TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
o‘tirgan holda suhbat olib borish, o‘ynash, kitob o‘qish kerak. Bunda bola nutqni yaxshi eshitadi va
so‘zlovchining lablarini ko‘rmay turib, e’tiborini diqqat bilan eshitishga qaratadi. To‘rtinchidan, ilk
yoshda implantant qo‘yilgan kar bola bilan ishlashda daktil nutq shaklidan, nafaqat muloqot vositasi
sifatida, balki tovush talaffuzini shakllntirish vositasi sifatida ham foydalanish shart emas.
Beshinchidan, bolada eshitish tajribasi va diqqat buzilishining mavjudligi, ota-onalarning abilitatsiya
jarayoniga tayyorligi bilan bog‘liq holda abilitatsiya davri uchun 6 oydan 18 oygacha vaqt kerak
bo‘ladi. Shu bilan birga eshitishida muammosi bо‘lgan ko‘pchilik bolalarda nutq buzilishlari mustaqil
buzilishlar sifatida mavjud bo‘ladi. Bular yo birlamchi buzilishlar (tegishli miya markazlarining
shikastlanishi oqibatida), yo ikkilamchi (ilk yoshda yuz bergan karlik tufayli harakat nutq markazlari
rivojlanishining buzilishi oqibatida) buzilishlar sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda nutqning ekspressiv
rivojlanmaganligi passiv va aktiv lug‘atning hamda grammatik nutq tizimining rivojlanmaganligi bilan
belgilanadi. Bu bola bilan til tizimini (ona tili tizimini) shakllantirishga (passiv va aktiv lug‘at to‘plash,
grammatik til tizimini shakllantirish, mustaqil nutqni rivojlantirishga) qaratilgan uzoq yillarga
mo‘ljallangan maqsadli surdopedagogik ish olib borilishini taqozo etadi
1
. Koxlear implantli bolaga
xos yana bir xususiyat shundaki, kichik yoshida implantatsiya qilingan bola bilan olib boriladigan
korreksion ishda global o‘qish metodidan foydalanish kerak bo‘lmaydi. Biroq 3 yoshdan keyin
koxlear implantli qilingan bolani o‘qishga o‘rgatishda analitik-sintetik o‘qish metodidan foydalanish
kerak. Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishda verbotonal metod nisbatan
keng qo‘llanadi. Bu metod Zagreb (Xorvatiya) shahridagi SUVAG markazida prof. P.Guberina
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, eshitishi turli darajada yo‘qolgan va eshitish apparatlaridan
foydalanadigan bolalar nutqini rivojlantirishda katta samara berishi amalda o‘z isbotini topdi. Bu
metod, avvalambor, fonetik ritmikada, koxlear implantli nutqsiz bolalarda tovushlarni keltirib
chiqarish usullarida, tana harakatlari va nutq tovushlarining o‘zaro aloqasiga asoslangan nutqning
intonatsion-ritmik tomonini shakllantirishda, bolada nutqiy muloqotga bo‘lgan motivatsiyani
rivojlantirishda katta samara beradi. Koxlear implantantli kichik yoshdagi bolalar bilan olib
boriladigan mashg‘ulotlarning mazmuni quyidagilardan iborat: bolaning eshitish idrokini
rivojlantirish; lug‘at zaxirasini va grammatik tuzumini shakllantirish; tovushlarni talaffuz qilish
ko‘nikmalari va og‘zaki nutqni rivojlantirish; o‘qish malakalarini rivojlantirish; eng oddiy matematik
tasavvurlarni shakllantirish; atrof-olam haqidagi tasavvurlarni, umumiy kognitiv malakalarni hosil
qilish, diqqatni rivojlantirish; yirik va mayda motorikani rivojlantirish. Mashg‘ulotlarning mazmuni,
maqsadi, mavzuyi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mutaxassis bola bilan ishlashda bir qator umumiy
qoidalarga rioya qilishi shart. Birinchidan, mutaxassisning nutqi bevosita bolaning o‘ziga qaratilgan
bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, so‘zlar va iboralar tabiiy holda, his-tuyg‘u bilan, artikulyatsiyani
bo‘rttirmay turib va tabiiy jonli imo-ishora bilan talaffuz qilinishi kerak. Uchinchidan, agar bola o‘ziga
qaratilgan nutqni tushunmasa, nutqda qisqa-qisqa iboralarni qo‘llash hamda ularni har kuni
muayyan vaziyatlarda 2-3 marta takrorlab turish lozim. Har bir implantantli bola uchun individual
ish dasturi tuzish lozim. Korreksion-reabilitatsion ish o‘z ichiga bir qancha yo‘nalishni qamrab oladi,
bola bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar strukturasi va maqsadi shunga qarab belgilanadi
2
:
1. Ta’limiy maqsad: bolalarda ta’limiy dastur hajmidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar
hamda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish. 2. Tarbiyaviy maqsad: bolalarni milliy istiqlol
ruhida tarbiyalash, ularning shaxsiy va axloqiy sifatlarini shakllantirish, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini
topa olishlariga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish. 3. Rivojlantiruvchi
maqsad: koxlear implantli bolalarda nutqiy va ijodiy faollikni, mustaqillik va erkoxlear implantlilikni
shakllantirish. 4. Korreksion maqsad: koxlear implantli bolaning birlamchi nuqsoni natijasida yuzaga
1
Таварткиладзе Г.А. Кохлеарная имплантaция – М., 2000.
2
Ching T.Y.C., Incerti P., Hill M. Binaural benefits for adults who use hearing aids and coghlear implants in opposite ears// Ear Hear.
2012. Vol. 25(6). P. 565-600
124
Do'stlaringiz bilan baham: |