TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
61
psixologik – pedagogik kamissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi‘‘ deya
belgilab qo‗yilgan.
Respublikamizda nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlarini muhofaza
qilish maqsadida 2020-yil 11-sentabrda O‗zbekiston Respublikasi senati tomonidan
―Nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlari tog‗risida‖gi qonun m‘qullandi . Mazkur
Qonunnig maqsadi nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlarini ta‘minlash
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Ushbu qonunda nogironligi
bo‗lgan shaxslarning huquqlarini ta‘minlash sohasini tartibga solish, nogironligi
bo‗lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‗la huquqli tarzda ishtirok etishi
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqaroni nogironligi bo‗lgan shaxs deb e‘tirof
etish, nogironligi bo‗lgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish, nogironligi
bo‗lgan shaxslarning sog‗lig‗ini saqlash va ularga ijtimoiy yordam ko‗rsatish,
nogironligi bo‗lgan shaxslarning ta‘lim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash,
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, nogironligi bo‗lgan shaxslarning
mehnat qilishi va bandligi o‗z ifodasini topgan.
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush darajasini
yaxshilash, ularga ko‗rsatilayotgan turli xizmat turlarini ko‗lamini oshirish, ta‘lim
sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora – tadbirlar tizimiga e‘tibor qaratilmoqda.
―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ ishlab chiqildi. Uning to‗rtinchi
ustuvor yo‗nalishi ―ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari‖dir. Unga
ko‗ra uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish,maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‗ini kengaytirish va
ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha
ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini
ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish, jismonan
sog‗lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat‘iy
hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy
faolligini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‗llab-
quvvatlash va ro‗yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‗rtasida sog‗lom turmush
tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish kerakligini
nazarda tutadi.
Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek ―Tarbiya biz uchun yo hayot-
yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir‖ deb qoldirgan oltin
satrlari har qaysi zamon va makonda o‗z isbotini topmoqda. Shu barobarida
imkoniyati cheklangan shaxslarni hayotga moslashishlari uchun biz ham birdek
mas‘ul bo‗lishimiz kerak. Maktabgacha ta‘lim tizimi uzluksiz ta‘limning
Do'stlaringiz bilan baham: |