156
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Bunda oʻquvchining darsga nisbatan qiziqishi muhim ahamiyatga ega. Oʻquvchining bilishga
moyilligi, intilishi, havasi, ehtiyoji didaktikada bir soʻz bilan “motivatsiya” deb ataladi. Oʻ.Yoʻldoshev
motivatsiyani didaktik
tamoyil sifatida talqin etib, shunday deydi: “Motivatsiya –oʻquv bilish
faoliyatida oʻz-oʻzidan hosil boʻlmaydi, uni vujudga keltirish oʻqituvchidan ulkan mahorat talab etadi.
Motivatsiya – oʻquv jarayonining eng muhim unsuri va ayni vaqtda dars jarayonini jadallashtirishda
yetakchi omil hisoblanadi”
1
. Motiv oʻquvchining bir maqsad sari intilishini mustahkamlaydi,
maqsadga erishish uchun izchil va dadil harakatlanishini taʼminlaydi.
Dars jarayonida hosil
qilinadigan motivatsiya murakkab pedagogik hodisa boʻlib, u oʻquvchilarning xulqi, intilishlari,
qiziqish va mayllariga bogʻliqdir. Shu nuqtayi nazardan ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv
fanlarining oʻrganilishida ushbu tamoyildan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oʻqituvchi dars
jarayonida fanlararo aloqadorlikdan foydalangan holda motivatsiyaning quyidagi uchta —
uygʻotuvchi, yoʻnaltiruvchi, fikr uygʻotuvchi vazifalaridan foydalanadi. Bunda matematik
tushunchalarning qoʻllanilishi oʻquvchilarda oʻrganilayotgan mavzuga nisbatan qiziqish uygʻotadi,
fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va oʻrganilgan mavzuni xotirada saqlanishiga imkoniyat yaratadi.
Matematik tushunchalar asosida ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlarini bir-biri bilan
oʻzaro bogʻlash, ularning mantiqiy aloqadorligi va mazmundorligi taqdim etilayotgan oʻquv
mashgʻulotining mohiyatini tushunib olishga yordam beradi.
Boshqa oʻquv fanlaridan oʻzlashtirilgan va qoʻllaniladigan
atamalar, oʻquv materiallarining
xususiyatlari, taʼlim vositalari, oʻquv materialini tanlash qonuniyatlari, oʻquv fanlararo aloqadorlik
xususiyatlari belgilab berilishi kerak. Oʻquvchilar topshiriqlarni bajarish davomida nazariy bilimlarni
qoʻllay olishlari kerak. Oʻquv materiallari hajmini belgilashda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini
hisobga olish zarur. Bu, albatta, oʻquvchilarning idrok etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Jismoniy va
aqliy mehnat oʻquv materiallarini idrok etish jarayonining ragʻbatlantiruvchi omili ekanligini hisobga
olishi lozim. Shuning uchun oʻquv jarayonini oʻquvchilarning yoshi va fiziologik imkoniyatlari hisobga
olingan holda tashkil etiladi. Ularda oʻquv materialiga nisbatan qiziqish uygʻotish
va diqqatini
oʻzlashtirishga jalb etish darkor. Oʻquvchilarning idrok etish imkoniyatlari muntazam
murakkablashib, oʻquv va amaliy masalalarni yechish jarayonida kengayadi. Ushbu murakkablashish
ularning aqliy va jismoniy rivojlanishlarida muhim ahamiyatga ega.
Didaktik tamoyillar asosida oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilish uchun quyidagi vositalar
talab qilinadi: oʻquv anjomlari, texnik vositalar, modellar. Shu bilan bir qatorda mahalliy omillarni
hisobga olish, foydalaniladigan vositalarni tanlash ularning xususiyatiga muayyan taʼsir koʻrsatishini
taʼkidlash kerak. Masalan, oʻquv fanlararo aloqadorlik qonuniyatlariga binoan amaliy mashgʻulotlar
ishlab chiqarish bilan bogʻliq real vaziyatlardan foydalanish asosida tashkil etilishi ham mumkin.
Falsafiy,
umumpedagogik, didaktik, psixologik va uslubiy adabiyotlarning tahlili hamda
malakali oʻqituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirib, biz boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻquv
fanlarini oʻzaro bogʻlab oʻrganish asosida
ularning bilish faoliyati, darslarni oʻzlashtirish
samaradorligini rivojlantirishda oʻquv fanlararo aloqadorlikning quyidagi funksiyalarini ajratib
koʻrsatishni lozim topdik:
- Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlarining ilmiy asoslarini oʻquvchilar ongiga
yetkazishda ular mazmunida matematik tushunchalarni umumlashtirgan
holda fanlararo
aloqadorlikni tizimlashtirish funksiyasi;
- Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlari asosini oʻzlashtirish orqali oʻquvchilarning
bilish faoliyatini rivojlantirish;
- Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlarini matematik tushunchalar asosida
oʻzlashtirishning ilmiy jihatdan asoslangan tizimini yaratish;
1
Yo‘ldoshev O‘. Didaktik prinsiplar tizimi. //“Xalq ta’limi” jur. 2017, 4 son, 20-bet. Максимова В.Н. Межпредметные связи в процессе
обучения. Москва: “Просвешение”, 2018.-192 стр.