Takrorlash uchun savollar:
Tovarlarni sertifikatlashning maqsadi?
Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni sharhlab bering?
Tovarlarni sertifikatlashning klassifikasiyasi?
Tovarlarni sertifikatlashtirish sohdsida ISOning faoliyati?
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov.-T: O’zbekiston, 2009.-56 b.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga baqishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 2009. - 24 b.
RSTO’z ISO 8402-1998 Upravlenie kachestvom i obespechenie kachestvo. Slovar.
Mejdunarodniy i regionalniy organizasiy po standartizasii I kashestvo produksii. Spravoshnik. M.-1990.
Upravlenie kashestvom produkstii. Standart serii 9000, 1,2 toma. T., 1998.
Tovarlarni sertifikatsiyalash jarayonida ularni raqobatbardoshliligini taminlash
Tovarlarning raqobatbardoshligi.
Tovarlarning raqobatdoshlik me’zonlari.
Tovarlarning raqobatbardoshligi Standartlashtirishning tarmoqlararo tizimi, meyoriy hujjatlarni qo’llashda
stanlartlashtirishning maqsadlari, vazifalari, ob’ektlari bo’yicha muhim tizimlarning qiyosiy tafsiyanomasi. Sifat bo’yicha qabo’l o’tkaziladigan meyoriy hujjatlar. (Standart, texnik talablari, ma’nolari va nomlanishi).
Metrologiya aniqlik beruvchi fanlar bo’lib u xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida va sohalarida juda keng qo’llaniladi. Metrologiya fani fizika, ximiya, matematika, mexanika, astronomiya, geologiya va boshqa fanlarning o’lchov birliklarining tashkil etadi.
Har bir soha qaraladigan bo’lsa u holda albatta o’ziga xos o’lchov birliklari bor va shu o’lchov birliklari asosida qiyosiy takliflar o’rganiladi. Har bir mustaqil davlatlarda shu holat xududida olib boriladigan barcha ishlab chiqarish import eksport tovarlari ularni o’rganish sifat ko’rsatkichlariga baho berish ularni dunyo bozoriga chiqarish, ya’ni eksport, boshqa davlatlardan o’z davlatiga olib kelish va shu davlatning ichki bozorini iste’mol mollari bilan to’ldirish har bir davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mustaqil O’zbekiston Respublikasida ham O’zbekiston metrologiya va standartlashtirish va sertifikatlashtirish haqida qonun chiqarildi. Hozirgi davrda dunyo ishlab chiqarish integrastiyasida ko’plab zamonaviy texnika texnologiya xizmatlar mavjud. Hozirgi davrda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida xalq iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishda hozirgi zamon talabiga molik texnika texnologiya va ishlab chiqarish asbob uskunalaridan foydalanish jarayonida ko’plab va har turdagi o’lchov
asboblaridan foydalaniladi. Zamon talablariga mos tovarlarni yoki xizmatlarni amalga oshirishda shu davlatlarda tasdiq etilgan standartlarda va o’lchov asboblaridan keng foydalanish kerak.
Agarda ishlab chiqarilgan mahsulot dunyo standartiga mos bo’lsa, u holda bu tovarlarga va xizmatlarga xorijiy mamlakatlardan ham sotib olish uchun har xil talablar tushadi. Har bir davlatning rivojlanishi va yuksalishi shu davlatning dunyo bozoriga chiqarayotgan mahsulotlarning assortimentiga, miqdoriga bog’lik. Hozirgi davrda dunyo hamjamiyati ishlab chiqarish kunlarning integrastiyasida xalqaro savdo ishlarini tashkil etganki bu ishlarda davlatlar qanchalik keng ishtirok esta ularning rivojlanishi keng doirada bo’ladi.
Standartlashtirish qo’mitasi barcha ishlab chiqarish tashkilotlarini tasdiq etilgan standartlar bilan taminlash, amaldagi o’lchagich asboblarini nazorat qilish, mahsulotlarga sertifikat berish ishlarini amalga oshiradi. Standartlashtirish qo’mitasi agar korxonalar nostandart mahsulot ishlab chiqargan bo’lsa bu korxonani ishlashini to’xtatish huquqiga ega. Korxonalarning barcha o’lchov asboblari ma’lum vaqt davomida tekshirilib talab darajalariga mos bo’lsa ularga maxsus belgilar qo’yiladi, hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni akkreditastiya qilgan laboratoriyada sifat ko’rsatkichini tekshirib ularga sifat hujjatlari beriladi.
Ishlab chiqarishda mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini ta’min etishda standart talablarining zamonaviyligi o’z vaqtida tasdiqlanishi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni standart talablariga mosligi juda katta ahamiyatga ega. Bir tovarni bir qancha davlatlar ishlab chiqarish bo’yicha shartnoma tuzib bu shartnomalar amalga oshganda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun qo’shilgan davlatlar orasida xalqaro standart ishlab chiqariladi. Hozirgi davrda ko’pchilik davlatlarda bunday amaliy ishlarni tashkil etilishi o’zlarining natijalarini bermoqda. Davlatlar orasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda va bu mahsulotlarni dunyo bozorida olib chiqishda juda ko’p standartlashtirish xalqaro tashkilotlar mavjud:
Xalqaro sifat markazi;
ISO — xalqaro standartlashtirish tashkiloti;
MEK — xalqaro elektronika komissiyasi;
ASMO—standartlashtirish va metrologiya buyicha Arab davlatlarining tashkiloti;
KOPANT — Janubiy Amerika standartlar qo’mitasi.
Xalqaro standartlarni bunyod etish uchun avvalo davlatlar orasidagi kelishuv asosida ma’lum bir tovar ishlab chiqarish ko’zda tutiladi va shu tovarni ishlab chiqarishda davlatlar o’zaro kelishib olib shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun shu tovarni bunyod etadigan davlatlararo mutaxassislar xalqaro standartni yaratadigan, xalqaro standartni shu davlat boshliqlari tamonidan tasdiq etiladi.
Xalqaro standartlar ishlab chiqarilgan tovarni assortimentiga va ularning sifat ko’rsatkichlariga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Dunyo bozoridagi talab va takliflariga binoan umumjahon ishlab chiqarishga yangi tovar nomenklaturalari ishlab chiqariladi. Shuning uchun xar yili dunyoning ko’pchilik davlatlarida tovarlaning assotrimentlari va klassifikastiyasi bo’yicha ko’pchilik davlatlarda
yangi tovarlarni hamda dunyo bozorlariga chiqadigan tovarlarning vositalari bo’ladi.
Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlariga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladigan asosiy ham ashyolarni va yarim xom-ashyolarning sifat ko’rsatkichlari, normativ texnik hujjatlarning zamon talablariga javob berishini texnologiyani zamonaviyligi, ishlab chiqarish korxonalarining texnologik qurilmalar bilan ta’minlanishi, sifat ko’rsatkichlarni aniqlaydigan asbob uskunalar, ximikatlar bilan ta’minlanshi va shu korxonada ishlaydigan injener-texnik xodimlarni yuqori ishlab chiqarish saviyasiga va zamon talablariga javob beradigan tartibdagi bilimlarning borligi, shu korxona ishlab chiqarish tamoyillarini tashkil etilishi va uning nazorati har bir ishlab chiqarish bo’limlaridagi texnologik jarayonlarning yuqori saviyada bajaralishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni ta’minlashda eng asosiy omillar xisoblanadi.
Sifat ko’rsatkichini oshirish bilan tayyorlangan mahsulotlar normativ texnologik hujjatlarga mos kelishida yuqorida ta’kidlangan faktorlarga bog’lik. Bunda normativ texnik hujjatlar bunyod etish kerak. GOST 1500-73 ishlab chiqarish uchun normativ hujjatlarni tuzish asosiy tamoyillari xisoblanadi.
Tovarlarning raqobatdoshlik me’zonlari.
Sifat ko’rsatkichlariga qo’yilladigan asosiy talablar, ma’lumki ishlab chiqarishda asosiy va qo’shimcha xom-ashyolar ishlatiladi. Ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish asosiy xam-ashyo sifatida sex xo’jaligi mahsulotlari va boshqa mahsulotlar ham ishlatiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ham ma’lum bir normativ texnik talablariga ega bo’lishlari kerak. Aks holda ular tayyor mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Biz standartlashtirishni O’zbekistan Respublikasi standartidan "Sanitariya sopol buyumlari" misolida ko’shib chiqamiz. Mazkur standart binolar va turli xil extiyojlarga mo’ljallangan inshoatlarning orastalik tugunlari, maishiy va boshqa xonalariga o’rnatiladigan sopoldan (chinni, yarim chinni va shishadan) qilingan qo’l yuvgichlari, unitazlari, suv tushirib yuborish bachoklari, oqova teshikli jomlar va boshqa buyumlarga taaluqlidir.
Me’yoriy hujjatlarga ishoralar:
Bu standartga quyidagi standartga qilingan ishoralardan foydalaniladi.
2991-85 GOST “Vazni 500 kg yukka mo’ljallangan buziq yig’ilmaydigan taxta qutilar. Umumiy texnik shartlari”.
GOST 5244-79 "Yog’och payraxasi texnik shartlari".
GOST 10700-89 "Qog’oz va qatlama qog’oz payraxalari texnik shartlar". GOST 12082-82 "Vazni 500 kg yukka mo’ljallangan taxta panjaralar.
Umumiy texnik shartlari".
GOST 13449-82 "Orastalik sopol buyumlari. Sinab kurish uslublari". GOST 14192-77 "Yuklarning navlanishi".
GOST 15102-75 "Vazni yuki bilan kamida 5,0 g ma’dandan qilingan ko’p qamrovli yopiq konteyner. Texnik shartlari".
GOST 15846-79 "Uzoq shimol va tashrif murakkab xududlarga jo’natiladigan mahsulot. O’rab joylanishi, navlanishi, naql etilishi va saqlanishi".
GOST 18242-72 "Muqobil belgilari bo’yicha statistik nazorat".
GOST 20435-75 "Vazni kamida 3,0 g ma’dandan qilingan ko’p qamrovli yopiq konteyner. Texnik shartlari".
GOST 21900-70 " Ko’p qamrovli aviastiya konteynerlari. Umumiy texnik shartlari".
Umumiy texnik talablar:
Buyumlar mazkur standart va buyumlarning aynan turlariga mo’ljallangan texnik standartlar talablariga monand va mahslulot tayyorlovchi korxona tasdiqlagan ishchi chizmalari va texnologik hujjatlar bo’yicha tayyorlanishi lozim. Buyumlarning aynan turlari uchun standartlar va texnik hujjatlarni chiqishda ilovadagi sifat ko’rsatkichlarini o’ylash zarur.
Tavsiloti (xususiyatlari):
Buyumlar ishga yaroqli bo’lishi lozim;
Buyumlarning suv shimish xossasi: chinnilar uchun 1%, yarim chinni uchun 5%, shishalar uchun esa 12% dan oshmasligi shart;
Buyumlar yuziga surilgan kimyoviy muhitga chidamli bo’lishi lozim;
Buyumlar mehanik jihatdan mustaxkam bo’lishi lozim;
Buyumlar oq yoki rangli bo’yoqlar bilan sirlangan, har xil usulida zeb berilgan bo’lishi lozim;
Buyumlar rangi yoki ranglarining jilosi mahsulot tayyorlovchi korxona tastiqlagan iborat namunalar rangi jilosi bilan hamohang bo’lishi lozim;
Yuzalarining ko’rinadigan ishlatiladigan, montaj qilinadigan va ko’rinmaydigan toifalarga farqlanishini ilovaga muvofiq ishchi chizmalarida ko’rsatib o’tish zarur;
Buyum yuzalarining sirlanmaydigan joylari ishchi chizmalarida ko’rsatib ketiladi;
Buyumlarning ko’rinadigan va ko’rinmaydigan tirqishsimon darzi, sotuvda yorilgan joyi va cheki bo’lmasligi zarur;
Unitazlarning qo’shtirsaklarining ichki devorlari axlat yig’iladigan bo’lmasligi shart;
Buyumlar tashqi qiyofasiga e’tiboran uchta: 1, 2 va 3 - chi navlarga ajratiladi;
Buyumlarning ko’rinadigan va ishlatiladigan yuzalari ma’lum talablarga javob berishi shart.
Bir buyum uchun ruxsat qilingan nuqsonlar soni:
- nav buyumlarida — ikkitadan;
- nav buyumlarida — uchtadan;
- nav buyumlarida — 5 - tadan oshmasligi shart.
Timdalangan, erigan, tiqilgan, nuragan joylari oq stement yoki mustahkamlovchi boshqa material bilan jilvirlash, jilolash yoki mahsulot tayyorlovchi korxona tomonidan belgilangan boshqa yo’llar bilan butlanishi lozim;
Navlanishi har bir buyumga mahsulot tayyorlovchi korxonaning mahsulot nishoni va uning navi tushirilishi shart;
Nav belgilari buyumning ko’rinmaydigan tomoniga qo’shilishi lozim. Nav belgisini tushirish suvbardosh buyoq surish yoki lavxacha yopishtirish yo’li bilan bajariladi;
Yuklarning naqliyotbop nav belgilari GOST 14192 bo’yichadir. Har bir yuk o’rniga “ehtiyot qiling”, “Nozik”, "Namlanishdan saqlang" kabi amaliyot belgilari tushirilishi lozim;
Urab joylash xaridorga, shu jumladan savdo tarmog’iga ham jo’natishda buyumlar GOST 12082ga binoan 1-1, 1-2 va № andozalardagi taxta panjaralarga, GOST 2991ga binoan taxtadan qilingan qutilarga, amaldagi me’yoriy texnik hujjatlarga binoan issiqbardosh pardalarga, GOST 20435 va GOST 15102ga binoan konteynerlarga joylanadi va bu holda buyumlarni o’ramasdan, GOST 5244ga binoan yog’och payraxalari, GOST 10700ga binoan qog’oz yoki qatlama qog’oz payraxalari yoki qipiklariga ko’mib joylashga ruhsat qilinadi;
Buyumlar konteynerlarga mahsulot tayyorlovchi korxona tomonidan ishlab chiqilgan chizma tarxlarga binoan joylashtiriladi;
Buyumlar joylashtirilgan qobirg’ali qatlama qog’ozdan qilingan qutilardan supalarda po’lat simlar bilan bog’langan joylar mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |