TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
aylangan masaladir. Ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitish masalalari L.Anthony, Hutchinson and
Waters, Dudley-Evans va Maggie, Savington, Z.Osman, Barnavi, V.S.Soboleva, L.O.Polyakova,
O.Tarnopolsky, Graves, kasbiy yo‘naltirilgan holda o‘qitish Y.V.Lopatina, А.А. Dashkovskaya,
L.N.Lubojeva, N.Y.Gutareva, N.D.Usvyat, G.K.Pedyuxovalarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Nafaqat
ingliz tili yevropa mamlakatlari, balki Sharq mamlakatlaridagi xitoy, arab, yaponiyalik tadqiqotchilar
Ch.Zahid
Javid B Humoud, Mahdi Redha Aben Ahmed, Mariadel Pilar Garcia Mayo and Vicente
Núñez, Fatima Silvalarning ham qator ilmiy izlanishlarida ingliz tili ikkinchi yoki chet tili sifatida,
nofilologik taʼlim muassasalarida ingliz tilini maʼlum bir maqsadlarda o‘rganishni tasniflash,
guruhlarga ajratish masalalari bilan shug‘ullanmoqdalar.
T.Hutchinson, A.Waters (1994) ingliz tilini o‘qitishni katta bir daraxtning ildizi bo‘lsa, maʼlum
maqsadlardagi ingliz tili uning bir katta shoxi, deb tasvirlaydi.
Аlbatta, nofilologik taʼlim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishning
xususiyatlari, tamoyillari va
maqsadi umumiy ingliz tilini o‘qitishdan tubdan farq qiladi. V.S.Soboleva nofilologik oliy taʼlim
yurtlarida chet tilini o‘qitish xususiy jarayon bo‘lib, filologik oliy taʼlim yurtlarida chet tilini o‘qitishdan
butunlay farqlanishini aytadi.
Biz quyidagi jadvalda umumiy ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitishning farq qilish
jihatlarini ko‘rishimiz mumkin:
Umumiy ingliz tili
Ma’lum maqsadlardagi ingliz tili
– til o‘rganuvchilarning turli yoshda
bo‘lishlari;
– maqsadlarning turli bo‘lishi;
– uzoq muddatli;
– til o‘rganuvchining
talabidan kelib
chiqmasligi;
– aniq mavzularga qaratilmaganligi;
– til o‘rganuvchilarning aksariyati til bilish
darajasi boshlang‘ich bo‘lishlari;
– leksikaning turli bo‘lishi;
–
grammatikaning
sistemali
tarzda
o‘rgatilishi;
– nutq faoliyati turlarining barchasidan
foydalanilishi.
– til o‘rganuvchilarning aksariyati kattalar;
– til o‘rganishdan maqsadlari bitta,
masalan,
biznes
maqsadida,
tibbiyot,
huquqshunoslik va h.k;
– odatda qisqa muddatli yoki maʼlum bir
chegaralangan vaqt oralig‘ida;
– har bir yo‘nalish uchun maʼlum bir
mavzularning mavjudligi;
– ingliz tilidagi umumiy bilimga egaliklari
yoki til bilish darajasi B1-C1gacha bo‘lgan til
o‘rganuvchilar;
– maʼlum bir sohaga tegishli leksika;
– tilga ehtiyoji hisobga olinishi;
– taʼlimiy, kasbiy va ish uchun o‘rganilishi;
– maqsadli muloqotga qaratilganligi;
–
chegaralangan
grammatikaning
mavjudligi;
B.Humoud nofilologik taʼlim yo‘nalishidagi ingliz tilini o‘rganuvchilar maʼlum
maqsadlardagi
ingliz tili umumiy ingliz tilidan yana bir farqi, dars jarayonining butunlay boshqacha bo‘lishini aytadi,
maʼlum maqsadlardagi ingliz tili o‘qituvchilaridan ko‘ra talabalar mutaxassisliklarini yaxshiroq
biladilar, shuning uchun o‘qituvchi (Facilitator) yordamchi vazifasida mashg‘ulotda ishtirok etishini
taʼkidlaydi. [7, 19-b]
Ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va talablari mavjud bo‘lib,
Strevens (1988), Dudley-Evans va St.John (1998)lar tomonidan izohlangan. Strevens (1988)ning
qarashlari Dudley-Evans va St.John (1998) larnikidan biroz farq qiladi va u quyidagicha tavsiflaydi:
I. Ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitishning asosiy tavsifi (Absolute Characteristics)
1) o‘qitishning til o‘rganuvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda tashkil etilishi;
56
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
2) sohaga mosligi (mavzularning mutaxassislikka bog‘lab berilishi va ish vaziyatlaridan
foydalanish);
3) tilni o‘qitishda sintaksis, leksika va diskurs tahlildan foydalanish;
4) umumiy ingliz tilidan farq qilishi.
II. Ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitishning qo‘shimcha tavsifi (Variable characteristics)
1) nutq faoliyati turlaridan birining ko‘proq o‘qitilishi (masalan, gapirish);
2) tilni biror aniq metodika bo‘yicha o‘qitish.
L.Anthony maʼlum maqsadlardagi ingliz tilini quyidagi Dudley-Evans va St.John (1998)ning ESP
haqidagi qarashlarining tavsifini taklif etadi.
I. Ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitishning asosiy tavsifi (Absolute Characteristics)
1) o‘rganuvchining aniq maqsadlariga qaratilganligi;
2) xususiy metodikasiga egaligi;
3) o‘qitishda o‘ziga xos grammatika, leksika, til ko‘nikmalari, diskurs va janriga egaligi.
II. Ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitishning qo‘shimcha tavsifi (Variable characteristics)
1) maʼlum bir sohaga yo‘naltirilganlik;
2) umumiy ingliz tilini o‘qitishdan farq qilish;
3) ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitish
asosan OTM, turli sohalar mutaxassislari, kasb-
hunar kollejlarida amalga oshiriladi;
4) ingliz tilini bilish darajasi o‘rta yoki o‘rtadan yuqori bo‘lgan o‘rganuvchilarga;
5) ingliz tilini bilish boshlang‘ich darajasida bo‘lgan o‘rganuvchilarga ham o‘rgatishni qamrab
oladi.
Berilgan tasniflardan ingliz tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitish til o‘rganuvchining ehtiyojidan
kelib chiqqan holda o‘qitilishi kerakligi ko‘rinadi. Chet tilini maʼlum maqsadlarda o‘qitishda chet el
davlatlari metodist va olimlar ko‘p qo‘llaydigan ibora
Do'stlaringiz bilan baham: