TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/2(23
)
jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus ko‘nikmalarni
rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimida xalqaro
baholash dasturlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda vazirlik
o‘quvchilarning o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA) bo‘yicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini
tizimga joriy etish bo‘yicha АQShning USAID tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda
1
.
EGRA – Early Grade Reading Assessment – o‘quvchilarning o‘qish bo‘yicha savodxonligini erta
aniqlash; EGMA – Early Grade Mathematics Assessment – o‘quvchilarning matematika bo‘yicha
savodxonligini erta aniqlash.
Taʼlimning sifati va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borayotgan
tadqiqotchilar ham tadqiqot ishlarini amalga oshirishda o‘quvchilarda xalqaro dasturlar talablariga
muvofiq bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishga eʼtibor qaratishi lozimdir.
Аvvalo, xalqaro baholash natijalarini o‘rganish, tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish,
baholash natijalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan davlatlar taʼlim tizimidagi tajribalarni
o‘rganish va bu ilg‘or tajribalarni o‘zimizning taʼlim tizimimizga tatbiq qilish kerak bo‘ladi.
2019-yilning 3-dekabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan
PISA-2018 natijalari rasman eʼlon qilindi. 2010-yildan buyon har 3 yilda o‘tkazib kelinayotgan, jami
10 million nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etgan ushbu tadqiqotlarda 15 yoshli o‘quvchilarning
o‘qish, matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha savodxonligiga baho berildi. PISA
tadqiqotlarida o‘quvchi dasturni o‘zlashtirganligini emas, balki bilim va ko‘nikmalarni hayotda qay
darajada qo‘llay olishini baholaydi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining taʼlim va
ko‘nikmalar direksiyasi direktori, PISA dasturining asoschisi Аndreas Shlyaxerning taʼkidlashicha,
tadqiqotda qatnashgan dunyo o‘quvchilarining aksariyati o‘qish savodxonligi bo‘yicha test
savollariga javob berishga qiynalgan. Shunga qaramay, tahlillar xitoylik o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligi bo‘yicha natijalari dunyo bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqoriroq ekanligini namoyon
qilmoqda. O‘quvchilarning har o‘ntadan bir nafarigina topshiriqlar mazmunidagi dalillar bilan
fikrlarni farqlay olish ko‘nikmalariga ega ekanligi maʼlum boʼlgan
2
. Shuningdek, davlatlarning mazkur
reytingda yuqori natijalarga erishishi hamda taʼlim sifat ko‘rsatkichlari ortishida kam imkoniyatga
ega bo‘lgan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash alohida o‘rin tutishi maʼlum qilindi. Shunday
ekan, davlat tomonidan kam imkoniyatga ega bo‘lgan qobiliyatli o‘quvchilar uchun alohida sinflar
tashkil qilish, ularning salohiyatlarini oshirish uchun tajribali o‘qituvchilarni tayinlagan holda
mashg‘ulotlar olib borish lozimligi taklif etildi. PISAda doimiy ravishda qatnashib borish orqali
ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining taʼlim tizimidagi o‘zgarishlarni kuzatish va tahlil qilib borish
imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Misol uchun, tadqiqotlarda uzluksiz ravishda ishtirok etib,
Portugaliya, Аlbaniya, Qatar, Moldaviya, Peru mamlakatlari 2003-yildan 2018-yilgacha barqaror
o‘sish sur’atlariga ega bo‘ldi. Xalqaro baholash natijalari bo‘yicha olib borilgan tahlillar va tadqiqotlar
o‘quvchi-yoshlar savodxonligining shakllanishiga taʼsir etuvchi omillardan biri maktab-oila
hamkorligi ekanligini ko‘rsatmoqda PISA dasturida ishtirok etayotgan Qozog‘iston Respublikasining
Fan va taʼlim vazirligi qoshidagi «Informatsion-analitik markaz» АJ tomonidan amalga oshirilgan
“O‘quvchilarning funksional savodxonligining shakllanishida ota-onalarning taʼsirini baholash” nomli
loyiha orqali xalqaro dasturda ishtirok etgan o‘quvchilarning natijalari boshqa davlatlardan ishtirok
etgan o‘quvchilarning natijalari asosida qiyosiy tahlil qilinib, atroflicha o‘rganilgan. Olib borilgan
tadqiqotlar natijasida o‘quvchilarning funksional savodxonligining shakllanishiga taʼsir etuvchi
omillar sifatida quyidagilar belgilangan:
1
С.А.Нургалиева, Г.С.Майлыбаева. Международный опыт в оценке качества образования по организации мониторинга
резултатов обучения обучающихся // Журнал «Вестник КазНПУ».-Алматы, 2018. https://articlekz.com/article/19333.
2
Оценка влияния родителей на формирование функционалной грамотности школников / Министерство образования и науки
Республики Казахстан АО «Информационно-аналитический центр».- Астана – 2015.