Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar. Kuzning qozoni quyuq qaynar. 
Qishning qori - yozga dori. Qishning qori 

 
kuzga baraka. Yoz ne’mati –
qish xazinasi. Yozgi 
harakat - kuzgi barakat. 
Non haqida: 
Non 

 
aziz ne’mat. Nonga hurmat –
 elga hurmat

Mehmondo‘stlik haqida: 
Mehmon otangday ulug‘.
 
Do‘stlik haqida: 
Do‘stingga qo‘shiq ayt, Mehringni qo‘shib ayt. Chin do‘st yurakdan so‘zlar.
Do‘sting bo‘lsa, bog‘ing chamandir. Yaxshi do‘sting kuldirar, Yomon do‘sting kuydirar. 
Do‘stinggga do‘st bo‘l, Dushmaningga ziyrak.
 
Ota-ona haqida: 
Ona kulsa, xona to‘lar, Ota kulsa, g‘aming ketar. Birni bersang otangga, 
Mingni berar bolang senga. 
Mehnatsevarlik haqida: 
Mehnat qilsang, yasharsan, Katta-katta osharsan.
To‘g‘rilik haqida: 
To‘g‘ri yurdim
- yetdim murodga, Egri yurdim 

 qoldim uyatga.
Suv haqida: 
Suv keldi 

 nur keldi
.
2
1
G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. 1-sinf O‘qish kitobi.Toshkent: “Sharq” nashriyot- matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi bosh tahririyati 2017, 127 b. 
2
. G‘afforova T., Nurullayeva Sh., Mirzahakimova Z. 2-sinf O‘qish kitobi. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi bosh tahririyati, 2016, 174 b. 
189


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
kabi maqollar keltirilgan bo‘lib bu maqollar oʻquvchini erkin fikrlashga oʻrgatgan holda
maʼnaviy-axloqiy sifatlarini boyitishga va biror bir masala muhokamasini qisqacha xulosalashga 
yordam beradi. Masalan: ushbu darslikdagi 
Quvnoq o‘g‘il qizlarmiz,
 
Yerdagi yulduzlarmiz, 
Kelajakni ko‘zlarmiz
 
Biz 

 Vatanning ertasi.
deb boshlanuvchi Muqim Qodirning “Biz-Vatanning ertasi” she’ridan so‘ng,
O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, 
 
O‘z yurtingda gado bo‘l.
 
maqoli berilgan. Bu maqolning ushbu she’rdan keyin berilishidan maqsad 1-sinfda 
o‘tilganlarni davom ettirgan holda bolalarda vatanga bo‘lgan sadoqat, mehr, iftixor tuyg‘ularini 
shakllantirish, uning ertasi uchun o‘quvchida mas’uliyat hissini uyg‘otish hisoblanadi. 
Ushbu darslikdan o‘rin olgan Abdulla Avloniyning “Ilm” nomli matni.
Ilm deb o‘qimoq, yozmoqni yaxshi bilmoq, har bir kerakli narsalarni o‘rganmoqqa aytilur. 
Ilm-dunyoning izzati. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zero, ilm bizga o‘z 
ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni o‘tkir qiladi. Ilmsiz inson 
mevasiz daraxt kabidir. Ilmning foydasi shu qadar ko‘pdirki, ta’rif qilgan bilan ado qilib 
bo‘lmaydi. Bizlarni ilm jaholat qorong‘uligidan qutqaradi.
Madaniyat insoniyatni ma’rifat dunyosiga chiqaradi. Yomon fe’llardan, buzuq ishlardan 
qaytaradi, yaxshi xulq va odob sohibi qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, butun hayotimiz-salomatligimiz, baxtimiz, g‘ayratimiz ilmga 
bog‘liqdir.
1
“Ilm” nomli matnidan keyin berilgan
 Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar. 
maqoli o‘quvchilarni ilm olishga da’vat qilgan holda ilmli bo‘lishning afzalliklarini ham 
eslatib o‘tadi. Shu o‘rinda o‘quvchilarda inson qanday ming yil yashashi mumkin degan savol 
paydo bo‘lishi tabiiy. Bu jarayonda o‘quvchilar ilmli kishi ming yil yashamasa-da, uning nomi
vafotidan so‘ng asrlar davomida abadiy yashashini anglagan holda buyuk bobokalonlarimiz 
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Boburlar 
siymolarini ko‘z oldilarida gavdalantira bilmog‘i lozim. O‘qituvchi bu matn bilan ishlayotganda 
tarbiyaviy ahamiyatini oshirish maqsadida yuqoridagi maqoldan tashqari ilm haqida boshqa 
maqollardan, masalan, 
Ilm 

 
aql chirog‘i. Bilagi zo‘r birni yiqar, Bilimi zo‘r mingni
kabi bir qancha 
maqollardan foydalanishi, qolaversa, Alisher Navoiyning 
1.Bilmaganni so‘rab o‘rgangan –
 olim, 
Orlanib so‘ramagan –
 
o‘ziga zolim.
2.Oz-
oz o‘rganib dono bo‘lur, Qatra –
 
qatra yig‘ilib daryo 
bo‘lur
kabi hikmatli so‘zlarini namuna sifatida ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklari mundarijasiga ham alohida e’tibor 
qaratadigan bo‘lsak, bu yerda bo‘limlar nomida ham xalq og‘zaki ijodiga mansub ajoyib 
maqollarga duch kelamiz. Bu maqollar orqali o‘quvchilar shu bo‘limda qanday g‘oya ilgari 
surilishi, qanday mavzuga oid fikr-mulohazalar yuritilishi haqida bo‘limga kirmasdan oldinroq 
tasavvur hosil qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Masalan, 1-sinf o‘qish kitobining mundarijasida 
quyidagi maqollarning bo‘lim nomi bo‘lib kelganini ko‘rsak, 
Ilm 

 
aql chirog‘i. Xalq o‘g‘iti –
 baxt 
kaliti. Mehnatning tagi 

rohat. 
2-sinf o‘qish kitobining mundarijasida ushbu maqollarga duch 
kelamiz. 
Ona yurtim 

 oltin beshigim. 
1
G‘afforova T., Nurullayeva Sh., Mirzahakimova Z. 2-sinf O’qish kitobi. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi bosh tahririyati, 2016, 174 b. 
190


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Oʻzbek xalq maqollari kichik hajmli bo‘lganligi, qofiyadosh so‘zlar mohirona qo‘llanganligi, 
qolaversa, turli mavzularda bo‘lganligi uchun ham ahamiyatli. Ularda o‘xshatish, qiyoslash, 
jonlantirish, tazod, ya’ni qarshilantirish kabi bir qancha badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. 
Ulardan aynan tazod usuli xalq maqollarining eng xarakterli badiiy-tasviriy vositasi sanaladi. 
So‘zimizning isboti sifatida 2-sinf o‘qish darsligidagi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Ta’zir” 
qissasidan berilgan parchadan so‘ng keltirilgan
Yaxshilik nur keltirar,
Yomonlik-zulmat. 
maqolini ko‘rsatishimiz mumkin. Maqolda yaxshilik, yomonlik, nur, zulmat kabi zid ma’noli 
so‘zlar bir-biriga qarshilantirilishi natijasida o‘quvchiga bo‘lgan ta’sir doirasi kengayadi. Bir so‘z 
bilan aytganda, xalq maqollarida badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar rang-barang bo‘lib, ular 
asar mazmunini reallashtirish, maqolning izchil g‘oyaviy vazifa ado etishiga imkon beradi. 
Oʻquvchilarning maqollardan kerakli oʻrinda to‘g‘ri foydalana olishi shu maqolning 
oʻquvchi maʼnaviyatiga taʼsir qilganligini hamda uni toʻgʻri tushunib magʻzini chaqa olganidan 
dalolat beradi. 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Bir haqiqatni unutmaylik: biz 
buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz…”
1
Shunday ekan, bugungi 
kunimizning ertaga tarixga aylanishini his qilgan holda uni avlodlarga namuna bo‘lishi uchun har 
bir o‘zbek millati vakili birdek mas’uldir. Yosh avlodni ajdodlarimiz davomchisi sifatida 
ulg‘aytirish yo‘lida xalq og‘zaki ijodining ajralmas qismi bo‘lgan maqollar o‘zida vatanga 
muhabbat, sadoqatlilik, mehnatsevarlik, mardlik, jasurlik, do‘stga sadoqat, muruvvatpeshalik, va 
boshqa qator insoniy fazilatlarni jamlab, kelajagimiz davomchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan 
yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazishda yetakchi o‘rinlarni egallab qolaveradi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish