Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
51 
muallif ―irodasi‖ tajassum topadi; asar yaxlitligini ―fikrni birlashtiruvchi unsur‖ 
ta‘minlaydi.
Zulfiyaning qator turkumlari misolida kuzatadigan bo‗lsak, ijtimoiy voqelik, 
shoirlar dunyoqarashi, realistik tasvir madaniyati janr tabiatiga ichki sifat 
o‗zgarishlarini olib kirganligini ko‗ramiz. Xususan, turkumlardagi bosh qahramon – 
shoiraning goyaviy-estetik ideali. Lirik qahramonining olam va odam to‗g‗risidagi 
o‗y-mushohadalari, psixologik kechinmalari silsilasi, voqeaband holatlar syujet 
oqimini belgilab berayotir. ―O‗ylar‖, ―Kamalak‖, ―Qozog‗iston o‗lanlari‖, ―Tong ila 
shom aro‖ turkumlari o‗zining ijtimoiy-falsafiy mazmuni bilan ramzlarga asoslangan 
realistik idrok va ifoda madaniyatining yangi yo‗nalishlarini aks ettiradi. Ularda hayot 
materialini badiiy shaklga solishda asosan voqeabandlik asosiy omil sifatida ko‗zga 
tashlanadi. Shuningdek, Zulfiya she‘riy turkumlarida lirik, falsafiy o‗y-mushohadalar 
silsilasi, publitsistik chekinishlar, da‘vat, inkor va iqror, e‘tirof belgilari, psixologizm, hissiy 
kechinmalar kayfiyatini berish, ruhiy holatlar suratini chizish, psixologik portretlar yaratish 
kabi usullarga ham ko‗plab murojaat etiladi.
Shoira avtobiografiyasiga taalluqli voqealarning she‘riy shakllardagi ifodasi 
Zulfiya poetik ijodining e‘tiborga loyiq jihati hisoblanadi. Shaxs – poeziya – taqdir 
birgalikda shoira poetik dunyosining yaxlit birlik sifatida shakllanishini ta‘minladi. 
―Hijron kunlarida‖ turkumiga kirgan ―Sensiz‖ she‘ri ana shunday she‘rlardan ekanligi 
bilan alohida ajralib turadi: 
Mana bir umrni yashadim sensiz, 
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, 
Tobuting boshida cho‗kkanimda tiz, 
Farzandlar ko‗tardi qo‗limdan tutib. (―Tong bilan shom aro‖, 19-20-betlar).
Lirik qahramon kechinmalari ularning ifoda shakliga mos tushgan. She‘r 
matnini tashkil etgan so‗zlarning yarmidan ko‗prog‗i his-tuyg‗ularni (shodlik, aza, 
zaif, to‗y, qayg‗u, noshudlik, tund ruhlik, rashk, g‗amnok, mayus) ifodalab
emotsional holatlarni (―tuyg‗ular zoriga solganda quloq‖, ―tirik ekan nega tashlab 
ketmading‖, ―tirik ayrilishning dog‗i og‗irmish‖, ―izingdan yurmasdim soyaday 
g‗amnok‖) tavsiflaydi.
Qahramonning qizg‗in istig‗forlari-yu, iqrorlari – bu, aslini olganda, kuygan 
ko‗ngilning beshta ritorik xitob shaklidagi chorasiz hayqiriqlaridir (―Tirik ekan nega 
tashlab ketmading?‖; ―Xo‗rlik kemirarmish umrni chaynab!‖; ―Nega, nega meni 
tashlab ketmading?‖; ―Qalaming mujdasin kutardim mushtoq...‖; ―Tashlab 
ketmading-a, boshlab ketmading?!‖). 
Shoiraning boshqa asarlariga nisbatan bu she‘rda metaforalar juda ko‗p (har 
nega qalqon, afzal ko‗rganing, soyaday g‗amnok, xo‗rlik kemirarmish umrni, 
mudhish egov va boshq.). 



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish