TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 45
Matematikani o‗rganish uchun past motivatsiya, bu o‗zlarining ta‘lim
faoliyatini mustaqil ravishda nazorat qila olmaslik, mavzularni o‗rganishga kam
soatlarning ajratilishi, ko‗p miqdorda yozish, yozilgan ma‘lumotlarning ma‘nosini
tushunishga ulgurmasligi va matematik tayyorgarlik darajasining pastligidadir.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki:
- yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishni nazariy va amaliy asoslash
pedagogik tizim sifatida faoliyat yurituvchi, texnika oliy oʻquv yurtlarida
talabalarining kasbiy tayyorgarligi jarayonini takomillashtirish vositasi sifatida
berilgan;
- tadqiqotda mavjud bo‗lgan yangi axborot texnologiyalari yordamida
to‗qimachilik va paxta sanoat yo‗nalish mutaxassisliklari talabalarining kasbiy
tayyorgarligini tashkil etish g‗oyalari va qoidalari, prinsiplari va tushunchalari,
yondashuvlari va texnologiyalari to‗plami ilmiy bilimlarni tarkibiy tuzish
muammosini hal qilinish maqsadida amaliy masalalarni dasturiy ta‘minotlar
yordamida yechish mumkinligi asoslangan.
- yangi axborot texnologiyalari, shu jumladan mezon bo‗yicha to‗qimachilik
va paxta sa‘noat yo‗nalish mutaxassisliklari talabalarining kasbiy tayyorgarligini
oshirishning o‗ziga xos mezonini ishlab chiqildi.
Tadqiqot obyekti: to‗qimachilik va paxta sanoat yo‗nalish mutaxassisliklari
talabalarini kasbga tayyorlash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: to‗qimachilik va paxta sanoat yo‗nalish mutaxassisliklari
talabalarining kasbiy tayyorgarligini yangi axborot texnologiyalari yordamida
takomillashtirish.
Tadqiqot gipotezasi: agar texnika oliy oʻquv yurtlarida to‗qimachilik va paxta
sanoat yo‗nalish mutaxassisliklari talabalarining kasbiy tayyorgarligi, dasturiy
ta‘minotlari paydo bo‗lishi va rivojlanishining o‗tkazilgan ilmiy-pedagogik tahlili
asosida, yangi ma‘lumotlardan foydalanishni nazariy va amaliy asoslash yanada
samarali bo‗ladi.
Maqsadga erishish va tadqiqot gipotezasini sinash uchun quyidagi vazifalar
qo‗yiladi:
- to‗qimachilik va paxta sanoat yo‗nalish mutaxassisliklari talabalarini
kasbiy tayyorlashda yangi dasturiy ta‘minotlar mazmunining o‗ziga xos
xususiyatlarini, amalga oshirishning asosiy turlari va shakllarini hamda didaktik
imkoniyatlarini aniqlash;
- yangi dasturiy ta‘minotlar yordamida to‗qimachilik va paxta sanoat
yo‗nalish mutaxassisliklar talabalarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish
metodikasini ishlab chiqish va uni texnika oliy oʻquv yurtlarida muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun pedagogik usullari ko‗rsatildi.