Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

TEACHER AND A STUDENT 
Khodjieva Z. – Inspector of the Department of Monitoring and Internal Control of the 
Tashkent State Pedagogical University 
 
Annotation.
The methods of approach forwards learners in modelling didactic system are 
analyzed in the article, it is given opinions about using whole formed system which is tested by 
life experience system which is tested by life experience. The author gave his recommendations 
about implementing models and modelling into practice. 
Key words
. model, modeling, local, global, abstract, systematic analyses, predicting, 
projecting, synergy, imitative analyses, synthesis, adequate, primary class, pupil, utopian 
modeling 
Hozirgi zamonda har qanday taʼlim tizimi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi jihatidan 
baholanadi. Nazariy jihatdan olganda maktabni tugatgan o‘quvchi o‘z hayot yo‘li, kasbini 
tanlashda mustaqil fikr yurita olishi lozim. Taʼlimning ijtimoiy samaradorligi o‘quvchi bilimi, 
ijtimoiy mavqei va o‘quvchining hayot faravonligi jihatidan baholanib bormoqda. Bunda ko‘pgina 
omillarning o‘zaro taʼsir jihatlari mujassamlashgan bo‘ladi. Shu sababli bu soha ijtimoiy-
pedagogik tizimlarning integratsiyasi jihatdan chuqur o‘rganishini taqozo qiladi. Taʼlim tizimlari 
samaradorligini o‘rganish dolzarbligi o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish va 
jamiyat ehtiyojlariga mos kelishi darajasi bilan bog‘liqligida yorqin namoyon bo‘ladi. Bu 
masalaning yechimini topishda maktabning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyini oshirib borish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagilarga eʼtibor berish kerak bo‘ladi:
– ijtimoiy-pedagogik tizimlar rivojining to‘g‘ri yo‘lini tanlab olish; 
– ular faoliyatini real asoslarda rejalashtirib borish va uni aniq natijalarga yo‘naltirib borish; 
– aniq rejalar va modellarni jamiyat ehtiyojlariga mos tarzda amalga oshirib borish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv-biluv faoliyatlarini loyihalashtirish asosan 
pragnozlashtirish ishlari natijalariga tayanadi. Prognozlashtirish loyihalashtirishning maqsad va 
vazifalarini aniq belgilashga imkon beradi. Chunki aynan shu maqsad-vazifalarda mavjud 
prognozlar maʼlum bir darajada mujassamlashgan bo‘ladi. 
Pedagogikada ishlab chiqilgan loyihalashtirish va prognozlashtirishning aksariyat qismi 
taʼlim-tarbiya jarayonining maʼlum bir bosqichlarida qo‘llashga qaratilgandir. Bunda 
modellashtirish qanchalik real hayotiy va obyektiv bo‘lsa, ularning samarasi ham shunchalik 
yuqori bo‘ladi. Modellashtirish kuzatishlar va maʼlumotlarning to‘laqonli bo‘lishini taqozo etadi. 
Аgar shunday bo‘lmasa, modellashtirish cheklangan yoki noto‘g‘ri bo‘ladi.
Konseptual (nazariy-g‘oyaviy) modellar aniq bir nazariya zaminida yuzaga kelib, shu 
nazariyaning tushuncha va qarashlarini aks ettiradi. Bunda odatda ilmiy-tadqiqot jarayonlarining 
elementlari ustuvor bo‘ladi. Ilmiy-tadqiqotlarda nazariy modellashtirish ishlari asosan ilmiy-
tarkibiy izlanishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular maʼlum bir darajada real amaliy ishlardan nisbatan 
uzoqdadir. Chunki bunda asosan turli nazariyalarning turlicha interpretatsiyalari (talqinlari) 
ko‘proq uchraydi. 
Boshlang‘ich taʼlim tizimini insonparvarlashtirish jarayonini ilmiy o‘rganish esa “lokal” (tor) 
va “global” (keng) miqyoslarda borayotganligini kuzatish mumkin bo‘ladi. Lokal tadqiqotlar 
151


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
mavzuning maʼlum bir jihatini qamrab olgan bo‘lsa, global tadqiqotlar esa mavzuni boshqa 
sohalar bilan bog‘liq tarzda keng ko‘lamda o‘rganilishini anglatadi. Bunda tadqiqotlarning 
didaktik masalalar yechimi darajalari yuqori yoki pastligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxslarning ijtimoiy shakllanishi loyihalashtirish va 
modellashtirishda aynan shu didaktik jihatlarning ustuvor bo‘lishi ishlar samaradorligini 
taʼminlashning muhim omili hisoblanadi.
Odatda, ijtimoiy taʼlim tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan nisbatan inertligi (bo‘shligi) 
loyihalashtirish, modellashtirish va prognozlashtirish ishlarida matematik usullar ko‘proq 
qo‘llanilishi bilan to‘ldirilib boriladi. Bu statistik asoslar, turli xil sxema-grafiklar hamda jadvallar 
kabi usullar sifatida amalga oshirilishi mumkindir. Natijada ijtimoiy-pedagogik tizimlarning 
doimiy o‘zgarib boruvchi dinamik tus olishi ro‘y beradi o‘quvchilar dunyoqarashi ijtimoiy tus olib 
borishidagi ichki aqliy-ruhiy qadriyatlar yechimi aynan taʼlim-tarbiya jarayoni inertligi bilan 
jarayonni matematik modellashtirish asoslari o‘rtasidagi o‘zaro taʼsirlar darajasi bilan bog‘liqdir. 
Boshlang‘ich taʼlim tizimida modellashtirish ishlari o‘zining asoslari jihatidan 
abstrakt(mavhum), aniq va rivojlantirilgan turlardan iboratdir. Fanlar yo‘nalishi bo‘yicha esa bu 
tabiiy, ijtimoiy va aniq fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha modellashtirish, loyihalashtirish va 
prognozlashtirish ishlariga ajratish mumkin bo‘ladi. Har qanday asos va yo‘nalishda bo‘lishidan 
qatʼiy nazar modellashtirishlar:
– moddiy yoki nazariy tizimni anglatadi; 
– haqiqiy vaziyatga xos bo‘lgan jihatlarni tanlab unga yechim topadi; 
– taʼlim-tarbiya jarayoniga oid muammolar va vaziyatlar to‘g‘risida maʼlumotlar beradi. 
Boshlang‘ich taʼlim tizimini insonparvarlashtirishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan 
prognozlashtirish, loyihalashtirish va modellashtirish ishlari doimiy, izchil, uzluksiz, aniq tizimli 
bo‘lib, unda tartibsizlik, uzilishlar va qo‘nimsizliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hozirda 
modellashtirish ishlarida “tizimli tahlil” usuli keng tarqalgandir. Tizimli tahlilda jarayonning 
asoslari aniq belgilanadi. Bu asoslar o‘zaro taʼsirlari aniqlanadi, jarayonning yo‘nalishi va 
perspektivasi yoritiladi. Bu esa bir necha bosqichli modellashtirish va loyihalashtirishlarda 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Tizimli tahlilning hozirgi keng tarqalgan shakli bu sinegretikadir. Sinegretika tizimli tahlilda 
chuqur tahlilni taqozo etadi. Shu orqali ijtimoiy pedagogikaning samarali rivojlanish yo‘llarini 
aniqlab oladi. Аlbatta, bunda ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik sohalar bilan o‘zaro 
taʼsiri muhim o‘rin egallaydi. Ijtimoiy jarayonlar natijasida pedagogikada yuzaga keladigan 
o‘zgarishlar ushbu tizimni modellashtirishni yanada boyitadi. Sinegretikada “xaosdan - 
kosmosgacha”, “tartibsizlikdan – tartibga qarab” borish yondashuvi ustuvordir. Pedagogik 
tizimda bu o‘quvchi dunyoqarashidagi betartiblikni tartibga solish, tarqoq bilim-ko‘nikmalarni 
aniq maqsad vazifalarga yo‘naltirish bilan bog‘liq ishlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda 
o‘qituvchi o‘quvchilar dunyoqarashi va intilishlariga ehtiyotlik bilan yondashuvi lozim bo‘ladi. 
Аgar o‘quvchiga nisbatan noto‘g‘ri yondashuv bo‘lsa, o‘zaro munosabatlarda o‘quvchi “yopiladi” 
yoki uning dunyoqarashi noto‘g‘ri yo‘nalishlarda shakllanib boradi.
Didaktik tizimni modellashtirishda o‘quvchilarga nisbatan “mo‘tadil” yondashuv usuli 
ancha samarali bo‘lishi mumkin. Bunda hayotiy tajribalardan o‘tgan yaxlit shakllangan tizimlar 
usullaridan foydalanish ancha samarali bo‘ladi. 
O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini insonparvarlashtirish jarayonini prognozlash, 
loyihalashtirish va modellashtirish ishlarida “juda chuqur o‘rganilgan ilmiy tadqiqotlar 
natijalariga” juda ham berilib ketish masala yechimini yanada murakkablashtirishi mumkin. 
Bunda o‘quvchilar dunyoqarashi, intilishlari va jamiyat ehtiyojlari asosiy mezonlar bo‘lib, shu 
asoslar orqali ish olib borish ancha samarali bo‘ladi. 
152


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Аgar taʼlim-tarbiya jarayonining maʼlum bir vaziyatlarini modellashtirish oxirigacha 
yetkazilgan bo‘lsa, uni prognozlashtirishda ishlatib bo‘lmaydi. Chunki u jarayon sifatida o‘zining 
mantiqiy yakuniga yetgan bo‘ladi. Har bir modellashtirish aniq bir nazariya va o‘zining 
tasavvurlariga xizmat qiladi. Masalan, utopik modellashtirishlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarini isloh qilishda keng qo‘llanilgan. Shu jihatidan olganda, maʼlum bir model 
boshqa bir model xususida maʼlumot berishi bilan bir qatorda uni o‘zgartirishi ham mumkin. 
Bunda esa modellarning o‘zaro taʼsir natijasida funksional tus olib borishi ro‘y beradi.
Modellarning matematik-statistik jihatdan obyektiv (xolisona) baholanishi o‘zining 
amaliyligi jihatidan asosan ikkita mezonga to‘g‘ri kelishi va javob berishi muhim ahamiyatga ega: 
– modelning hayotiy ehtiyojlarga to‘g‘ri kelishi; 
– uning sodda, tushunarli, samarali bo‘lishi va qo‘yilgan maqsadlarga aniq javob berishi 
lozim; 
Matematik asoslangan modelning hayotiy ehtiyojlarga mos kelishi tajriba natijalarining 
amaliy ishlashini anglatadi. Аgar ular kam to‘g‘ri kelsa yoki to‘g‘ri kelmasa, modelga 
o‘zgartirishlar kiritiladi. Pedagoggik jarayonlardagi noaniqliklar modellashtirishni ancha 
qiyinlashtiradi.
Pedagogik jarayonlarni insonparvarlashtirishda imitatsion (o‘xshash) modellashtirish ham 
ko‘pgina muammolarni hal etishda ancha samarali hisoblanadi. Аgar u matematik 
modellashtirish bilan birga qo‘llansa, yanada yaxshi bo‘ladi. Аynan shu modellarning hamohang 
qo‘llanishi ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar sifati va hayotiy amaliyligini taʼminlovchi bosh 
yo‘nalish hisoblanadi.
Аdekvat (to‘g‘ri keluvchi, mos) matematik model muammolar yechimini prognozlashtirish 
va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda ham qo‘llanilishi mumkin. Bu pedagogik jarayonlar mazmun-
mohiyatini ochib berish bilan bog‘liq bo‘ladi. Maematik asosli loyihalashtirish va 
modellashtirishlar bevosita tajribalarning amaliy shakllanishi davomida yuzaga keladi. Chunki 
amaliy tajribalarsiz ularni amalga oshirib bo‘lmaydi. Ularning natijalarini esa matematik-statistik 
usullarda tahlil etish orqali bilish mumkin, bunda jarayonlarning sabab-oqibat asoslarini 
o‘rganish bilan barobar, hatto ustuvor tarzda jarayonlarni “bevosita suratga olish” – fotografiyasi 
ishlari amalda bo‘ladi. Bu jarayonning o‘zi esa, albatta, pedagogika, matematika va informatika 
sohalari maʼlumotlari – usullarining sintezini taqozo qiladi.
Turli pedagogik obyeklarni modellashtirishda nazariy asoslar sifatida muammoning turli 
sohalariga bag‘ishlangan ishlardan Bespalko, B.S.Gershunskiy, А.N.Dakin, V.V.Kraevskiylar 
tadqiqotlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ularda quyidagilar o‘z aksini topgan: 
– taʼlim tizimidagi modellashtirish obyekti mazmun-mohiyati, uning o‘rni va ahamiyati; 
– tadqiqot obyektining tarkibiy komponentlari (unsurlarini) tizimini yaratish (uni to‘laqonli 
amaliy jihatdan tahlil qilish va to‘ldirish); 
– avval ajratilgan oraliq komponentlarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan statistik 
maʼlumotlar to‘plamlarini belgilab borish; 
– tadqiqot obyekti modelining dinamikasini ishlab chiqish. 
Odatda, modellashtirish va loyihalashtirish ishlarini pedagogik jarayonlarni o‘rganish 
asoslari bilan bog‘lashadi. Pedagogik jarayonlarning murakkablashib borishi, u yoki bu g‘oyalar, 
asoslarning tajribadan o‘tkazilishi, innovatsiyalarning faol kirib kelishlari shular jumlasidandir. 
Shu jihatdan olganda, pedagogik loyihalash o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lg‘usi faoliyatlari 
elementlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Pedagogik loyihalash o‘qituvchining tashkilotchilik, 
hamkorlik, muomalaviylik faoliyatlari kabi taʼlim-tarbiya bilan bog‘liq muhim bir faoliyat 
sohasidir. Pedagogik texnologiya esa taʼlim jarayonidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qismlar, 
bosqichlar, undagi ishtirokchilarning uzluksiz hamohang harakatidir. Bunda loyihalashtirish 
153


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
bo‘ladigan harakatning kerakli variantlarini belgilab, ularning real natijalarini prognoz qilishdan 
iborat bo‘ladi.
Pedagogik vaziyat odatda qandaydir bir pedagogik jarayon doirasida bo‘ladi. Shu bilan bir 
qatorda, albatta, bir tizimga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik vaziyatning asosiy xususiyatlari pedagogik 
jarayonning davomiylik vaqti va joylaridan iboratdir. Pedagogik vaziyatlar aniq mohiyatga ega 
bo‘lib, bu dars jarayoni, tarbiya tadbirlari, ekskursiyalar kabi aniq bir holatlar bilan bog‘liq holda 
yuzaga keladi. Pedagogik vaziyatlarni loyihalashtirish pedagogik jarayonni loyihalashtirish 
davomida amalga oshiriladi. Tashqi jihatdan pedagogik tarkibi oddiy bo‘lib tuyulsada, bu holat 
aldamchidir. Аslida, pedagogik vaziyat ish jarayonidagi ishtirokchilar qarashlari, intilishlari, 
fikrlari va ziddiyatlari to‘qnashgan murakkab jarayondir. Shu sababli ham bu jarayonlar bilan 
bog‘liq loyihalashtirish ishlari ko‘p pog‘onali murakkab ishdir. Kim tomonidan amalga 
oshirilishidan qatʼiy nazar har qanday loyihalashtirish bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1-bosqich: modellashtirish. 
2-bosqich: loyihalashtirish. 
3-bosqich: bunyod etish. 
Pedagogik modellashtirish (1-bosqich) maqsadlarni belgilash, ped tizimlarni yaratish, 
pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni hosil qilish hamda ularning yechim yo‘llarini aniqlashdan 
iboratdir.
Pedagogik loyihalashtirish(2-bosqich) pedagogik modellashtirishni amaliylik darajasigacha 
olib borib, uni bevosita amalga oshirishdir. Pedagogik bunyod etish (3-bosqich) pedagogik 
loyihalashtirishni yanada sayqallash va uni taʼlim-tarbiya sohasiga real qo‘llash imkonini beruvchi 
universal darajaga olib kelishdir. Pedagogikaning bu bosqichlarining har birida albatta dastlab 
maqsadlar aniq belgilanishi lozim. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish