126 b. 
2
Комаров К. В. Методика обучения русскому языку в школе для слабослышащих детей. — М., 1988. — 223 с 


27 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
birinchidan, ota-onalar bilan maxsus (korreksion) ta’lim muassasalari pedagoglarining eshitishida nuqsoni 
bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlantirish masalalaridagi hamkorligi; ikkinchidan, surdopedagogning 
pedagogik kompetentligini rivojlantirish; uchinchidan, defektolog-talabalarning kasbiy tayyorgarligini 
oshirish.
Shunday qilib, adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish