Tekshirishning mikrobiologik usullari.
Mikrobiologik tekshirishlar oziq-ovqat mahsulotlarida kishi organizmi uchun zararli hamda mahsulotlarni saqlash paytida ularni buzadigan mikroblar borligini aniqlash uchun o’tkaziladi. Ozuqa moddalarida patogenli mikro flora bor- yo’qligini tekshirish ishlari sanitariya muassasalarida olib boriladi. Oziq-ovqat laboratoriyalarida mikrobiologik tekshirishlardan boshqalarga nisbatan ko’proq shisha tayoqchasi va jelatinni suyuqlashtiruvshi mikroblarni umumiy sonini, shuningdeq ishlab chiqarishning turli bosqichlarida va tayyor mahsulotlarni saqlash paytida paydo bo’ladigan pupanak va achitqilarni aniqlash uchun analizlar o’tkaziladi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan ko’pchilik standartlarda yo’l qo’yilish mumkin bo’lgan mikroblar miqdori va titra-koli miqdori ko’rsatilgan bo’ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik holati uning sifatiga baho berishda katta ahamiyatga ega va uning yaxshi sotilishini ta’minlaydi. Resurslar sarfi texnika texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa, ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha. Masalan, eski texnologiya sharoitida 1O so’mlik mahsulot olish uchun bir kvt. elektr energiya sarf qilinsa, ilg’or texnologiya sharoitida 0,5 kvt. sarflanadi, demaq energo resurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi. Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarning kengayishi chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi, butunlay yangi bosqich uchun shart- sharoitlar mavjudligini ko’rsatadi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirish doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat miqyosida amalga oshirish kerak. Ishlab chiqarish tovarlarga iste’molchilarning talabi bo’lmasa, bu tovarlarni yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish yangi tovarlarin sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash to’grisidagi dastur va ishlab chiqarish tamoyili bilan bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Hozirda xalqaro sifat bozorida resurslar taqsimot va rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish tovarlar tipi yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqyosida texnika texnologiyani rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish tovarlari raqobatini oshirishga olib bormoqda, shu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining ishchi korxonalarining yangidan tashkil etilishi, shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib borichiga olib kelmoqda.
Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda normativ-texnik hujjatlarni roli
Hozirda qo’shma korxonalarni barpo etish O’zbekistonda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga xizmat qilmoqda. Normativ texnik hujjatlarda GOST mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni boshqarish deb, ishlab chiqarishda texnika texnologiya bilan ta’min etilishidir. Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari ishlab chiqarishga kiritishda ishlab chiqarish davrida ish uskunalarini ishlash potensiali yaxshi darajada bo’lishini ta’min etadi.
Iste’molchilar talabini doimo qondirishda sifat ko’rsatmalarini boshqarish ma’lum tomonga yo’naltirish uchun qilinadigan barcha shemalar va ishlab chiqarish uchun ta’sir etadigan barcha faktorlar mahsulot-larni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda asosiy omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish potensialini boshqarishda sifatli mahsulotlarni yaratishda 4 ta faktor katta rol o’ynaydi.
Ishlab chiqarishdan oldingi davr -proektlash ya’ni loyihalash davri deyiladi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish davr.
Mahsuloglarni etkazish ya’ni realizastiyalash davri.
Mahsulotlardan foydalanish ya’ni iste’mol davri.
1-davrda, ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish davrida shunga o’xshash mahsulotlarni o’rganish orqali yangi mahsulotlarni sarf ko’rsatkichlarini yuqori darajaga etkazishni ta’minlovchi omillarni o’ylab topish lozim. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarni qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarni talabi davriga nisbatan ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi va ularning bozor sharoitida raqobatdoshligi oshib boradi. Shuning uchun xalq xojaligida yangi turdagi sigmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib ularga bo’lgan talab ortadi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalarga mahsulotni ishlab chiqarish davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doimo o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini har tomonlama tahlil qilib ularning iqtisodiy barqarorligini chiqarilayotgan mahsulotni miqdori, ularning potensialiga ya’ni korxona uskunalariga, quvvatiga, xom-ashyo sifatiga bog’liq. Shuning uchun mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish ishlab chiqarishni rivojlantirishga texnologiyalarni yaratishga asosiy omil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |