TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
22
tariqa, o‗zbek xalqi sanab o‗tilgan oziq-ovqatlarga ehtiyoj sezsa-da, o‗zlari yemay
ko‗chirib keltirilgan ota-onasiz bolalarga berdilar. Bu O‗zbekistonga evakuatsiya
qilinganlarga nisbatan jiddiy e‘tibor qaratilib, tinimsiz g‗amxo‗rlik ko‗rsatilganidan
dalolat edi. Dunyo xalqlari oldida o‗zbek xalqi o‗zining nimalarga qodir, qanday xalq
ekanligini matonat bilan sinovlarga bardosh berib, namoyish etdi. Xalqimiz o‗zining
kulfatlariyu-musibatlarini bildirmasdan o‗zining oilasidagi qayg‗u-alamlarini bir
chetga surib qo‗ygan edi.
Evakuatsiya qilinganlar uchun shaharda maxsus tariflar ishlab chiqilgan.
Xususan, hammom va sartaroshxonalar bepul xizmat ko‗rsatgan. 1942-yil yozida
yangi xo‗jalik bo‗limi tashkil etildi. Harbiylar oilasi, evakuatsiya qilinganlar uchun
maxsus do‗konlar xizmat ko‗rsatgan. Toshkent shahar Soveti ijroiy komiteti
tomonidan front liniyasidan olib kelingan bolalar uchun vokzalni o‗zida
qabulxonalar, yotoqxonalar tashkil etdi.
1942-yilda bog‗chalarga harbiy xizmatchilarning 20.000 ta bolasi qabul
qilindi va 20 ming bola uchun bepul ovqatlanish shohobchalari ochildi. Toshkent
Soveti ularning o‗qishi, tarbiyasini nazorat qilish bilan bir qatorda ko‗chada kunini
o‗tkazadigan uysiz bolalarni ham ro‗yxatga olish ishlarini ham amalga oshirdilar.
1942-yilda uysiz bolalardan 9199 ta va ko‗cha bolalaridan 8896 ta bola hisobga
olinib, maktabga, ishga joylashtirildi. Bu soxada O‗zbekiston xotin-qizlarining
faoliyatini aloxida qayd etib o‗tish lozim. Aynan ayollarning faolligi bu ishlarni
amalga oshirishda asosiy kuch bo‗lib xizmat qildi [14].
1943-yildan O‗zbekiston hukumati tomonidan yozgi sog‗lomlashtirish
tashkilotlariga 20 mingta, 1945-yilda 150 mingta bolalarni jalb qildi. Demak, urush
yillarida ham bolalar salomatligi hukumatning e‘tiborida turgan.
Urush yillarida O‗zbekiston ayollari front orqasida o‗zlarining matonati va
sabr-toqati bilan hayotning barcha jabxalarida faol mehnat qilganlar. Frontga harbiy
aslahalar yetkazish, xususan, bronepoyezd va bronetank sotib olish uchun uylaridagi
50 kg dan ortiq qimmatbaxo taqinchoqlarni to‗plab topshirganlar. 1941-il 19-
dekabrda ―Pravda Vostoka‖ gazetasida ayollarimizning bu jasorati alohida qayd
etilgan. Bu harakat urushning oxirigacha davom etib, 300 milliondan ortiq pul
mablag‗i to‗palangan va 1942-yil iyul oyida bu mablag‗larga ―O‗zbekiston‖
bronepoyezdi frontga jo‗natilgan.
Ko‗plab ayollar nemislardan ozod etilgan hududlarni qayta tiklash uchun
ixtiyoriy ravishda borishga rozilik bildirganlar. 1943-yil 18-mayda Toshkentdan
Stalingradga birinchi quruvchilar yo‗l olgan. Birinchi guruh orasida 12 ta qiz, ular
orasida Artel tikuvchisi Solixa Xo‗jaeva bor edi, boshqa guruh esa Donbass
shaxtasini tiklash uchun jo‗nab ketdi [15].
Bu davr o‗zbekistonliklarning frontdagi, front orqasida qahramonliklari,
sanoat korxonalarida, qishloq xo‗jaligi, ilm-fan, madaniyat soxalaridagi tinimsiz
Do'stlaringiz bilan baham: |