180
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
boʻyicha tanlovlar hamda koʻp darajali taʼlim tizimlarida pedagogik mahoratni rivojlantirish dolzarb
muammo sifatida eʼtirof etilmoqda.
“2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar
strategiyasi”da “pedagog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish” oliy
taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish boʻyicha eng muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida
belgilandi.
Uygʻonish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn
Sino,
Unsurul Maoliy Kaykovus, Abulqosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Saʼdiy Sheroziy,
Alisher
Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ilmiy meroslari
oʻqituvchiga xos boʻlgan xususiyatlarni shakllantirishda muhim manba sifatida eʼtirof etilgan.
N.N.Azizxodjayeva, B.R.Adizov, S.Bazarova, U.Sh.Begimqulov, R.H.Djurayev, Sh.Q.Mardonov,
O.Musurmonova, N.A.Muslimov, U.N.Nishonaliyev, N.Ortiqov, B.X.Rahimov, Oʻ.Q.Tolipov,
D.Sharipova, Sh.S.Sharipov, Sh.Shodmonova, N.Gʻ.Egamberdiyeva va boshqalar boʻlajak
oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib
borgan.
Pedagogning innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir.
Refleksiya pedagogning oʻz ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olishi deb qaraladi (oʻz fikri
va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin).
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki anʼanasi mavjudligi
aytiladi:
-obyektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib keladigan ongning reflektiv
tahlili;
-shaxslararo muloqot maʼnosini tushunish refleksiyasi.
Bu bilan bogʻliq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:
-oʻz-oʻzini va boshqalarni tushunish;
-oʻz-oʻziga va boshqalarga baho berish;
-oʻz-oʻzini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Refleksiya (lotincha Reflexio-ortga qaytish ) subyektning oʻz (ichki) psixik tuygʻu va holatlarini
bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning oʻz ongidagi oʻzgarishlarni
fikrlash jarayoni deb yoziladi.
Psixologik lugʻatda shunday izoh beriladi:
“
Refleksiya — faqat subyektning oʻz-oʻzini bilishi va
tushunishi emas, balki boshqalar
uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuygʻusi va bilish (kognitiv)
tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.
V.A.Lefevr taʼkidlagan ediki, inson oʻzining xatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi,
tadqiq qiluvchi boʻlib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ularning xatti-harakatlarini oʻrganuvchi
mavqeyini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan bogʻlaydi. Bunday oʻzaro aloqalarda
refleksiya oʻzida xulosa chiqarish, umumlashtirish,
analogiya, qiyoslash va baholash
hamda muammolarni eslash, yenga olish va hal qilishlarni birlashtiradi.
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi: retrospektiv; prospektiv.
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu “sodir etilgan faoliyat tarixining
retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir”. Prospektiv refleksiya —
bu faoliyatning amalga
oshishiga boʻlgan talabning hukm surish dinamikasi.
S.Y.Stepanov, I.N.Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi.
V.V.Davidov oʻz tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. I.S.Ladenko analitik
va sintetik refleksiyani farqlaydi. Demak, pedagogning innovatsion faoliyati tuzilmasi motivatsion,