model”dan g„oyaviy о„zagi mutlaqo farq qilgani tufayli va bu ikki model о„rtasidagi
tafovutni tushuntirish uchun О„zbek tilida yangi atamalarni joriy etishga tо„g„ri
keladi. Bu atamalar shartli atamalar bо„lib, ular “ijtimoiy model”ni tushuntirish
maqsadida vaqtincha qо„llaniladi. “Ijtimoiy model”ni keng targ„ib qilish uchun
kelajakda doimiy qо„llaniladigan atamalar ishlab chiqilishi lozim bо„ladi. Bu atamalar
quyidagilar: sharoit cheklanganlik, sharoiti cheklangan shaxs, tana funksiyasi
cheklanganlik, va tana funksiyasi cheklangan shaxs. “Ijtimoiy model”ni tushunish
uchun, birinchi о„rinda shaxsning tanasini yoki ruhiyatini boshqalardan farq qiladigan
holati, ya‟ni “tibbiy model”da nogironlik deb ta‟riflangan holat bilan shaxsning
ma‟lum bir faoliyatni yoki harakatni bajara olmaslik holatini bir-biridan ajratib olish
kerak. “Ijtimoiy model” g„oyasiga kо„ra, tana funksiyasi cheklanganlik shaxsning
14
jamiyat hayotida ishtirok eta olmasligi, faoliyat yuritmasligi, ta‟lim ololmasligi, oila
qura olmasligi, о„z oilasida yashamasligi va hokazo muammolarining sababchisi
emas. Tana funksiyasi cheklangan shaxsning barcha bilan teng va jamiyatda
tо„laqonli ishtirok eta olmasligining sababi, bu jamiyatdagi mavjud jismoniy tо„siqlar,
salbiy munosabatlar, notо„g„ri tushuncha va qarashlar, о„rnatilgan tartib va
tizimlardir. Yoki boshqa sо„zlar bilan ifodalaganda, tana funksiyasi cheklangan
shaxsning atrof muhit bilan bо„ladigan munosabati natijasida kelib chiqadigan
muammo bu sharoit cheklanganlik (nogironlik). Masalan, “ijtimoiy model”da kо„zi
butunlay ojiz bо„lgan shaxsning holati “tana funksiyasi cheklanganlik” holati deyilsa,
lekin shu shaxsning ma‟lum bir faoliyatni bajara olmasligi, masalan kitobni mutoala
qila olmasligi “sharoit cheklanganlik” deyiladi, va natijada bu kо„zi ojiz shaxs
“sharoiti cheklangan shaxs” deyiladi. Yoki harakatlanish aravachasidan
foydalanadigan shaxs binoga uning eshiklari yetarlicha keng bо„lmagani tufayli kira
olmasa, bu holda uning sharoiti cheklangan bо„ladi. “Ijtimoiy model”ga kо„ra, bu
shaxsning binoga kira olmasligining sababi uning harakatlanish aravachasida
yurganligida emas, aksincha buning sababi bino harakatlanish aravachasiga
moslashtirilmaganida. “Tibbiy model”da bu ikki jihat ajratib kо„rsatilmaydi.
“Ijtimoiy model”ga kо„ra, barcha insonlar bir-biridan ma‟lum bir jihatlar bilan
farqlanadi, barcha insonlarning jamiyatdagi teng xuquqli ishtiroki va faoliyatini
ta‟minlash uchun alohida shaxslarni о„zgartirish emas, balki jamiyatdagi tо„siqlarga
barham berish lozim. Ushbu model, ikki yoqlama yondoshuvni tavsiya etadi.
Birinchisi, tо„siqlarni bartaraf etib jamiyatni barcha teng va erkin ishtirok etadigan
qilish, va ikkinchisi shaxslarni salohiyatini va shaxsiy qudratini oshirish, bunga
ma‟lumotga ega bо„lish, qobiliyat va kо„nikmalarni rivojlantirish hamda tibbiy
sog„lomlashtirish ishlari kiradi. Tibbiy sog„lomashtirish bilan “tibbiy model”
tushunchalari bir xil tushunchalar emas. “Ijtimoiy model” shaxsning har tomonlama
imkoniyatini oshirish uchun tibbiy sog„lomlashtirish yondoshuvini ham faol
15
ishtirokka ta‟sir kо„rsatuvchi omil sifatida tavsiya etadi. Ushbu modelning “tibbiy
model”dan tubdan farq qiladigan xususiyatlaridan yana biri, bu barcha olib
boriladigan
say-harakatlar
va
chora-tadbirlarning
asosiy
yetakchilari
bu
muammolarga duch kelayotgan sharoiti cheklangan shaxslarning о„zlari.
“Ijtimoiy model”ning pirovard maqsadi, jamiyatdagi mavjud tо„siqlarni
bartaraf etish orqali barcha insonlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishiga erishish.
YA‟ni, kо„zi ojiz shaxsni kitob mutoala qilishiga erishish uchun, kitobni nafaqat
odatiy nashrda, balki Brayl yozuvida chop etish yoki elektron shaklda ovozli kitoblar
yaratish lozim. Har bir yaratiladigan mahsulot yoki kо„rsatiladigan xizmat barcha
insonlarning ehtiyojlarini hisob olgan holda yaratilishi kerak. “Ijtimoiy model”da
bunday yondoshuv “universal dizayn” deb ataladi, ya‟ni mahsulotlar va xizmatlar
nafaqat tana funksiyasi cheklangan shaxslar uchun, balki barcha insonlar uchun
mо„ljallangan bо„lishi lozim.
Barcha insonlarning jamiyatdagi teng va hech qanday tо„siqlarsiz hamda
kamsitilmay ishtirok etishini ta‟minlash uchun, “nogironlikning ijtimoiy modeli”ni
keng ommaga yetkazish juda muhim masala.
Do'stlaringiz bilan baham: