–
ma‘lumotlarni qabul
qilib miyada tahlil qilish jarayoni. U tashqi
olamdagi narsalar va hodisalarni baholab shunga mos harakat qilish imkonini beradi.
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
27
Narsalar yoki atrofda ro‗y berayotgan real voqealar haqida sensor kanallari
orqali olinayotgan ma‘lumotlar asosida qilinadigan idrokka – bevosita idrok deyiladi.
Yozma og‘zaki va boshqa (vizual) shakllarda beriladigan ma‘lumotlarni idrok
qilishga –
bilvosita idrok
deyiladi.[6]
Shu bilan birga idrokka ichki tuyg‘ular, mavjud tajribalar qanday ta‘sir
ko‗rsatadi degan masala juda qadim zamonlardan olimlarning diqqat markazida
bo‗lgan. Aniqrog‘i-tashqi olam haqidagi barcha ma‘lumotlar sezgi organlarimiz
orqali keladimi yoki ularning ma‘lum qismi idrokka «tashqi olamga bog‘liq
bo‗lmagan aql» yordamida beriladimi?
Bu masala «tabiiy fanlar» - ya‘ni o‗rganish obyekti tabiat qonunlari, inson
faoliyatida hosil bo‗lmagan qonunlar bo‗lgan fanlar uchun ayniqsa muhimdir. Chunki
bu toifaga kiruvchi fizika, kimyo, biologiya fanlarini o‗rganishda olinadigan
bilimlarning asosiy qismi «bilvosita» olinadi. Boshqacha aytganda ular turli texnik
vositalar, kompyuterlar, o‗zgalar tomonidan tayyorlangan ma‘lumotlar yordamida
olinadi va o‗z bilimlarini, tajribalarini analiz qilish bilan takomillashtiriladi.
Tajribalarning ko‗rsatishicha idrok uchun olinadigan ma‘lumotlarimizning bir
qismining borliqqa aloqasi yo‗q. Ingliz faylasufi va psixologi Dj. Lokkning «nativis»
tik (natura-tabiat) konsepsiyasiga muvofiq idrok insonga tabiat tomonidan
beriladigan «aql», aniqrog‘i DNK larimiz orqali o‗tgan ma‘lumotlar asosida amalga
oshiriladi. Faqat bu ma‘lumotlar tajriba, bilim, fikrlashlar natijasida faollashadi.
Miyamiz tashqi olamdan olinadigan ma‘lumotlarni «xotira izlari» ko‗rinishida
saqlaydi. Ular esa o‗z navbatida idrokka, «tasavvur» qilinayotgan obrazlarning
xarakteriga, ma‘no-mazmuniga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.
Tasavvur – narsa va hodisalar, holatlarni, voqelik obrazlarni eslash.
1)
Passiv yoki majburiy tasavvur- k
o‗rilmagan voqealar, sayohat,
lanshaftlar, tabiat manzaralari, muloqot, hayoliy tasvirlar insonning irodasiga bog‘liq
bo‗lmagan holda vujudga kelishi mumkin.
2)
Faol yoki ixtiyoriy tasavvur-
u insonning idrok qilgan va avval miyasida
mavjud bo‗lgan ma‘lumotlar, asosidagi tasavvuri. Ijodiy tasavvur ham faol tasavvur
hisoblanadi. Shu bilan birga «passiv tasavvur» ning ham «ijodiy jarayonda» gi o‗rni
katta.[7]
Tasavvur bir nechta vazifalarni bajaradi:
-
Haqiqiy narsalarni obrazlarda (shakllarda) tasavvur qilish va undan ba‘zi
masalalarni yechishda foydalanish. Masalan «kichik odamchalar modeli» (KOM).
Bunday tasavvur fikrlash jarayoni bilan bevosita bog‘liq.
-
Emotsional holatni boshqarish. Inson «tasavvur» yordamida ba‘zi
ehtiyojlarini qondiradi. Masalan yaxshi narsalarni tasavvur qiladi va shodlanadi.
-
Bilish jarayonlarini va inson holatini boshqaradi. Xususan idrokni,
diqqatni, xotirani, nutqni, emotsiyani boshqaradi. Masalan kishi badiiy obrazlar
Do'stlaringiz bilan baham: |