TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
87
jarayon o‗sib kelayotgan yosh avlodning maktabga qadam qo‗ygan ilk kunlaridanoq
amalga oshirish ularning ta‘limmiy–tarbiyaviy va jismoniy sifatlarini shakllantirib
borishda asosiy fundament vazifasini o‗taydi.
Jismoniy tarbiya sohasidagi tadqiqotlarda asosiy urg‗u u yoki bu (jismoniy)
sifatlarni
shakllantirishga
qaratilgan.
Lekin,
boshlang‗ich
sinf
yoshidagi
o‗quvchilarning harakat faoliyati psixologik, atnatomik, fiziologik, ta‘limiy-
tarbiyaviy hamda imun faoliyati impulsining bir maromda muvaffaqiyatli
rivojlanishini ko‗rsatadi. Bu borada boshlang‗ich sinf o‗quvchilari bilan amalga
oshiriladigan jismoniy tarbiya va sport tadbirlari yuqorida keltirilgan muammolarni
hal etishda hamda ularni kelgusi hayotiy jarayonlarga tayyorlashda muhim omil
sifatida e‘tirof etish mumkin.
Quyida boshlng‗ich sinf o‗quvchilari bilan tashkil etiladigan jismoniy tarbiya
va sport tadbirlarini tashkil etish va o‗tkazish orqali ularning yetuk shaxs sifatida
shakllanib borishini ko‗rib chiqamiz.
Boshlang‗ich maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy tarbiya va sport
tadbirlarini tashkil etish va o‗tkazish juda qiziq, lekin ayni paytda juda ko‗p
tayyorgarlikni talab qiladi. Birinchidan, tadbirga tayyorgarlik ko‗rish va o‗tkazish
uchun batafsil, aniq reja tuzish lozim va uni maktab ma'muriyati tasdiqlashi kerak
bo‗ladi. Tadbirga tayyorgarlik ko‗rish va uni o‗tkazishni bevosita boshqarish uchun
tashkiliy qo‗mita tuzilishi kerak. Unga jismoniy tarbiya o‗qituvchilaridan tashqari
boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari, maktab ma‘muriyati a‘zolari kiritiladi[4].
Tashkiliy qo‗mitani tuzish bayramni muvaffaqiyatli nishonlashning muhim
shartidir, chunki bitta jismoniy tarbiya o‗qituvchisi yoki boshlang‗ich sinf
o‗qituvchisi paydo bo‗lgan barcha savollarni hal qilishi qiyinchilik tug‗diradi.
Tashkiliy qo‗mita tuzilgan yoki tuzilmaganligidan qat'iy nazar, tadbirga tayyorgarlik
ko‗rayotganda, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun targ‗ibot ishlari qanchalik
mohirona amalga oshirilsa, uning natijasi shu qadar yuqori bo‗lishini ta‘minlaydi.
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish va o‗tkazida foydalanish
mumkin bo‗lgan turli shakllar va usullar juda xilma-xil bo‗lib ularga quyidagilar
kiradi: varaqalar, devor gazetalari, shiorlar va murojaatlardan tortib maxsus sport
burchaklariga, ko‗rgazmalar va maktab radio dasturlariga qadar. Shuningdek,
jismoniy tarbiya va sportni jismoniy tarbiya darslarining kirish (nazariy) qismida
targ‗ibotni ishlarini amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sportning har bir kishiga
qanday foyda keltirishi haqida gapirish orqali o‗quvchilar ongini shakllantirish lozim
bo‗ladi. Sport musobaqasiga tayyorgarlik ko‗rayotganda, bitta muhim vazifani yodda
tutish kerak: jamoalarga yoki ishtirokchilarga musobaqaga tayyorgarlik ko‗rishga
yordam berish va musobaqa shartlari hamda qoidalariga rioya etishlarini ta‘minlash
lozim bo‗dadi. Buni boshlang‗ich sinf o‗qituvchilari, jismoniy tarbiya o‗qituvchilari
va kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilar amalga oshirishi mumkin.
Har bir sport tadbirida, albatta, maktab hamshirasi (tibbiy mutaxassis) bo‗lishi
nazarda tutiladi. Tadbirda sport zallari va o‗yin maydonchalari, sport inventarlari va
jihozlari, shuningdek, natijalarni o‗lchash jihozlari va boshqa inventarlar kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |