TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
THE PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE MOTIVES OF GAME AND EDUCATIONAL
ACTIVITY AT A SMALL SCHOOL
Norimbetov T.B. – Associate professor of the Almalyk branch of Tashkent State
Technical University, Ph.D.
Norimbetova N.T. – Tashkent, Bektemir district, methodologist
Annotation.
This article deals with the primary school age pupils motivational sphere. The
formation of educational motives with the help of games is studied. Psychological peculiarities
of school and game activities are considered in the article. This article provides the
observational study of development features of positive educational motives through game
activities. Mathematical statistical work of obtained result is shown.
Key words:
primary school age, game, study, activity.
Muammoning dolzarbligi. Jahonda rivojlangan davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
qayerda taʼlim va tarbiyaga eʼtibor katta bo‘lsa, o‘sha yerda taraqqiyot, yuksalish yuqori bo‘ladi.
Respublikamizning kelajagi uzluksiz taʼlimning qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq. Jahon
psixologiyasida kichik maktab o‘quvchilarining motivatsion sohasi hisoblangan o‘z-o‘zini
anglashi, o‘ziga-o‘zi baho berishi, axloqiy jihatlari, ijtimoiy orientatsiyalari va boshqa ko‘rinishlari
bo‘yicha qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘quv faoliyatidagi psixologik holatlar, yoshga oid
xususiyatlari, shuningdek, psixik holatlarning o‘quv faoliyati samaradorligiga taʼsirini o‘rganish
shu yoshga oid qator qonuniyatlarning kashf etilishiga olib keldi. O‘quv faoliyati motivlarini
o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar anchagina bo‘lib, mazkur tadqiqotlarda shaxsning motivatsion
jihatdan o‘zini-o‘zi boshqarishi, o‘quv faoliyatini rejalashtirishi, o‘zini-o‘zi baholashi; o‘qish
faoliyatida qadriyatlarini o‘rganish, o‘quv jarayonidagi qarama-qarshiliklar motivatsiyasiga oid
muammolar ancha keng yoritilgan. Lekin kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv
motivlarining mahalliy muhitda kam o‘rganilganligini uni o‘rganish kerakligini talab qiladi.
Tadqiqotda o‘quvchilarning o‘quv faoliyati jarayonida o‘yin yoki o‘qish motividan qaysi
birining ustunligini aniqlash maqsadida G.А.Uruntayeva va Y.А.Аfonkinalar tomonidan taklif
etilgan “Bolada o‘yin yoki o‘qish motivining ustuvorligini aniqlash” metodikasi.
Bizning izlanishlarimizda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatida o‘yin
orqali o‘qish faoliyatidagi ijobiy motivlarni shakllantirish xususiyatlariga alohida eʼtibor
qaratiladi.
Bolada o‘yin yoki o‘qish motivining ustuvorligini aniqlash metodikasidan (bu metodikadan
1-sinflarda ikki marta: aniqlovchi tajriba va nazorat tajribalari o‘tkazildi) kutilgan natija 1-
sinflarda o‘yin yoki o‘qish motivlaridan qay birining aniqlovchi va nazorat tajribalarida ustunlik
qilishini, ulardagi o‘zgarishlar dinamikasini aniqlashdan iborat. Bu metodikada bolalar uchun
qiziq bo‘lgan ertak o‘qiladi, ertakning eng qiziq joyiga kelganda o‘qituvchi to‘xtaydi va bolalardan
ertakni davom ettiraylikmi yoki biror o‘yin o‘ynaylikmi, deb so‘raydi. O‘yin o‘ynaymiz, degan
o‘quvchilarda o‘yin motivi kuchli ekani, ertakni davom ettiramiz, degan o‘quvchilarda o‘qish
motivi kuchli ekani eʼtirof etiladi.
Metodika natijalaridagi tafovutlar muqarrarligi χ2 (xi kvadrat) mezoni bo‘yicha aniqlandi.
Mezonning empirik va kritik (tafovutlar muqarrarligining quyi ostonasi) qiymatlari o‘rtasidagi
munosabatlarga qarab nulga doir gipoteza o‘z isbotini topayotgani yoki inkor etilayotgani
xususida fikr yuritish imkonini beradi. (Masalan, agar χ2emp> χ2kr bo‘lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: