TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
bois ham, insonparvar pedagogika talablarini о‘qituvchilarning yangi avlodi tо‘liq amalga oshirishiga
umid qilinmoqda.
Kо‘pincha boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilari о‘zidagi dastlabki taassurotlarni jilovlay olmaydi.
Ommaviy kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, bu taassurot har xil bо‘lishi mumkin, biroq tushunishga
intilish bо‘lmaydi. Shunga qaramay, о‘rtada ishonch paydo bо‘lishi va yordam kо‘rsatish uchun
aynan sodir bо‘lgan voqeani tushunish juda muhim bо‘lib, shundan keyingina tarbiyalanuvchidan
unga nima bо‘lganini sо‘rash mumkin. О‘qituvchining: “Nima bо‘ldi?” deya о‘dag‘aylashi bilan
samimiy javobga erishilmaydi. Bola о‘ziga g‘amxо‘rlik tufayli emas, balki katta yoshlilar о‘zining
borligi va ustunligini namoyon qilish zarurati tufayli shunday savol berilganini tushunadi.
Tarbiyalanuvchi gohida bu savolni о‘qituvchi shunchaki qiziqish yoki hatto uning uquvsizligidan
suyunishni xohlagani uchun beryapti, degan xayolga boradi va darrov о‘z qobig‘iga о‘ralib oladi.
Boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilarining bolalar bilan kechadigan insoniy munosabatlar tizimi
bolani tushunish, tan olish va qabul qilish kabi ajralmas qismlarga bо‘linadi. Tarbiyalanuvchining
pedagog bilan munosabatlari tuzilmasida ham xuddi shunday unsurlar ajratilgan bо‘lishi lozim. U
ham о‘z о‘qituvchisini tushunishi, tan olish va qabul qilish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi.
Bir-biriga bog‘langan holda ular juda murakkab pedagogik munosabatlar tuzilmasini hosil qiladi.
Tushunish – bolaning ichki dunyosiga kirib borishdir. U his-tuyg‘ular va mantiq yordamida
amalga oshiriladi. Tarbiyachi – bolani ochiq kitob kabi о‘qiy oladigan aqlli va sinchkov insondir.
Bolaning eng muhim ehtiyoji – uning tо‘g‘ri о‘qilishi: tushunilishi, qabul qilinishi va tan olinishidir. U
g‘ayrishuuriy ravishda о‘zini har qanday vaziyatda ham, har qanday ahvolda ham tushuna olishlariga
umid qiladi. U о‘qituvchi hech qachon xato qilmasligiga ishonchi komil bо‘ladi. Shunday bо‘lishi ham
lozim, bola tasavvurini ostin-ustun qilish mumkin emas. Shuning uchun shaxsga yо‘naltirilgan
tarbiyada pedagog tomonidan boladagi orzu-umidlar ham hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bolalarni katta yoshlilar tushunishini qiyinlashtiruvchi yana bir oddiy sabab ularning bola
ekanligidir. О‘qituvchining kasbiy majburiyati – u о‘zining bolaligiga qaytishidir. Shunda unga
tarbiyalanuvchi nima uchun о‘zini boshqacha emas, aynan shunday tutayotgani, nima uchun u
aynan shunaqa va boshqacha bо‘lishi mumkin emasligi tushunarli bо‘ladi. Bolalar bir-biridan
ajablanmaydi axir.
Bolaning tarbiyachi tomonidan qabul qilinishi asosida tabiatga muvofiqlik tamoyiliga xos
talablar yotadi. Bu pedagog bolani tabiat, oila va maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya qanday
shakllantirgan bо‘lsa, shunday qabul qilishini anglatadi. Mazkur tamoyilga rioya etish bolaning
individual xususiyatlarini emas, balki yaxlit qabul qilishni taqozo etadi. Ularni bilish, albatta, muhim,
lekin pedagog bolaning aqli, irodasi yoki hissiyotlari bilan emas, shaxsiyati bilan ish kо‘radi. Bola
qanday bо‘lmasin, u hamisha о‘ziga xos va betakrordir. Bolani tushunish istagi unga qiziqish hissini
oshiradi. Agar pedagog undagi о‘ziga xoslikni kо‘rmasa, uni tarbiyalay olmaydi. U bilan insoniy
muloqot uchun “tayanch nuqta” topilmaydi.
Bolani yaxlit qabul qilish qisman, “bо‘laklarga ajratilgan holda” qabul qilishdan keskin
farqlanadi. Bugun ularning yosh va individual xususiyatlarini о‘rganishda keyingisi ustunlik qiladi.
Albatta, odamni iroda, fe’l-atvor, mizoj va hokazo qismlarga “ajratish”, sо‘ngra esa ularning har birini
alohida о‘rganish osonroq, lekin, afsuski, keyin ulardan shaxsni “yasab” bо‘lmaydi. Psixologizmning
joriy fojiasi ham shunda. Batafsil psixologik-pedagogik tavsifnomalar yozamiz, bir dunyo vaqt va
kuch sarflaymiz, natijada esa – umuman sezilarsiz yutuqqa erishamiz.
О‘z vaqtida Y.Korchak shu holatga e’tibor qaratadi: “Yuzaki tashxis harakatchan, hurmattalab,
tanqidiy fikrlovchi – barcha “noqulay”, lekin sog‘lom va toza bolalarni alamzada, takabbur,
shubhachi – fikri buzuq, havoyi, yengiltak, yomon о‘rnaklarga bajonidil moyillik bildiruvchi bolalar
bilan bir guruhga qо‘shib qо‘yadi. Puxta bо‘lmagan, loqayd va yuzaki qarash ularni yomon xulqqa
4
Do'stlaringiz bilan baham: |