14
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish
hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish
muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini
yana-da rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan
tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”
1
doirasida O‘zbekistonda ta’lim sifatini baholashda
yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga
asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama
qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar,
agentliklar, ilmiy-tadqiqot
muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro loyihalarni
amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib
milliy baholash tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori
2
bilan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida
“Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi.
Shuningdek, respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini,
eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida qator xalqaro baholash dasturlari, jumladan, TIMSS
xalqaro tadqiqot bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholashda ishtirok etish dolzarb vazifa sifatida
belgilandi. TIMSS (inglizcha Trends in Mathematics and Science Study) - maktabda matematika va
tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro
assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. U birinchi marotaba 1995-yilda Ta’lim yutuqlarini
baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan. Uning matematik va tabiatshunoslik ta’limi
sohasidagi oldingi qiyosiy tadqiqotlardan asosiy farqi bitta mashg‘ulotda (matematika
va tabiiy
fanlar) ikkita fanning birlashishi edi. 1995-yilgacha matematik va tabiiy fanlar ta’limi sohasidagi
qiyosiy tadqiqotlar alohida-alohida olib borilgan
3
. 1999-yilda TIMSS tadqiqotida, asosan, 1995-
yildagi tadqiqotlar usullari va vositalari ishlatilgan va shuning uchun TIMSS-R - TIMSS-Repeat deb
nomlangan. U faqat 8 ta sinfda o‘tkazilgan
4
. 2003-yildan beri TIMSS monitoring tadqiqotiga aylandi
va yangi nomi “Trends in Mathematics and Science Study” (Matematik va tabiiy fanlarni o‘qitish
tendensiyalari) deb nomlandi. Uning asosiy maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim tizimining 4 va 8-sinf
o‘quvchilarida matematik va tabiiy fanlarning ta’lim sifatini qiyosiy baholash. Har to‘rt yilda 4 va 8-
sinf o‘quvchilarining o‘quv yutuqlari baholanadi, ular nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki fanlarga
bo‘lgan munosabati, qiziqishlari va motivatsiyasini ham o‘z ichiga oladi.
Tadqiqot shu tarzda
rejalashtirilganki, uning natijalari har 4 yilda 4-sinf o‘quvchilari 8-sinf o‘quvchilari bo‘lganda ishtirok
etuvchi mamlakatlarning matematik va tabiiy fan tendensiyalarni kuzatish imkonini beradi. Shunday
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida” // (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda) // https://mfa.uz/
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 997-son 08.12.2018.// http://lex.uz/docs/4097073
3
Первое международное исследование по математическому образованию - FIMS (First International Mathematics Study, 1959-
1967), Первое международное исследование по естественнонаучному образованию - FISS (First International Science Study, 1966-
1973), Второе международное исследование по математическому образованию - SIMS (Second International Mathematics Study,
1976-
1987), Второе международное исследование по естественнонаучному образованию - SISS (Second International Science
Study, 1980-1989.
4
Ковалева Г.С. и др. Концептуальные подходы к оценке учебных достижений по математике и естествознанию в международном
сравнительном исследовании. Москва, 2008 год. – 44 с