Keywords:
children with hearing impairments, mathematics, arithmetic operations, ICT,
visual aids, methodics, didactic games.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda arifmetik amallarni bajarishga o‘rgatishdagi korreksion
ish faqatgina nazariy asos va undan kelib chiquvchi hisoblash malakalarini rivojlantirish bo‘yicha
o‘qitish jarayonidan iborat bo‘libgina qolmasdan, o‘qitish shart-sharoitlari va shakllarini tashkil
qilishni ham o‘z ichiga oladi.
1
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan 1-2-sinf o‘quvchilarining arifmetik
amallarni bajarishga o‘rgatish bo‘yicha korreksion pedagogik ish faqatgina dars mashg‘ulotlarda
emas, balki o‘yinlar, ekskursiya, maktab atrofida, do‘konda, maktab oshxonasida, omborxonasi va
boshqalar bo‘ylab sayrlar uyushtirib, sayr davomida o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ushbu suhbat
orqali bolalarning lug‘at boyliklarini orttirib, savol-javob orqali rivojlantirib borish, nutqiy
malakalarni faollashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish lozim.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan 1-2-sinf o‘quvchilarining arifmetik amallarni bajarishga o‘rgatish
asosida bolalarni surdopedagog, defektolog, tarbiyachilar va ularni o‘rab turgan boshqa insonlarning
qaratilgan nutqini idrok etishga o‘rgatish lozim. Maxsus maktab yoshdagi tarbiya uslubiyatchilarida
shunday ibora mavjud: “Bolalar tinglaydilar, ammo eshitmaydilar, qaraydilar, ammo ko‘rmaydilar”.
2
Shu sababli ham nafaqat kuzatishni, balki ko‘rishni, nafaqat tinglashni, balki eshitishni o‘rgatish,
ya’ni ta’limning asosi bo‘lgan idrok etishni rivojlantirish — nutqni tinglash, uning mazmunini
tushunish, shuningdek diqqatni jamlash, nutqni idrok etish istagini paydo qilish hisoblanadi.
Defektolog: “Bo‘shliqqa gapirish mumkin emas” degan qoidaga amal qilishi lozim. Bolalarda
nutqni idrok etishga “istak tug‘ilmasdan” gapirish befoyda. Agarda bolalar toliqib qolsalar, ularni
faoliyatning boshqa turlariga jalb etish yoki ular diqqatini nutqga o‘ziga xos usullar bilan qaratish
kerak.
Bajargan tadqiqot ishlarimizni xulosalab, barcha usullarni adabiyotlarda va amaliyotchilar
tajribasida o‘rganib, o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarni
umumiylashtirgan holda olgan xulosamizga ko‘ra: eshitishda nuqsoni bo‘lgan maxsus maktab
muassasalarining 1-2-sinf o‘quvchilarini arifmetik amallarni bajarishga o‘rgatish bo‘yicha korreksion
pedagogik ishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan quyidagi usullarni ajratib olish imkoniyatiga ega
bo‘ldik:
- eshitishda nuqsoni bo‘lgan 1-2-sinf o‘quvchilariga arifmetik amallarni o‘rgatishda ko‘rgazmali
qurollardan foydalanish; arifmetik amallarni hamda murakkab misol va masalalarni o‘rgatishda
qiziqarli didaktik o‘yinlardan foydalanish; matematika darsini o‘tishda AKT dan foydalanish;
matematika darsida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini rivojlantirishda, matematik
lug‘atdan keng foydalanish.
1
Сухова В.Б. Обучение математике в подготовительном - 4 классах школ глухих и слабослышащих : Пособие для учителя - М.
: Просвещение, 1991. – 37с.
2
Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi. 2005y. 26 b.
186
Do'stlaringiz bilan baham: |