1
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НИЗОМИЙ НОМИДАГИ
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ
ДЕФЕКТОЛОГИЯ ФАКУЛЬТЕТИ
Бакалавр даражасини олиш учун
БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ
Мавзу:
Nogironlikka ega bо„lgan bolaning meyorida rivojlanayotgan
tengdoshlari jamoasiga integratsiyasi
Бажарди:
4-босқич талабаси
Saydumarova Dildoraxon
Илмий раҳбар:
п.ф.н., доц.
Нуркелдиева Д.А.
2
Mundarija
Kirish
I bob. Nogironlikkga ega bolalarni meyorida rivojlanayotgan tengdoshlari jamoasiga
integratsiyasi bag„ishlangan adabiyotlar taxlili
1.1.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarining asosiy turlari
1.2.
Rivojlanishida nuqsonlari bо„lgan bolalarning muammolari: tibbiy va ijtimoiy
modellar
1.3.
Rivojlanishida nuqsonlari bо„lgan bolalarning ijtimoiylashuvi muammolari
II bob. Nogironlikkga ega bolalarning integratsiyasini amalga oshirish yо„llari
2.1. IntegratsiY. Integratsiyaning shakli va turlari
2.2. Inklyuziv ta‟lim tushunchasi
2.3. Horijda integratsiyalashgan ta‟lim-tarbiya
2.4. Maktabgacha yoshdagi bolalar integratsiyasi
2.5. Integratsiyaning samarali mezonlari
2 bob bо„yicha xulosa
III bob. Nogironlikka ega bolalarni integratsiyasining ijtimoiy-psixologik
sharoitlarini eksperimental tadqiq etish
3.1. Eksperimental tadqiqot metodikasi, tashkil etilishi va amalga oshirilishi
3.2. Eksperimental tadqiqot natijalari
3.3. Nogironlikga ega bolalarni ijtimoiy integratsiyasi ijtimoiy-psixologik
sharoitlarini samaradorligini oshirish bо„yicha tavsiyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridan
boshlab aholi salomatligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi
davlat siyosati darajasiga kо„tarib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi
bilan e‟lon qilingan "Oila yili", "Ayollar yili", "Sog„lom avlod yili", "Ona va bola
yili", "Sihat-salomatlik yili", "Yoshlar yili", "Barkamol avlod yili", "Mustahkam oila
yili" munosabati bilan qabul qilingan davlat Dasturlari о„zaro uzviylik kasb etdi.
Bu olijanob maqsad yо„lida qilingan ulkan ishlar bolalarimizning sog„lom
tug„ilishi va ulg„ayishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani
kuchaytirish,
ta‟lim tizimini takomillashtirish, qolaversa, bolalar sportini
rivojlantirishga qaratilgan keng kо„lamli islohotlardir. Yangi 2014 yilning "Sog„lom
bola yili" deb atalishi esa sog„lom ona – sog„lom bola umummilliy dasturlarimiz
doirasida amalga oshirilishi lozim bо„ladigan yana bir qadam deyish mumkin.
Prezident Islom Karimov О„zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul
qilinganining 21 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimida sо„zlagan ma‟ruzasida
bu haqda tо„xtalar ekan, jumladan shunday dedi:
– Azal-azaldan har qaysi ota-ona о„z bolasining sog„lom va barkamol, aql-
zakovatli, baxtli bо„lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning
hayotda munosib о„rin egallashiga erishish – ota-onaning eng ulug„, eng muqaddas
orzusi, desak, ayni haqiqatni aytgan bо„lamiz. Biz sog„lom avlod deganda, nafaqat
jismoniy, balki ma‟naviy jihatdan ham sog„lom bolani о„zimizga tasavvur etamiz.
Darhaqiqat,
о„zbek xalqi bolajon xalq. Barcha orzu-havaslarimiz,
hayotimizning mazmuni – farzandlarimiz bilan bog„liq. Bolalarimizning baxtu
saodatini, kamolini kо„rish, har bir ota-onaning oliy maqsadidir.
Sog„lom bola esa ma‟ruzada ta‟kidlanganidek, sog„lom va ahil oilada kamol
topadi. Oilalarni mustahkamlash, sog„lom avlodni voyaga yetkazish uchun esa
mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini hech kim inkor etolmaydi.
4
Birinchi galda onalarning sog„lig„ini muhofaza qilishga, xususan, ayollarimizni
qadrlashga keng e‟tibor berilmoqda, cheksiz g„amxо„rliklar kо„rsatilmoqda.
Ayollarimizni turli kasalliklardan himoya qilish, og„ir ishlardan xalos etish nafaqat
jamiyatning, balki er kishining ham burchi ekanligi qat‟iy qilib qо„yilgani dunyoning
birorta mamlakatida uchramasa kerak. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari ta‟lim-
tarbiyaga e‟tibor qaratib, bu boradagi quyidagi vazifalarni kо„rsatib bergan edi: “Xalq
ta‟limi, yosh avlodga ta‟lim va tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlar talab
qiladi. Bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalari bilan ta‟minlashda keskin
burilishga erishish zarur”
1
.
Hozirda rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarni ta‟lim-tarbiya, ijtimoiy
moslashuvi va integratsiyasi muammosi eng dolzarb va murakkab nazariy va amaliy
muammolardan biridir. Bir tomondan nogironlikka ega odamlarga ularni jismoniy,
psixik va intellektual imkoniyatlaridan qat‟iy nazar ijtimoiy e‟tiborni oshishi, ikkinchi
tomondan demokratik, fuqarolik jamiyatiga xos bо„lgan shaxs qadr-qimmatini va
huquqlarini ximoyalash zaruriyatini oshishi – mazkur guruh odamlarini psixologik-
pedagogik ishi dolzarbligini belgilaydi. Nogironlik muammosini tarixida jismoniy
bartaraf etish, salbiy munosabat, “kamchilikli, majruh a‟zolarni” jamiyatdan
chetlatishdan imkoniyati cheklangan shaxslarni integratsiyalash hamda tо„siqlarsiz
hayot faoliyati muxitini yaratish zarurati tomon rivojlanishi kuzatilmoqda. Boshqacha
qilib aytganda, hozirgi kunda nogironlik – bir inson yoki odamlar guruhi emas, butun
jamiyat muammosidir.
2000 yilga kelib О„zbekiston Respublikasida yashovchi 16 yoshgacha bо„lgan
nogiron bolalar soni taxminin 150 mingga yetdi. Sog„liqni saqlash vazirligi
ma‟lumotlariga kо„ra О„zbekistonda dunyoga kelayotgan bolalarning har 4-sida
1
Prezident Islom Karimovning О„zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21
yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimdagi ma‟ruzasi
5
rivojlanish kamchiliklari aniqlanadi. Mazkur muammoni yanada tо„liq tushunish
uchun Dunyo Sog„liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan qabul qilingan nizomga kо„ra
nogironlik tushunchasiga ta‟rif beramiz. Nogironlik tushunchasi uch sifatni о„z ichiga
oladi:
1)
Impairments – psixik, fiziologik yoki anatomik xususiyat va funksiyalarni
yetishmasligi, ya‟ni cheklanganligi yoki meyordan chetga chiqishi.
2)
Impairments – biron-bir faoliyatni meyoriy deb sanaladigan usul yoki
chegaralarda amalga oshirish qobiliyatini cheklanishi yoki yoqolishi.
3)
Handicap – jamiyat tomonidan taklif etiluvchi hizmat yoki imkoniyatlarda
namoyon bо„luvchi ijtimoiy ustanovkalar bilan tо„qnashish natijasida
yuzaga keluvchi omadsiz yoki sekinlashgan ijtimoiylashuv, ijtimoiy
dezadaptatsiY.
L.S.Vigotskiyning yozishicha: “Shaxs taqdirini hal etishda nuqsonning о„zi
emas, u orqali yuzaga keluvchi ijtimoiy oqibatlar, uning ijtimoiy-psixologik
realizatsiyasi eng asosiy rolni о„ynaydi. Shu kabi kompensatsiya jarayoni ham
kamchilikni tо„g„ridan-tо„g„ri tо„ldirishga emas, u sababli kelib chiqgan
muammolarni bartaraf etishga yо„naltiriladi ”
2
.
Shunday qilib, bir xil psixik yoki jismoniy kamchilikga ega ikki bola
jamiyatda bir-biridan tubdan farq qiluvchi rollarga ega bо„lishlari mumkin: biri
jamiyatning faol a‟zosi, jamiyat rivojiga xissa qо„shib va tо„laqonli hayot kechirsa,
ikkinchisi boshqalardan tо„liq qaram, о„zini inkor qilingan deya xis qilib hayot
kechirishi mumkin.
Jamiyat ongida va ommaviy aloqa vositalari inikosida nogiron bolalar
muammosi kо„p xollarda bolani turli jismoniy va aqliy kasalliklar bilan mummosi,
2
Л.С.Выготский. Основные проблемы современной дефектологии. Труды 2-го МГУ.- М., 1929. – С. 77-106. Цит.
по «Психология детей с нарушениями и отклонениями психического развития. Хрестоматия». Сост. и общая
ред. В.М.Астапова, Ю.В.Микадзе. – СПб.: Питер, 2002. С.21.
6
dunyoga kelishi oila uchun katta jaroxat bо„lgan achinarli va baxtsiz mavjudot sifatida
aks etadi.
Nogironlik falsafasi va kopsepsiyasi 60-yillarning boshidayoq kuchli tanqidga
uchragan. Buning sabablari qatorida diskriminatsiya va inson huquqlarini amalga
oshirilmasligi, turli belgilar osishga qarshilik va eng asosiysi nogironlikning ekologik
tomonlarini anglash va tan olish hamda interaktiv konsepsiyani tasdiqlanishini kiritish
mumkin. Interaktiv konsepsiyaning mazmuni rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bola
boshidan kechiruvchi qiyinchiliklar kо„pgina omillarni о„zaro ta‟siri natijasida yuzaga
kelib, mazkur omillar qatoriga bevosita bola organizmining о„ziga xos xususiyatlari
va shu bilan birga atrof olam bilan bog„liqlari, masalan, ta‟lim olish uchun qulay
bо„lmagan sharoitlar, ta‟lim berishning past darajasi va notо„g„ri baxolash meyorlari
ham mansub bо„lishidan iborat.
Mazkur nuqtai nazardan jismoniy va intellektual nuqsonlarga ega kamchilikni
jamiyatdan ajratib chiqarish va ijtimoiy jihatdan alohida belgi bilan tafovutlashga yо„l
qо„yilmaydi. Eski “Sog„lom kо„pchilik – nuqsonli kamchilik” paradigmaning о„rnini
yangi “Teng huquqli insonlarning birgalikdagi jamiyati” – paradigmasi
egallamoqda.
Nogiron bolani ijtimoiy amoslashuvi, uning tо„liq integratsiyasi – psixolog va
pedagoglar korreksion-rivojlantiruvchi ishining yakuniy maqsadidir. Shuni alohida
ta‟kidlab о„tish joiz-ki, imkoniyatlari cheklangan bolani ijtimoiy integratsiyasini
maqsadga muvofiq amalga oshishi uning ta‟lim olish darajasi, hayotiy malakalari va
psixologik tayyorligi bilangina emas, integratsiyaning tashqi sharoitlari, ya‟ni
jamiyatni bunday bolani qabul qilish darajasi, unga sog„lom bolalar bilan teng
imkoniyatlarni yaratib bera olish kabilar bilan ham bog„liq.
Shu sababli alohida yordamga muhtoj bolalar integratsiyasining tashqi shart-
sharoitlarini tadqiq etish, defektologlarni jamiyatda olib boradigan tashviqot-targ„ibot
7
ishlari orqali mazkur shart-sharoitlarni optimallashtirish bizning tadqiqot ishimizning
dolzarbligini tashkil etadi.
Tadqiqot ishimizning
Do'stlaringiz bilan baham: |