TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
12.
Gnostik qobiliyat. Ilmiy tadqiqotga layoqatlilik rahbar uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Uning ibrat namunasi korxonani tashkilotning ilmiy laboratoriyaga aylantirishiga olib
keladi. Rahbarning ijodkorligi ommaviy tus olishga olib kelishi mumkin.
13.
Rahbarning boshqaruv mavqeyi. (Rahbar ma’naviyati va uning o‘z burchiga, vazifasiga
munosabati bilan bog‘liqligi)
Yuqorida aytib o‘tilgan umumiy qobiliyatlar, muvaffaqiyatli boshqaruvni ta’minlovchi zarur
shaxs xislatlarini aniqlash va ularni rahbarlikda rivojlantirish masalasini dolzarb qilib qo‘yadi.
Natijada nafaqat
mazkur xislatlarni aniqlash, balki bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni tashkil etish
bo‘yicha bir qator vazifalarni hal etishni talab qiladi. Bu borada amaliy faoliyat olib boruvchi
tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, rahbarlarni baholash kadrlar bilan ishlash masalasining eng
nozik qismiga aylangan. Ma’lumki, rahbarlikka oid shaxs xislatlarini aniqlovchi bir qancha
psixologik metodlar mavjud bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli qo‘llay olish bir tomondan tadqiqotchi
malakasiga kelib taqalsa, ikkinchi tomondan ushbu metodikalarning
ishchanligi va olingan
ma’lumotlarning haqqoniyligi masalasi turadi.
2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari –
hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari
xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri
muloqot о‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real
himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga”
1
qaratildi.
О‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan о‘zgarishlar zamonaviy rahbar uchun kо‘pgina
boshqa sifatlarni talab qilmoqda. Zamonaviy rahbarda о‘zi yetakchilik
qilayotgan korxonada
sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, personal о‘rtasida ahillikka asoslangan munosabatlarni
shakllantirish markaziy о‘rinni egallaydi. Respublika iqtisodiyotidagi о‘zgarishlar sharoitida yangi
sifatlarga ega yetakchilarga bо‘lgan ehtiyoj paydo bо‘lmoqda. Yetakchilarning yangicha
sifatlariga maqsadga yо‘nalganlik va о‘zgarishlarni qidirib topishga bо‘lgan harakatlar, paydo
bо‘layotgan muammolarni hal etishga innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish, tavakkalli
qarorlar qabul qila olish va ijtimoiy mas’uliyat, resurslar bilan samarali
foydalana olish hamda
zarur paytda ularni о‘rnini almashtira olish kabilarni kiritish mumkin.
Yetakchi salohiyatini rivojlantirishda keng tarqalib borayotgan faol о‘qitish usullari
yuqorida kо‘rsatilgan talablarga tо‘liq javob beradi. Ular rahbar kadrlar tomonidan avvalgi
tajriba, munosabatlar tizimi, faoliyatning eski usullarini qayta baholash uchun keng
imkoniyatlarni beradi va pirovardida,
tafakkurning amaliylik, tizimlilik kabi xususiyatlarining
rivojlanishiga kо‘maklashadi.
Zamonaviy ishlab chiqarish munosabatlari, ishlovchilarning ortib borayotgan kasbiy va
malakaviy salohiyati personalni boshqarish tizimida ijtimoiy texnologiyalardan foydalanish
zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Tashkiliy madaniyatni rivojlantirishda boshqaruv muammolarini hal etishning asosiy yо‘li
yetakchilikni shakllantirish va rivojlantirish bо‘lib, u ijtimoiy texnologiyalar sifatida inson
kapitalini rivojlantirishga hamda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini
tartibga solishga
yо‘naltirilgan, chunki u:
– yetakchilik maqsadlarining qо‘yilishiga va rivojlanish strategiyasini belgilashga;
– maqsadlarga erishishda xulq-atvorning shakllanishiga;
– guruhli qо‘llab-quvvatlashga;
– tashkilotning hamda uning har bir a’zolarini rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy,
psixologik va intellektual sharoitlar yaratish maqsadida tashkiliy madaniyatga ta’sir qiladi.
1
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va
texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida”gi Farmoni.// “Xalq sо‘zi” gazetasi,
23.01.2017-y., №14.
223
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Hozirgi kunda yetakchilikni shakllantirish masalalarini о‘rganish
uning tashkilotni
boshqarishda innovatsion, kommunikativ, tashkilotchilik, safarbarlik, axborot bilan ta’minlash,
nazorat qilish funksiyalarining mavjudligini kо‘rsatdi. Bu funksiyalar о‘zaro chambarchas bog‘liq
bо‘lib, doimiy rivojlanib boradi va tashkilotning tashqi muhiti ta’sirida bо‘ladi.
Yetakchilik uslubi personalga ta’sir kо‘rsatishning samarali omilidir. Tashkilot faoliyati
samaradorligi
rahbarning xulq-atvori, uning kо‘nikmalari va harakatlari ketma-ketligiga bog‘liq,
qо‘l ostidagilarning yetakchilikning kо‘pgina jihatlarini tushunishi personal uchun
rag‘batlantiruvchi omil bо‘lib xizmat qiladi.
Bizningcha, tashkilotda samarali yetakchilikni shakllantirish uchun quyidagi boshqaruv
texnologiyalarini amalga oshirish lozim:
– birinchidan, samarali guruhni shakllantirish;
– ikkinchidan, tashkiliy madaniyatni innovatsion rivojlantirish;
– uchinchidan, samarali kommunikatsiyani yо‘lga qо‘yish;
– tо‘rtinchidan, personal mehnatini rag‘batlantirish.
Taklif etilayotgan boshqaruv texnologiyalarini amalga oshirishda aynan tashkilot va uning
rahbari mutaxassislarni tarbiyalashda asosiy dastak hisoblanadi. Tashkilot rahbari yetakchilikni
о‘z zimmasiga olar ekan, faoliyati davomida
axborot texnologiyalari, masofaviy о‘qitish,
treninglar, ijtimoiy loyihalar, ishbilarmonlik о‘yinlaridan keng foydalanishi zarur.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, samarali yetakchi tashkilotni rivojlantirishga,
raqobatbardoshlikka erishishga va uning ustunliklarini qо‘llab-quvvatlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: