firmaning yalpi daromadi (tushumi) chiqaruvchi moddiy oqimning barcha hajmini sotishdan olingan daromadning umumiy miqdori sifatida belgilanadi;
firmaning o‘rtacha yalpi daromadi– chiquvchi moddiy oqimni tashkil qiluvchi har bir birlikni sotishdan daromadning o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi;
firmaningchegaraviydaromadi, eng katta ehtimol bo‘lgan daromadi sifatida emas, balki uning yalpi daromadining chiquvchi moddiy oqimi yana bitta birligini sotishdan kelib chiqqan o‘sishi sifatida belgilanadi. Chegaraviy xarajatlar hisoblanganligiga o‘xshab hisoblab chiqiladi.
Tizim ishining samaradorligini baholash daromadlar va xarajatlarni taqqoslash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda manba yondashish qo‘llaniladi.
Birinchi holda samaradorlik o‘rtacha holda vaqtning ba’zi bir oralig‘i uchun yalpi daromadlar va xarajatlarni taqqoslash yo‘li bilan belgilanadi, bu ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasida qabul qilingan o‘rtachalarning dinamikasi usuliga mos keladi.
Ikkinchi holda samardorlik bozor va ishlab chiqarish o‘tkazish tizimining ushbu joriy holati uchun daromadlar va xarajatlar taqsimlash yo‘li bilan belgilanadi.
Agar moddiy oqimlarning ushbu miqdorida logistik tizimni kiritish natijasida olingan qo‘shimcha yalpi daromadning miqdori bu tizimni yaratish va kiritishga xarajatlardan oshib ketsa, unda ishni davom ettirish kerak. Moddiy oqim hajmlarining ko‘rinishini o‘zgartirib turib va bunda erishilgan samaradorlikning miqdorini hisoblab, uning samaradorlik nuqtai nazaridan muvoffiq hajmini belgilash mumkin. Bunda firma umuman ishlashga qodir deb hisoblanadi.
Agar moddiy oqimning ushbu xajmi uchun doimiy xarajatlar to‘liqligicha qoplanishi, o‘zgaruvchan harajatlarni esa qisman qoplanishi aniqlansa, unda firma bozorda qolishi mumkin, logistik faoliyatda esa daromadlarni xarajatlar ustidan oshib ketishiga erishish maqsadida daromadlarni ko‘payishi va xarajatlarning o‘zgaruvchan qismini kamaytirish uchun firma ishini qanday tartibda qayta tashkil qilish va yaxshilash kerak (masalan, moddiy oqimlarning yo‘qotishlari va hajmlarini o‘zgartirish) degan savolga javob berish zarur.
Nihoyat, logistik tahlil firmaning daromadlari xarajatlarining doimiy qismidan pastligini ko‘rsatsa, bunda moddiy oqimlarning yo‘nalishlari va hajmlaridan qat’iy nazar, bunday firmaning aoliyati istiqbollariga ega bo‘lmaydi va u bozordan ketishi kerak.
Ammo o‘rtacha daromadlar va xarajatlarni taqqoslash usuli o‘rtacha holda faqat vaqtincha kuzatilayotgan oralig‘i uchun to‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Shuning uchun bu usul daromadlar va xarajatlarning chegaraviy miqdorlarini taqqoslash bilan to‘ldiriladi. Moddiy oqimlar hollarining muvoffiq miqdoriva shunga ko‘ra, firma ishlab chiqarish – o‘tkazilish faoliyatining eng yaxshi tashkil qilinishi shunday tashkil qilinishidan iborat bo‘ladiki, unda chegaraviy va o‘rtacha yalpi xarajatlar mos keladi.
U yoki bu tizim (resurs) uchun har bir ishlab chiqarish – o‘tkazish tizimida o‘zining iste’mol miqdori mavjud bo‘ladi, uni dinamik o‘zgarayotgan sharoitlarda operativ ravishda topish zarur.
Eng ko‘p xarajatlar talab qiluvchi logistik operatsiyalarni aks ettiruvchi xarajatlarni ba’zi bir turlarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Xaridlar bo‘yicha, zahiralarni ushlab turish bo‘yicha mahsulotning yo‘qligi natijasidagi, tijorat harajatlari zahiralarini muvofiqlashtirishning mezoni bo‘lib xizmat qiladilar.
Xaridlar bo‘yicha xarajatlar o‘z tarkibiga buyurtmalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xarajatlarni; yetkazib berishlar haqidagi shartnomani rasmiylashtirish bo‘yicha va yetkazib beruvchilar bilan kommunikatsiyalar xarajatlari; agar transportda tashish qiymati olingan tovarning qiymatiga kiritilmagan bo‘lsa transport xarajatlarini; omborga joylashtirish va olingan buyurtma bo‘yicha xarajatlarni kiritadi. Ularni ba’zi birlari buyurtmadan qayd etiladi va uning hajmiga
bog‘liq bo‘lmaydi, boshqalari esa – masalan transport va omborxona xarajatlari – buyurtma miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.