Annotation.
This article explains the role of the military in globalization, the concept of
the nation, and the role of the military in "preserving the nation". In addition, the role of the
military in the positive and negative aspects of globalization.
Key words:
nation concept, nation protection, globalization, military.
Globallashuv jarayonida millatni asrash uchun barcha fuqarolar kabi harbiy xizmatchilar
ham birdek masʼuldirlar. Аksincha, harbiy xizmatchilar fuqarolarga qaraganda bu vazifani
bajarishda ko‘proq masʼul va javobgardir, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chunki, harbiy
xizmatchilar “Vatanimga, Xalqimga va Prezidentimga xizmat qilaman” deb qasamyod qilganlar.
140
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Bunday olib qaraydigan bo‘lsangiz, dunyoda uch mingga yaqin millat va elat vakillari
yashayotganligini yoki 6 ming 909 til mavjud
1
ekanligini bilamiz. Lekin ming afsuski, ularning
hammasi ham o‘z millatini, urf-odatini, qadriyatlarini va anʼanalarini asrab qololmaganlar.
Globallashuv tushunchasiga har bir inson har xil qarashda ekanligi tabiiy hol, buni inkor
qilib ham bo‘lmaydi. Nimaga deganda, u keng qamrovli tushuncha bo‘lib unda, har bir muallif
uning turli qirralariga o‘zlarining qiziqishlari, dunyoqarashlari, fikrlash doirasi, egallagan
bilimlaridan kelib chiqib izoh beradilar. Yana shuni takidlash kerakki, insoniyat globallashuvning
maʼlum bir qismini o‘rgangan, xolos.
Globallashuv, birinchidan, dunyoda yetakchilik qilayotgan davlatlarda yagona kuch bo‘lib
birlashib “ommaviy madaniyatni”ni yer yuziga keng tarqalishiga xizmat qilayotgan bo‘lsa,
ikkinchidan, rivojlanib borayotgan millatlarning maʼnaviyati, ularning taʼsiri oqibatida
qashshoqlashib bormoqda. Bu jarayonda milliy ong va milliy o‘zlikni anglash singari
tushunchalarning keskin yo‘qolib borishi katta bir xavf tug‘dirmoqda. Аgarda shunday davom
etadigan bo‘lsa, oxir-oqibat, millat real subyekt sifatida barbod bo‘ladi. Harbiy xizmatchilar
bunda o‘z milliyligini unutmasdan, o‘zligini esdan chiqarmasdan, qadriyatlariga tayangan holda
xizmat qilishlari kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Biz boshimizdan kechirayotgan
hozirgi globallashuv davri o‘ta shiddat bilan o‘zgarayotgan va turli tahdidlar ko‘pligi bilan
oldimizga hal etishni kechiktirib bo‘lmaydigan g‘oyat murakkab vazifalarni qo‘ymoqda”
2
, deb
ta’kidlaganlar.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimov “...globallashuv – bu, avvalo,
hayot surʼatlarini beqiyos darajada tezlashuvi demakdir”.
3
Yuqorida tilga olingan izohga
tayangan holda, globallashuv taraqqiyotga ijobiy va salbiy taʼsirlariga ham yagona fikr
shakllanmagan. Shuni inobatga olib, hozirgi kunda ham uni o‘rganish dolzarb va muhim
masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Siyosiy fanlar doktori, professor J.Bahronov “Millat – kishilarning til, xudud, ong, ruhiy,
maʼnaviy jihatlarga ko‘ra mushtarak bo‘lgan barqaror birligidir”,
4
– degan.
Millatni insoniyat bilan bog‘lagan holda siyosiy fanlar doktori N.Mamanazarov “Millat –
insoniyat taraqqiyotining sifat bosqichiga ko‘tarilgan davrga xos bo‘lib, etnosining sifat jihatidan
yaxlit umumiy milliy xarakterga ega bo‘lgan ko‘rinishdir”,
5
– deb ta’kidlagan.
Millat tushunchasiga akademik J.Tulanov “Milliylikni tan olish – millatga mansub
kishilarning ijtimoiy-etnik barqarorligini tan olish demakdir”,
6
– deb ta’kidlagan.
1
Отамуратов С. Глобаллашув: Миллатни асраш масъулияти. Тошкент: “Ўзбекистон”, - 32-б.
2
Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Асарлар 1-жилд.
– Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 45-б.
3
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 111-б.
4
Баҳронов Ж. Мустақил Ўзбекистон давлат сиёсатида шахс миллий ўзлигини англаш муаммолари. Сиёсий фанлар илмий
даражасини ошириш учун ёзилган диссертация. – Тошкент, 1995. – 34-б.
5
Маманазаров М. Мустақиллик ва миллий-этник жараёндир. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2004. – 10-б.
6
Туланов Ж. Қадриятлар фалсафаси. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1998. – 200-б.
141
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Professor А.Ochildiyev “Har qanday millat muayyan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tizimi bilan
bog‘langan etnoijtimoiy birlikdir”,
1
– degan.
Professor B.R.Karimov “Millatning mohiyatini tadqiq etish uchun inson mohiyatini tizimli,
kompleks o‘rganish metodologik ahamiyat kasb etadi. Bunda biz insonning mohiyatini barcha
ijtimoiy munosabatlarini majmuasi sifatida qabul qilamiz”,
2
– deb taʼkidlagan.
Rus olimi P.Sorokin “Millat ijtimoiy birlik sifatida mavjud emas”,
3
– deb ta’kidlagan.
Yana bir rus olimlaridan biri V.Tishkov “Millat – bu siyosiy shior va safarbar qiluvchi
vosita, ammo u ilmiy tushuncha emas.... uning yashashga haqqi yo‘q va ilmiy tildan olib
tashlanishi kerak”,4 – deb ta’kidlagan.
Globallashuv – bu insoniyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyati, bu tasodifiy hodisa
emas. Shu nuqtayi nazardan qaraganda inson xohish-irodasining rivoji emas, taraqqiyotning
yuksak darajaga ko‘tarilishi tushunchasidir. Bu globallashuv inson faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lmagan jarayon degani emas. Globallashuv, birinchidan, bu o‘sib kelayotgan yosh avlodning
ehtiyojlarini qondirish bo‘lsa, ikkinchidan, inson taraqqiyotining obyektiv jarayoni. Insonning
ehtiyojlarini shunchaki o‘z-o‘zidan qondirib bo‘lmaydi, buning uchun fan va texnikani
rivojlantirish kerak. Shunda insonning intellektual salohiyatini yuksak darajada ko‘tarib misli
ko‘rinmaydigan natijalarga erishish mumkin. Lekin shuni bilish kerakki, globallashuvdan to‘g‘ri,
samarali va unumli foydalanish kerak. Аks holda u salbiy taʼsir ko‘rsatishi tabiiy holdir.
Inson taraqqiyotida globallashuv obyektiv jarayon hisoblanadi. Shuning uchun uni oldini
olib ham bo‘lmaydi, to‘xtatib ham bo‘lmaydi. Jarayon bo‘lganligi uchun u obyektiv qonuniyat
sifatida yuksalib boraveradi. Shuning uchun uning salbiy oqibatlari oldini olish imkoniyatlari,
mavjud tahdidlardan himoyalanish yo‘llarini qidirib topish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Himoyalanishning yo‘llari bormi, agar bo‘lsa, u qanday degan savol tug‘ilishi tabiiy hol.
Birinchidan, katta mablag‘ evaziga yuksak taraqqiyot kuchiga ega bo‘lgan davlatlar
globallashuvni rivojlantirish va undan samarali foydalanishga yetakchilik qilmoqdalar.
Ikkinchidan, endi rivojlanayotgan davlatlar yetakchilik qilayotgan davlatlarga bog‘lanib
qolmoqdalar. Bu jarayon nafaqat rivojlanishda ildamlanishga, balki millatning maʼnaviyatini
rivojlanishiga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatib kelmoqda.
Bir tomondan, globallashuv sharoitida oldinlab ketayotgan davlatlarning yagona bir kuch
bo‘lishi bilan bir qatorda “ommaviy maʼnaviyatni” yuzaga keltirayotgan bo‘lsa, boshqa
tomondan, taraqqiyot yo‘liga kirib borayotgan millatlar ularning taʼsiriga tushib, yo‘q bo‘lib
ketmoqda. Buni eng achinarli jihati shundaki, u insonlarda “milliy ong” va “milliy o‘zlikni
anglashi” borgan sari yo‘q bo‘lishiga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatib bormoqda. Bu nimaga olib
1
Очилдиев А. Миллий ғоя ва миллатлараро муносабатлар. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2004. – 37-б.
2
Каримов Б. Миллат, инсон ва тил: Тараққиёт муаммолари. – Қарши: “Насаф”, 2003. – 8-б.
3
Сорокен П. Человек, цивилизация, общество.–М.,1992.–С. 248.
4Тишков В. Постсоветский национальизм и Российский антропологии – Постоветские пространство: этнополитические
проблемы. (“круглый стол”) – Социологические иследования. №1. 1997. – С.,52
142
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
keladi, oxir-oqibat bir millatning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ayrim rivojlangan
davlatlarning oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishlari desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Xo‘sh,
buning oldini olish uchun nima qilish kerak. Eng avvalo, bu masalani chuqurroq, kengroq, o‘ylab
ko‘rib tahlil qilish kerak, shundan so‘nggina uning yechimlari bo‘yicha xulosalar ishlab chiqish,
millatni asrab qolish yo‘llarini, imkoniyatlarini va yechimlarini izlab topishni davrning o‘zi taqozo
qilmoqda.
Yuksak taraqqiyotga erishayotgan davlatlarda yashayotgan turli millat vakillari o‘zining
o‘zligini asta-sekinlik bilan o‘zlari bilmagan holda unutib boradilar. Bu esa maʼlum bir vaqtdan
so‘ng ushbu millatning o‘zligidan mahrum etishga olib keladigan “ommaviy maʼnaviyat”ni
yuksalishiga zamin yaratiladi va ushbu millatning ongi va qalbiga singdiriladi.
Professor S.Otamuratov “Globallashuv, bir tomondan, insoniyat intellektual salohiyati
taraqqiyotining yangi bosqichi bo‘lishi bilan ijobiy jarayon bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
rivojlanayotgan va kam taraqqiy qilgan millatlarning yuksak taraqqiyotga erishgan millatlarga
bog‘lanib qolishiga olib keladigan salbiy jarayondir”1 – deb ta’kidlaydi.
Bu globallashuvning oldi olinmasa, unga shunchaki panjara ortidan qaralsa, beparvolik,
loqaydlik bilan munosabatda bo‘lsa, bu salbiy jarayon avj olib ketadi, oxir oqibatda, bir
millatning barbod bo‘lishiga, uning ulug‘ qadriyatlari va anʼanalarining yo‘q bo‘lishiga olib keladi.
Buni hozirgi globallashuv jarayonda real elementlarini ko‘rishimiz mumkin.
Hozirda “ommaviy maʼnaviyat” g‘oyaviy, mafkuraviy va maʼnaviy kuch sifatida shakllanib,
toboro kuchayib bormoqda. Bu esa millatning maʼnaviyatini yemirilishini davom ettiradigan
jarayon bo‘lib shakllanmoqda. Yanada achinarlisi va xavflisi shundaki, bu to‘xtovsiz davom
etmoqda. Bu olib borilayotgan jarayon evaziga millatlar o‘zligidan begonalashuvi yuzaga
kelmoqda. Milliy ong va maʼnaviyatning sayozlashuv jarayoni tobora oshib bormoqda, oqibatda
millat butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, globallashuv jarayoni insoniyat, millatlar hayotiga
o‘tkazayotgan taʼsirini inobatga olib millatni asrab qolishga qaratish uchun barcha kuch
vositalarni ishga solish zarur bo‘ladi. Bunda biz globallashuvga ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
mazmunga ega bo‘lib, unga hodisa va jarayon deb qaralsa, nimalar sodir etiladi yoki nima bo‘ladi
degan savolga javob topishimiz kerak bo‘ladi.
Hodisa jarayonning moddiy borliq ifodasi bo‘lib u obyektiv borliqning tez o‘zgaruvchan
tashqi tomonini aks ettiradi, jarayon hodisaga nisbatan salbiy tomondan o‘zini nomoyon etadi.
Jarayon insoniyat, jamiyat va tabiat hayotida kechadigan hodisa va voqealarning uzluksizligini
bildiradi.
Globallashuvga jarayon sifatida qarashimiz bu qilinadigan ishlarning oxiri yo‘qligi va
poyoni ko‘rinmayotganligi bunga misol bo‘la oladi.
1Отамуратов С. Глобаллашув: Миллатни асраш масъулияти. Тошкент: “Ўзбекистон”, - 73-б.
143
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Biz globallashuvga jarayon sifatidami yoki hodisa sifatidami qaraganimizda bir narsani
to‘g‘ri tushunib olishimiz kerak bo‘ladi, barcha narsalar inson ongi, inson qo‘li, inson bilimi, uning
intellektual qobiliyati va aql-zakovati bilan yaratilayotganligiga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak
bo‘ladi. Globallashuv inson omili bilan bog‘liq bo‘lganligini hech qachon unutmasligimz kerak.
Inson hayot kechirar ekan globallashuv davom etadi.
Inson bugundan ko‘ra ertaga bundanda yaxshiroq yashashi, eng yaxshi texnikalarni ishlab
chiqishi, qulay bo‘lgan shart-sharoitlarni ixtiro qilishi, tinch-totuv va farovon hayot kechirishi bu
obyektiv jarayondir. Shuning uchun globallashuv inson rivojining obyektiv qonuni va bu uzluksiz
davom etadi. Lekin buni yo‘nalishini, maqsadini va vazifalarini belgilab olgan holda amalga
oshirish kerak bo‘ladi. Аks holda inson hayoti, millati, o‘zligini anglashi uchun salbiy taʼsir
ko‘rsatishi tabiiy hol.
Yana shuni takidlash kerakki, baʼzan inson o‘z qo‘li bilan yaratgan narsalardan to‘g‘ri,
samarali va maqsadli foydalanishga insonning maʼnan qashshoqlashuvi va milliy maʼnaviyatning
yemirilishini to‘xtatib qolishga qurbi yetmayapti.
Misol uchun, inson internetdan o‘zi xohlamagn holda noto‘g‘ri foydalanib, baʼzi bir
qo‘shtirnoq ichidagi insonlarning o‘ljasiga aylanib qolmoqdalar. Yana shunisi achinarliki, inson
o‘zi xohlamagan holda milliy maʼnaviyatimizga zid bo‘lgan salbiy holatlarni yaratilishiga sababchi
bo‘lib qolmoqda.
Insoniyat tarixida davlatlar boshqa bir davlatdan o‘zining kuchliligini isbotlash uchun
liderlik qilib o‘zining katta kuchga ega ekanligini isbotlashar edilar. Hozirda ham shunday ishlar
amalga oshirilmoqda, faqatgina buning ko‘rinishi o‘zgargan, xolos. Bu hozirgi globallashuv
sharoitida hamkorlik degan tushunchani paydo bo‘lishi. Yana shunisi bilan ajralib turadiki,
davlatlar bir-birlari bilan iqtisodiy jihatdan shu darajada bog‘langanlarki, go‘yoki yagona zanjir
sifatida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu zanjir zaiflashib uzulsa, butun bir millatni yaroqsiz holatga
olib kelishi mumkin. Bu esa globallashuvning o‘ziga xos ko‘rinishi deyishimiz mumkin.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak deyarli barcha urushlarda o‘sha millatning, davlatning
yerosti va yerusti boyliklarini qo‘lga kiritib maʼnaviyatini yo‘q qilish uchun dahshatli qurollardan
foydalanganlar. Buning oqibatida bir qancha begunoh insonlar qirib tashlangan. Hozirda bu
dahshatli qurollarning o‘rnini oddiy va bezarar bo‘lgan Internet va aloqa qo‘l telefonlari egalladi.
Buning ham maqsadi bitta o‘sha davlatning yerosti va yerusti boyliklarini qo‘lga kiritish,
maʼnaviyatini yo‘q qilish, o‘zligini yo‘qotish, bu esa bir davlatni ikkinchi davlatga o‘zlari bilmagan
holda qaram qilib qo‘yish degani. Buning oqibatida o‘sha ojiz davlatning maʼnaviyati, millati,
qadriyati va anʼanalari o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi. Yana shuni aytish kerakki, bu beozorgina
vosita katta mablag‘lar sarf etmasdan amalga oshiriladigan eng arzon va qulay usullardan biridir.
Buni hech ikkilanmasdan jahonda kechayotgan globallashuvning inqilobi deyish mumkin.
Аmerika Qo‘shma Shtatlari globallashuvning negativ samarasini yumshatish uchun nima
qilish kerak degan savolga, Аmerikaning mashhur sotsiologi, АQSh prezidentining sobiq
yordamchisi Zbignev Bjezinskiy “Boshida muhim asoslanmagan imtiyozlardan voz kechishga
tayyorlik, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarda, uchinchi dunyo ishchilariga axloqiy
144
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
munosabatlardan insoniy bo‘lishning zarurligi. Globallashuvni iqtisodiy ustunlikka erishish yo‘lida
insonlarni siquvga olishda suiisteʼmol qilish kerak emas. Аksincha, globallashuv jahon aholisining
katta qismi duch kelayotgan davr talablaridan o‘rin olgan dunyo ijtimoiy siyosatning ajralmas
qismi bo‘lmog‘i zarur”,1 – deb ta’kidlagan.
Globallashuv to‘g‘risida yana bir amerikalik olim T.Fredman “sovuq urush tizimi”ni
almashtirgan yangi tizim”,2 – deb taʼkidlagan.
Professor S.Otamurodov “Qayerda mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerni
o‘zgalarning g‘oya va mafkuralari egallab olib, bunday davlat o‘zgalarga qaram bo‘lib qolish
uchun zamin yuzaga kelishi mumkin ekan”,3 – deb taʼkidlagan.
Bu globallashuv oqibatida xalqni, davlatni, millatni, insonni g‘oya va mafkurasini inqilobiy
tarzda o‘zgartirib yubordi.
Birinchi tomondan, rivojlangan davlatlar endi rivojlanishni boshlab oyoqqa turadigan
davlatlarga go‘yoki yordam ko‘rsatayotgandek bo‘lishadilar-u, lekin aslida zimdan o‘zlariga
qaram qilish mafkurasini olib borib o‘zligini, millatini, urf-odatini yo‘qotishga harakat qiladi.
Ikkinchi tomondan, rivojlangan davlatlar endi rivojlanayotgan davlatlarning o‘ziga
bo‘ysundirish maqsadida “ommaviy maʼnaviyat”ni olib kirib, o‘z g‘oya va mafkurasini ilgari
suradilar. Bu borada o‘zlarining byudjetlaridan juda katta mablag‘larni ajratadilar.
Xo‘sh nima uchun bunday qiladilar? Chunki “ommaviy maʼnaviyatni yagonalashtirish”
orqali o‘zlariga boshqa davlatlarni qaram qilib qo‘yadi va bu davlatni boshqarish oson kechadi.
Ushbu davlatning o‘zligini, millatini, maʼnaviyatini, qadriyatini, urf-odatini va anʼanalarini yo‘qqa
chiqaradilar va moddiy boyliklaridan bemalol foydalanadilar.
Biz hozir bir narsaga deyarli eʼtibor bermayapmiz, aksincha, erishayotgan
yutuqlarimizdan xursand bo‘lib yuribmiz. Globallashuv davlatlarning, millatlarning o‘zligini
anglash, o‘zligini bilish, milliy qiyofasini asrash, millatini asrash, millatning iqtisodiyotini
rivojlantirish, farovon hayot kechirish, maʼnaviyatini saqlash degan tuyg‘ularni o‘rni yo‘qolib
borayotganligini bugunning o‘zida ko‘rishimiz mumkin. Globallashuv insonlarning milliy
taraqqiyotiga qanchalik taʼsir o‘tkazmasin, uning maʼnaviy jihatdan qashshoq bo‘lishlariga
shunchalik ko‘p taʼsir o‘tkazmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, millatning qudrati nafaqat u yaratayotgan fan, texnika,
ommaviy kommunikatsiyalarning rivojlantirishi, yoki bo‘lmasa rivojlangan davlatlar tomonidan
yaratilgan narsalarni ishlab chiqish emas, aksincha, millatni asrash, o‘zligini asrash, o‘z
qadriyatlarini asrash, kim ekanligini yo‘qotmaslik, o‘z maʼnaviyatini asrash, o‘z g‘oyalariga
1Қаранг: Uzbekistan and Central Asia. – Центр политических исследований. Информационно-аналитический бюллетень.
IX-2007. – С. 44.
2Глобалистика международный междисциплинарный энциклопедический словарь. Москва – Санк-Петербург – Нью-
Йорк, 2006. С. 163.
3Отамуратов С. Глобаллашув: Миллатни асраш масъулияти. Тошкент: “Ўзбекистон”, - 80-б.
145
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
suyangan holda ish olib borish demakdir. Bu qadriyatlarni o‘zidan keyingi yosh avlodga
to‘laligicha yetkazib, millatini asrab qolish va yo‘q bo‘lib ketishini oldini oilshdir.
Аgar shu tarzda ish olib borsa, inson qo‘li bilan yaratgan narsalarning qurboniga aylanadi,
buni tushunib yetadi, lekin unda ancha kech bo‘ladi. Shuning uchun insoniyat oldida bitta narsa,
u ham bo‘lsa faqat va yana faqat inson millatini asrash, o‘zligini asrashdek o‘ta murakkab va shu
o‘rinda eng dolzab vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |