TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
26
Taʻlim davomida inson miyasida qanday oʻzgarishlar roʻy beradi?
Neyrobiolog va bioximik Erek Kandel (2006 yilgi Nobel mukofoti sohibi)
isbotlashicha taʻlim jarayonida inson miyasining maʻlumotlar ―oʻtkazgichi‖ (neyron
tolasi) oʻzgaradi. Hattoki eng kichik maʻlumot ham neyron tuzilishida oʻzgarishlarga
olib keladi [5].
Neyron tolalari oʻziga xos harakat kanallarini ochadi. Bu kanallar «soʻqmoq
yoʻllar» ga oʻxshab ketadi. Dunyoda aynan shu «soʻqmoq yoʻllari» bir xil boʻlgan
ikkita odam mavjud emas. Har bir odam miyasining turli qismlari turlicha rivojlangan
boʻladi. Butun hayot davomida nima qilmaylik, nimani oʻrganmaylik u miyamizdagi
neyron tolalarining shakliga va koʻrinishiga taʻsir koʻrsatadi.
Boshqacha aytganda
uning «soʻqmoqlari» ni oʻzgartiradi [4].
Keyingi ma‘lumotlar oldin ochilgan kanaldan harakatlanadilar va vaqt oʻtishi
bilan bu kanal ustunlikka ega boʻlib, asosiy yoʻlga aylanadi. Demak, barcha oʻxshash
ma‘lumotlar ana shu «asosiy yoʻlda» (miyadagi izda) ya‘ni xotirada saqlanadi. Bu
ma‘lumotlarni idrok qilishdir. Yangi ma‘lumotlarni miyadagilari
bilan solishtirish
(«solishtirib oʻrgatish») shu tariqa roʻy beradi. Agar shunday asosiy yoʻl boʻlmay, har
bir ma‘lumot uchun alohida yoʻl ochilganda edi miya yoʻllarga toʻlib ketgan boʻlardi.
«Solishtirib oʻrgatish» ta‘lim tizimida eng samarali usul hisoblanadi. Bu
xususiyat faqat insongagina xos boʻlib uning kompyuterdan ustunligini ta‘minlovchi
asosiy omillar. Aynan shu usuldan foydalanish uchun turli «modellar» oʻylab
topiladi. Masalan fizikada bunday model sifatida - «moddiy nuqta», «absolyut qattiq
jism», «ideal gaz», «nuqtaviy zaryad» tushunchalarini keltirish mumkin.
Al-Beruniy o‗z asarlarida tabiat qonunlarining universalligi haqidagi fikrlarni
bildirgan. G. Galiley esa Oyda tog‘larning soyasini ko‗rib soya hosil bo‗lish
qonunlari Geliosentrik sistema uchun o‗rinli ekanligini tajribada aniqlangan.
Geliosentrik sistemada planetalarning harakatini bilgan E.
Rezerford tajriba
natijasini tahlil qilib atomning «planetalar modelini» taklif qildi.
Elktrodinamikada zaryadlangan zarralarning ta‘sirlashuvi
foronlar vositasida
amalga
oshirilishini
ko‗rsatuvchi
Feynman
diagrammasiga
asoslanib
(kvantelektrodinamikasi) kvarklar orasidagi kuchli ta‘sirlashuv ham shunga o‗xshash
glyuonlar (G) (inglizcha -kley) vositasida ro‗y beradi (kvant xromodinamikasi) degan
xulosaga kelingan.
Fizikada bunday unifikatsiyalash (bir xillashtirishga) ko‗plab
misollar
keltirish mumkin.
«Solishtirib oʻrganish» bosh miyani faollashtirishning yaxshi usuli boʻlib
«tasavvurni» va «ijodiy fikrlash» koʻnikmalarini rivojlantiradi. «Tasavvur»
qilish
uchun miyaga ma‘lumotlarni «idrok» beradi.
Idrok
Do'stlaringiz bilan baham: