Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
2019-3-son

Key words: poetic image, lirik hero, folk conception, philosophical reasoning. 
1
Мунира Шарипова. Муҳаммад Шайбоний ижоди хорижда. // Жаҳон адабиёти журнали. Тошкент 2010. №4. Б. 172—174 


151 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
O‘tgan asrning oltmishinchi yillari oxiri yetmishinchi yillar boshlarida she’riyat maydoniga kirib kelgan 
bir guruh yosh shoirlar ichida Azim Suyunning ham o‘z munosib o‘rni bor. U tengdoshlari Xurshid Davron, 
Usmon Azim, Ikrom Otamurod kabilar qatori ijodiy izlanishlari bilan o‘zligini topishga harakat qildi. 
Shoir bu davrda yozgan bir she’rida: 
Bahor doim bahorligin ayon etar, 
Oftob nuri bulutlarni yorib o‘tar, 
Bijg‘ib yotgan ko‘lmaklarni ko‘p ko‘rdim-ey, 
Oqin suvlar o‘z yo‘llarin topib ketar 1 
deb bashorat qilgan edi. 
Darhaqiqat, shoir ijodi chashmadan otilib chiqayotgan buloq suvidek o‘z yo‘lini topib, muxlislariga 
ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilmoqda. Azim Suyunlar avlodi she’riyatga XX asrning buyuk salaflari ―
G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Mirtemirlar, o‘zlaridan besh-o‘n yil ilgari yoniq yurak bilan ijod 
maydoniga kirib kelgan Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlarday salohiyatli ijodkorlar ijodidan bahra olib, 
ko‘tarinki kayfiyat va shijoat bilan kirib keldilar. 
Ayni paytda, bu davrda jahon va rus she’riyatidan qilingan tarjimalar, Genrix Geyne, Bayron, Lorka, 
Pushkin, Lermontov, Yesenin kabi shoirlar ijodi ham o‘zining o‘tli tuyg‘ulari bilan ularning qalbiga olov 
yoqdilar. Shu bois bu zamondosh shoirlar ilk ijodiy namunalaridayoq havaskor qalamkash sifatida emas, 
balki badiiyatning sir-asrorini, she’riyatga xos nafosati va go‘zallikni, tuyg‘ular po‘rtanasini yaxshi his 
qiladigan to‘laqonli shoir sifatida bo‘y ko‘rsatdilar. Ular rang-barang mavzularda bitilgan dastlabki 
she’rlaridayoq inson qalbining nozik kechinmalarini o‘ziga xos obrazli bo‘yoqlarda, mohirlik bilan qo‘llangan 
poetik obraz va timsollarda ifodalashga muyassar bo‘ldilar. Bu she’riyatiga havoyilik, soxta ko‘tarinkilik 
begona. Ular qaysi mavzuda asar bitmasin, Ona Vatan madhimi yoki sevgi-muhabbat motivi bilan 
sug‘orilgan she’rlarmi, kuz yoki bahor fasli haqida yoziladimi, undan qat’i nazar barchasiga xos bir xususiyat 
ustuvor, u ham bo‘lsa shu Ona zamin bilan, uning munis va mehnatkash xalqi taqdiri bilan bog‘lanuvchi 
mustahkam rishta bor. Mana shu rishtani har bir zamondosh shoir o‘ziga xos bo‘lgan ovozi bilan sarrin 
bo‘yoqlarda, rang-barang poetik obraz va timsollarda aks ettirishi davr yoshlari she’riyatining xos 
xususiyatlaridan biriga aylandi. 
Azim Suyun she’riyati haqida fikr yuritgan munaqqidlar ham shoir she’rlarini o‘z zamondoshlaridan 
ajratib turuvchi jihatlar sifatida shoir tuyg‘ulari ko‘proq hayotiy voqelik bilan uzviy bog‘liqlikda, ortiqcha 
murakkabliklardan, ko‘povozli ma’no va mazmundan xoli, asosan, xalq ohanglari bilan uyg‘un jihatlariga 
e’tibor qaratishadi. Jumladan, U. Normatovning “So‘z tuzalsa ― el tuzalar” maqolasida quyidagi fikrlarni 
o‘qiymiz: 
“Azim Suyun she’riyatda xalqona, baxshiyona yo‘liga shunchaki bir havas, “tajriba o‘tkazish” uchun 
kirib qolgan emas, qismat unga shuni ravo ko‘rgan. Ehtimol, hozir urf bo‘lgan yoki urf bo‘lib borayotgan 
xiyla murakkab, majoziy ma’noli modernistik she’rlar yoki tasavvufona falsafiy nazmga moyil kishilar 
nazarida Azim Suyun tutgan yo‘l jo‘nroq, odmiroq tuyulishi mumkin. Shoir dilidagi gaplarini ko‘pincha 
aylanma yo‘llar qidirib o‘tirmay dangal aytib qo‘ya qoladi, uning fikrlash va ifoda tarzi sodda, bir qadar 
xokisor, jimjima-bezaklardan holi, bir oz dag‘al, biroq bu “dag‘allik” zamirida ajib bir tabiiylik, samimiyat, shu 
samimiyatdan tug‘iladigan teran badiiylik mavjud”. Darhaqiqat, munaqqid ta’kidlaganidek, xalqona ifoda ― 
Azim Suyun she’riyatining bezagi. Shoir she’rlari o‘ziga zamondosh ijodkorlar ijodidan shu jihati bilan ham 
farqlanib turadi. Buni biz shoirning turli mavzularda bitilgan she’rlarida ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, 
she’riyatda tabiat fasllari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy olam kechinmalari istalgan shoir ijodida ko‘plab 
topiladi. O‘zbek shoirlari ichida, ayniqsa, Cho‘lpon, Oybek, Abdulla Oripov ijodida uning badiiy mukammal 
namunalarini uchratamiz. Azim Suyunga zamondosh bo‘lgan shoirlar ijodida ham tabiat fasllariga 
bag‘ishlangan she’rlar alohida bir sahifani tashkil etadi. Ular ichida ayniqsa, bahor va kuzga bag‘ishlangan 
she’rlar ko‘proq uchraydi. Shoirlar bu tipdagi she’rlarida o‘zining ijodiy konsepsiyasidan kelib chiqib turlicha 
poetik mazmun bilan boyitadi. Chunonchi, shoir bilan oldinma-keyin ijod maydoniga kirib kelgan Usmon 
Azim, ijodi keyinroq bo‘y ko‘rsatgan Shavkat Rahmon she’rlarida ham kuz fasli yetakchi mavzulardan biridir. 
Biroq ularning she’rlarida kuz Azim Suyundan farqli ravishda U. Normatov qayd etganidek, ko‘proq majoziy 
1
Suyun Azim. O’zlik. 
― 
Т.,Sharq, 1999-y. 63-b


152 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
obraz sifatida asosan hayot murakkabliklari, umr o‘tkinchiligi haqidagi falsafiy mazmunni aks ettiruvchi 
vositaga aylanadi. Usmon Azimning tabiat mavzusidagi she’rlari alohida bir turkum sifatida yaxlit yaratilgan. 
Shoirning “G‘ussa” kitobidagi “Tazarru bog‘lari” ana shunday turkumlardan biridir. Turkumning nomidan 
ham ko‘rinib turibdiki, lirik qahramon tabiat fasllari bilan muloqatga kirishib, o‘z ruhiyati manzaralarini 
chizadi. Shoir turkumning muqaddimasidanoq inson umri fasllariga ishora qiladi. 
Otashin taxtidan qular saraton, 
Samoda titranar hazin tiniqlik. 
Qaydandir adashib qaytadi armon ― 
Ruhingga kiradi mubham siniqlik.1 [1, 73] 
Saratonning taxtdan qulab, kuzga o‘z o‘rnini berishi va bundan ruhga kirayotgan siniqlik inson umri 
fasllarining almashish qonuniyati sifatida, binobarin, umr fasli ― kuz inson uchun o‘zlikni anglash, samoviy 
haqiqatlar sirini teran his etish, oliy haqiqatga ― Haqqa yaqinlashish pallasi ekani haqidagi haqiqat 
talqinidir. Shoir “Tazarru bog‘lari”da mana shu katta haqiqatni fasllarga xos tabiat manzaralari bilan ruhiy 
olam kechinmalarini bir-biriga monand tarzda uyg‘un tasvirlab, falsafiy mazmun bilan boyita olgan. “Tazarru 
bog‘lari” turkumining katta salohiyatini ta’minlagan bosh omil ― bog‘lar bahonasida dunyoga, borliqqa, 
koinotga, hamma yaratiqlarga, nabotot-u mavjudotga, inson mohiyatiga haqqoniy nuqtayi nazar. Hamma-
hamma narsaga haqiqat ko‘zi bilan, haq ta’limotlari asosida qarashgina adolatdir”. Ana shunday inson 
mohiyatiga evrilish iste’dodli shoir Shavkat Rahmon she’riyatiga ham xos. Shoir “Saylanma”sidan joy olgan 
to‘rt fasldan iborat “Fasllar” turkumidagi she’rlarda ham lirik qahramon kechinmalari orqali tabiat va inson 
umri bir-biriga monand hodisa sifatida ramziy bo‘yoqlarda aks etadi. Azim Suyunning fasllarga bag‘ishlangan 
she’rlarida ham bahor va kuz fasliga alohida e’tibor qaratiladi. She’rlarida kuz ohanglari o‘ziga xos bo‘lgan 
hazinlik bilan katta hayotiy falsafani ― Inson umri haqidagi hukm-xulosalari va o‘y-xayollarini ifoda etadi. 
Azim Suyunning “Tog‘larda kuz boshlandi”, “Kuz”, “Tog‘ o‘rmoni” kabi she’rlarida ham mana shu ohanglarga 
qaysidir ma’noda izdoshlikni kuzatamiz. Shoir “Tog‘larda kuz boshlandi” she’rida kuzning o‘ziga xos bo‘lgan 
poetik manzarasini chizadi. Shoir kuz manzaralarini boshqa she’rlarda uchramaydigan xos bo‘yoqlarda, 
tog‘li xududlarga monand tarzda tasvir etadi. Kuzning belgilarini o‘ziga xos tarzda poetiklashtiradi. Ketma-
ketlikda kelgan bunday poetik tasvirlar mohiyatida kuzning boshqa fasllardan farq qiluvchi o‘ziga xos 
bo‘lgan obrazli qiyofasi jonlanadi. She’rning birinchi to‘rtligi epilog shaklida kelib, shoir nigohi orqali kuzning 
xabarchisiga aylangan. Keyingi misralarda esa shoirning poetik nigohi kuzning boshlanishini bildiruvchi 
belgilarni birin-ketin marjondek tiza boshlaydi. Ularni o‘qir ekanmiz, kuzning boshlanishini sharsharaning 
to‘rt tarafga yoyilgan salqinidan, qo‘lida ko‘za ko‘targan tog‘ qizining osmonga qadalgan nigohidan, bu 
nigoh orqali osmonu falakda suzib yuruvchi sor burgutlarning ham ko‘rinmay qolganini ilg‘ovchi 
kechinmalaridan topadi. Kuzning ushbu belgilari tasviridan so‘ng lirik qahramonning kuz haqidagi do‘stiga 
qilgan murojaati ifoda etiladi. Lirik qahramoni suhbatdoshga yuzlanar ekan, kuzning go‘zalligi, tarovati 
boshqa biron fasldan qolishmasligini, kuz deganda, ba’zi bir insonlarning xayoliga faqat hayot kuzagi kelishi 
bayon etilar ekan, o‘zining faol munosabatini bildiradi. She’rda kuzning go‘zalligi, nafosati tog‘ etaklarida 
qator bo‘lib uchib ketayotgan turnalar orqali, ularga qo‘shilib oqayotgan shoirning o‘tkir xayollar hamda 
hayotbaxsh tuyg‘ular ummonida g‘arq bo‘lishi orqali ifoda etiladi. Lekin shoir kechinmalari faqat tabiat 
go‘zalligidan zavq-shavq olish bilangina cheklanib qolmaydi, aksincha, kuz shoir qalbiga yaratuvchilik 
tuyg‘usini, umrning o‘tkinchiligi-yu umr kuzagi kelmasdan yaratish, ijodkorlik zavqi bilan yashashga undashi 
bilan ahamiyatli. 
Lekin goh beixtiyor, birdan yodga solar kuz 
Umrim kuzini, do‘stim, uylab qolaman og‘ir. 
Aqlim deydi misoli chaqmoqday chaqib shu kez: 
Dolg‘aday jo‘sh, xayqirgil, yaratmoq payti axir.
Binobarin, shoirning she’rda ifodalamoqchi bo‘lgan asosiy konsepsiyasining bir yo‘nalishini mana shu 
misralarda, ya’ni umr kuzagini katta hayotsevarlik bilan, to‘lib-toshib ijod qilish bilan kutib olishga chorlash 
g‘oyasi tashkil etadi. Shoir “Kuz” she’rida ham bu motivni yanada o‘ziga xos bo‘lgan teran tasvirlar bilan 
boyitadi. Yuqoridagi she’rida bir-ikki misraga chizilgan chizg‘ilar “Kuz” she’rida ruhiyat bilan bog‘langan 
1
Qozoqboy Yo’ldosh. Yo’l olami. –Т., “Muharrir” nashiryoti, 2011. 62-b 


153 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
mukammal tasvirlarida o‘z ifodasini topadi. Har biri sakkizlikdan tashkil topgan o‘n sakkiz bo‘limli she’rning 
epilog va prologlari aynan bir xil bo‘lib, o‘ziga xos qoliplovchi vazifasini o‘taydi. Shoir nigohida 
kuzatilayotgan, kashf etilayotgan manzaralarda tog‘lar bag‘riga salqin tushganligi, daralardan vazmin 
ko‘tarilayotgan tuman, kuch-ko‘ronini ortmoqlab qishloqqa enayotgan el-yurt, qo‘ng‘iroqlarni 
jaranglatayotgan suruvlari bilan tog‘ni tark etayotgan cho‘pon tasvirlari kuzning darakchisi sifatida ifoda 
etiladi. Shoir poetik nigohi orqali aks etayotgan kuz manzarasi har bir bo‘limda o‘zining ma’lum bir 
qiyofasiga ega bo‘lib,shoirning tizginsiz uy-hayollari, munosabati, hayot haqidagi uy-kechinmalari, odam 
umri va qismati, yaratuvchilik ishqi haqidagi falsafiy mazmun bilan boyitiladi. Kuz faslida tog‘ etaklarida 
kezib yurgan lirik qahramon har bir ranglardan o‘zgacha bir ma’no-mazmun izlar ekan, xayolan yurtdoshlari 
bilan muloqatga kirishib, o‘zini yolg‘izlanib, ulardan uzilib qolgan qolgan odam sifatida aybsimasligini, 
chunki uning qalbi doim xalq orzu-umidlari bilan bog‘langanligini, butun hayoti-yu ijodi mana shu 
mehnatkash xalq taqdiri bilan qismatdosh ekanligini, bor vujudi bilan xalqning tuy-azasiga birdek 
kamarbasta ekanliginishe’riy misralarda bayon etadi: 
Faxriya bitganday u to‘y damlari, 
Marsiya bitaman g‘amgin va o‘ksik
1

deb yozadi she’rning lirik qahramoni. 
Ayni paytda shoir lirik qahramonni shoir qalbi kuz oylarida tog‘ bag‘rilarida yolg‘iz sarsari kezishi, 
tabiatning maftunkor va go‘zal manzaralarini kuzatib, poetik jozibasini qalbiga rassomlardek chizishi, har bir 
rang manzaralaridan, tabiat ne’matlaridan ma’no-mazmun izlashi shu asosda axtarishi va shu asosda hayot 
haqida, ijod haqida biron-bir falsafiy mazmun olishni istashini quyidagi satrlarda suratlantiradi: 
Garchi kuz chehrasi emas serkulgi, 
Garchi ko‘p erkalab, kuylamas shodon
Goh dilda titroq ― mung uyg‘otsa ham u, 
Dilgir sukutlarga ko‘msa ham, inon, 
U sobir rejalar doyasi erur, 
Donishmand otaday oladi qo‘lga 
Va boshlab yuborar muqaddas yo‘lga, 
Qarshingda manzillar raxshon ko‘rinur
2
.3
Tahlillardan ma’lum bo‘layotirki, shoirning kuz fasliga bag‘ishlangan she’rlarida ayrim ijodkorlar ijodida 
uchraganidek, xazinlik, umr utkinchiligi va poyoni haqidagi falsafiy mulohazalar tasviri yetakchilik qilmaydi. 
Aksincha, yaratuvchilik ishqi, ijodkorlik shavqi bilan yongan qalb g‘azobnok kishilarga ayni kuz paytlari toqqa 
chiqib, uning go‘zallikdan bahramand bo‘lish, borliq tarovatidan o‘ziga xos bo‘lgan ma’no-mazmun axtarish 
lozimligini ta’kidlar ekan, qani endi ular ham tabiatning buyuk tabib ekanligini anglab yetsaydi, deb orzu 
qiladi. Umuman olganda, Azim Suyunning kuz fasliga bag‘ishlangan she’rlarida ham xuddi boshqa 
mavzudagi she’rlari kabi kuchli shijoat, ertangi kunga katta ishonch va hayotbaxsh qudrat sezilib turadi. Bu 
uning har narsadan kir axtaradigan yoki hayotiylikdan xoli, soxta xulosalar bayon etadigan ma’no kimsalarga 
nisbatan g‘azabi cheksiz bo‘lib, buni aniq oshkor bayon etadi. Biroq ta’kidlash kerakki, shoir she’rlaridagi 
bunday kutarinkilik soxta hayqiriqlar bilan emas, balki jonli-hayotiy kechinmalarning tabiiy aks etishi bilan 
poetik joziba hosil qiladi.Shoir she’rlarining hayotbaxsh qudrati ham shunda. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish