TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
39
atvorni, o‗quvchiga shaxs sifatida hurmat bilan munosabatda bo‗lishni,
alohida
samimiylikni va samimiy muloqot ohangini, uni to‗satdan buzishi mumkin bo‗lgan
so‗zlar, harakatlar, hatti-harakatlarni istisno qilishni talab qiladi;
Darslarni ko‗tarinki ruh olib borish, ilhom, ishtiyoq, qiziqish bilan o‗tkazish.
Umumtaʼlim maktablarida o‗quv jarayoniga pedogogik- psixologik
yondashuvning amalga oshirilishi o‗qituvchi oldiga qator talablarni qo‗yadi.
Xususan, o‗qituvchilar o‗qitish
va tarbiyalashni, o‗quvchilar bilimini xolisona
baholash va nazorat qilishni bilishlari lozim. Аyniqsa, vijdonlilik, hayrixohlik,
adolatlilik, dilkashlik kabi fazilatlari mavjud bo‗lgan holda, o‗quvchilarning
yuqori
darajadagi madaniyati, maʼnaviyatini tarbiyalashda, eng avvalo, o‗qituvchida kasbiy
tayyorgarlikning bo‗lishi hamda o‗quv-tarbiyaviy ishlarini tashkil eta olishi muhim
ahamiyatga ega.
Shuningdek, o‗qituvchi o‗z fanini chuqur bilishi,
zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni egallaganligi, ilmiy-metodik tadqiqot ishlarini olib borishi, o‗z ishini
doimo takomillashtirishi, meʼyoriy-huquqiy hujjat-larni yaxshi tushunishi,
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foyda-lana olishi, ijtimoiy foydali faoliyat bilan
shug‗ullana olishi, taʼlim va tarbiya sifatini taʼminlash imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Bu borada ―Loyiha‖, ―3x4‖, ―O‗yinli texnologiya‖, ―Bumerang‖, ―Blits‖,
―Tarmoqlar‖, ―Muammoli o‗qitish‖, ―Аqliy hujum‖, ―Аgar men‖, ―FSMU‖ kabi
texnologiyalardan keng foydalanish talab etiladi.
―Ingliz tilida intensiv metodlarni qo‗llash ‖ni o‗qitish jarayoniga olib kirishda,
eng avvalo, uning amaliyotdagi holati va nazariyasini o‗qib-o‗rganishni
tashkil
etishga alohida eʼtibor berildi [5].
Pedagogik texnologiyalarni o‗rganish, kuzatish, nazorat qilish va uni ingliz
tilini intensiv metodlarni qo‗llashda o‗quv jarayoniga tadbiq etish bo‗yicha seminar-
treninglar o‗tkazish,
ularni tanlash, tahlil qilish mashg‗ulotlarning qiziqarli va
mazmunli bo‗lishini taʼminlaydi.
―Ingliz tilini intensiv metodlarni qo‗llash ‖ taʼlim jarayonida o‗qituvchining
yuksak pedagogik mahorati va unga yangicha yondashuvi asosida noanʼanaviy
darslar, yaʼni ishchan va o‗yinli, seminar, sayr-sayohatli,
kompyuterli, ijodiy-
fantaziyali, umumlashtiruvchi, teatrlashtirilgan darslarni tashkil etish o‗quvchilarning
mustaqil fikrlash faoliyatini o‗stiradi, ularning ijodiy qobiliyati va mantiqiy
tafakkurini tarbiyalaydi [3].
Umumtaʼlim maktablarida o‗quvchining qomusiy,
trenerlik, menejer-
boshqaruvchilik vazifalarini o‗zida namoyon etishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Аyniqsa, o‗qituvchidan taʼlim-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik mahorat,
ijodkorlik, qobiliyat va kompetentlik talab etiladi.