TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
olish asosiga quriladi. Adabiy matnlar bilan tanishishning nazariy asosini quyidagi tushunchalar
guruhlari tashkil qildi: “asar olami”, “janrlar”, “matn”, “nutq tiplari”, “nutq uslublari”, “tilning obrazli
vositalari”. Ajratib ko‘rsatilgan tushunchalar zaif eshituvchi o‘quvchilarni badiiy asar bilan
tanishtirishga ko‘maklashadi, faqat amaliy darajada kiritiladi va bolalar tomonidan o‘zlashtiriladi.
T.G.Bogdanova, J.C.Vigotskiy, A.B.Zaporojets ilmiy ishlarida tizimliligi tamoyili matnning
adabiyotshunoslik va tilshunoslik fenomeni sifatidagi o‘ziga xosliklarini hisobga olish, emotsionallik
xususiy tamoyili bolaning tabiati va faoliyatidan kelib chiqadi, deb ta’kidlanadi
1
. Intellektual
emotsiyalarni faollashtirish, nutqni rivojlantirish pedagogik tizim sharoitida o‘quvchilarda mutolaa
bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatida intellektual-emotsional ehtiyojlarni shakllantirishga ko‘maklashadi.
U o‘quvchi shaxsining emotsional sohasi rivojlanishini rag‘batlaydi, ta’lim jarayonida mustaqil, ijodiy
faoliyatdan estetik qoniqishning tiklanishi va rivojlanishiga olib keladi. Shunday qilib, adabiy ta’lim
jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr yaratishga o‘rgatish pedagogika
tizimi asosiga tamoyillarning uchta: didaktik, maxsus va xususiy guruhlari qo‘yildiki, ular tizim
mohiyatini belgilaydi. Adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy
fikr yaratishga o‘rgatish pedagogika tizimining faoliyatli komponenti doirasida an’anaviy frontal
darslar kabi qiziqarli: “dars-bayram”, “dars-konsert”, “dars-viktorina”, “dars-sayohat”, “dars-
taqdimot” “dars-o‘yin”lar ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan tizimda adabiy o‘qish darsi bilan darsdan
tashqari faoliyat o‘rtasida qat’iy chegaralashning mavjud emasligi tamoyili yangilik hisoblanadi.
Fikrimizcha, adabiy o‘qish darslarida va sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilar faoliyatini
tashkil qilishning turli shakllaridan foydalanish pedagogika tizimini amalga oshirish uchun qulay
sharoit yaratadi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga nutqini rivojlantirish, kitobxonlik va
adabiy-ijodiy faoliyatida yuqori darajalarga erishish imkonini beradi. Pedagogika tizimida o‘qituvchi
faoliyatining predmeti zaif eshituvchi o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish, kitobxonlik va adabiy-
ijodiy faoliyatiga ta’lim jarayoni sharoitida rahbarlik qilish hisoblanadi. Rahbarlik qilish jarayoni
deganda, biz korreksiyalovchi va shakllantiruvchi xarakterga ega bo‘lgan va harakat subyektining
o‘zini o‘zgartirish, unda aqliy, estetik, ijodiy faoliyatning turli strukturalarini shakllantirish maqsadini
ko‘zlagan pedagogik ta’sirni tushunamiz. Mazkur pedagogik tizim doirasida pedagogning rahbarlik
faoliyati o‘zining va o‘quvchilarning faoliyatini rejalashtirish, faoliyatni tashkil qilish, o‘quvchilarning
faolligi va kitobxonlik hamda nutqiy malakalar tizimini o‘zlashtirishda onglilikni rag‘batlash, ta’lim
natijalarini nazorat, tahlil qilishdan iborat.
Adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirishning korreksion-
pedagogik tizimining samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini muayyan tartibda va
dastur asosida tashkil etilishi ushbu jarayonning samaradorligini ta’minladi. Ushbu jarayonida
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab, Andijon shahri Xo‘jaobod
tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 2-sonli zaif eshituvchi
bolalar maktab-internatlarining 310 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tadqiqot obyekti sifatida
tahlil etildi. Adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr
yaratishga o‘rgatish pedagogik tizimi samaradorligi ta’limiy tajriba-sinov natijalarini badiiy asarni
idrok qilish xususiyatlari, bolalarning o‘qilganlar haqida fikrlari o‘ziga xosligi, nutqiy faoliyat
motivlarini baholash asosida umumlashtirish nutqiy rivojlanish darajalarini aniqlash imkonini berdi.
Korreksion-pedagogik tizimi va ananaviy ta’lim sharoitda o‘qitilgan o‘quvchilar o‘rtasida nutqiy
rivojlanish darajalar o‘rtasida sezilarli farq aniqlandi. Olingan natijalardan adabiy ta’lim jarayonida
badiiy matnni estetik idrok qilish va mustaqil ijodiy fikr yaratish darajasi baholash mezonining birdan
kattaligi va maxsus metodika samaradorligini baholash mezonining noldan kattaligini ko‘rsatdi.
Bundan ma’lumki, tajriba guruhidagi o‘zlashtirish nazorat guruhidagi o‘zlashtirishdan yuqori ekan.
1
Никитина М.И. Психолого-педагогические основы совершенствования литературного образования слабослышащих
школьников. Диссертация ... д-ра пед. наук. — Л.: ЛГПИ им..А. И. Герцена, 1983.-333 с.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |