Xulosa berishdan bosh tortish. Yuqorida ta’kidlanganidek, auditor moliyaviy hisobotlar tekshiruvni shu hisobotlarga doir dalillarni to’plash asosida olib boradi. Ushbu dalillar asosida u moliyaviy hisobotlar yuzasidan o’z fikrini shakllantiradi. Ammo, ba’zi hollarda tekshirilayotgan mijoz qaysidir sabablarga ko’ra auditorga shu turdagi dalillarni berishdan bosh tortishi, zaruriy hujjatlarni to’liq bermasligi yoki mutlaqo yashirishi mumkin. Bunday hollarda auditor moliyaviy hisobotlar yuzasidan o’z fikrini berishdan bosh tortadi. Chunki fikr bildirish uchun asos yo’q. Ammo bunday vaziyatda auditor o’z fikrini bildiraolmasligini, buning sabablarini ko’rsatgan holda, yozma tarzda ma’lum etishi lozim. Bu ko’rinishdagi yozma hujjat auditorning xulosa berishdan bosh tortishinima’lum etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |