Xulosa va takliflar…………………………………………………………….. 84
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 87
Ilovalar 94
2
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichma-bosqich va izchillik bilan amalga oshmoqda. Respublikaning iqtisodiyot sohasidagi bozor munosabatlarining chuqurlashishi muammolarini hal qilish barcha resurslardan, ayniqsa, mehnat resurslaridan ham samarali foydalanishni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlarini, barqaror va mutanosib makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni ta’minlashning muhim masalalaridan biri sifatida quyidagi jarayonni belgilagan: «O’tgan yili aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlash va sotsial sohani rivojlantirish masalalari faoliyatimizda hal qiluvchi o’rin egalladi. Yangi ish o’rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo’lib qolmoqda”1.
Mamlakatdagi mavjud aholining ish bilan bandligini oshirish va bu orqali, aholi turmush darajasini yuksaltirish hududda amal qilayotgan mehnat bozori infratuzilmasining faoliyati bilan chambarchas bog’liq.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mukammal shakllanish jarayonida mehnat bozori infratuzilmasi tub tarkibiy o’zgarishlar va yangiliklar bilan takomillashib boradi, bu jarayonlarni ilmiy-nazariy tadqiq qilish va umumlashtirish hayotiy zaruratdir.
Mamlakat mehnat bozorida turli muammolarning mavjudligi, mehnat resurslaridan samarali foydalanmaslik, norasmiy va yashirin ishsizlikning yuqoriligi, aholi iqtisodiy faolligining pastligi, mehnat bozori infratuzilmasini yetarli darajada rivojlanmaganligi, ushbu sohada ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligini anglatadi.
Magistrlik dissertatsiya ob’ekti hisoblangan Toshkent shahar Shayxontohur tumanida ham mamlakatimiz mehnat bozorida yuzaga kelgan bir qator: yashirin
1 Каримов И.А. 2014-йил юқори ўсиш суръатлари билан ривожланиш, барча мавжуд имкониятларни сафарбар этиш, ўзини оқлаган ислоҳотлар стратегиясини изчил давом эттириш йили бўлади. // Халқ сўзи. 2014 йил 18 январь, №13 (5943).
3
ishsizlik muammolari, yollanma ishchi va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlarning iqtisodiy jihatdan yuqori darajada emasligi, mehnat bozori infratuzilmasini mukammal shakllanmaganligi, buning oqibatida, mehnat bozori sub’ektlariga xizmat ko’rsatishning samarali emasligi kabi muammolarning mavjudligi izlanishni ushbu mavzuda tanlashga asos bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |