Omborxona ishining ba’zi bir ko‘rsatkichlar hisob -kitobi Logistika tizimida omborxona ishining ba’zi bir ko‘rsatkichlari
quyidagilar: Bir xil o‘lchamli va konstruksiyali joylashtiriladigan birliklarni alohida omborxona bo‘limlariga joylashtirish kerak.
Omborxona bo‘limi uzunligi doirasida joylashtiriladigan birliklar tarkibiy qismlarining qat’iy belgilangan miqdori o‘rnatiladi.
Agar tovarlar bevosita bir-birlari ustiga joylashtiriladigan bo‘lsa, ularning miqdori oldindan aniqlanishi va belgilangan miqdordan ortib ketmasligi kerak.
Sarmoyalar kiritishga harajatlarni omborga joylashtirish texnologiyalarini taqqoslashda baholash ko‘rsatkichlari sifatida qaralishi mumkin:
uskunaning texnik imkoniyatlari va unga ehtiyoj;
omborxona obyektidan foydalanish harajatlari;
omborxona xodimlariga ehtiyoj;
omborxona sig‘imining kattaligi;
omborxona maydonlariga ehtiyoj.
Sarmoya kiritishga harajatlar omborxona xo‘jaligining rivojlanishi quyidagi formula bo‘yicha kelajakda omborxona quvvatlariga ehtiyoj va har xil turdagi omborlar quvvati (sig‘imi) birligicha solishtirma sarmoyalar kiritish me’yorlarini belgilash asosida amalga oshiriladi:
K=E [(YyirIK-Sus) x Kyig‘ma+SusKus]; ming so‘m Bu yerda:
E - omborxona obyektlari sig‘imining o‘sishi, ming t;
Yyirik - solishtirma sarmoya kiritishning yiriklashtirilgan me’yori, so‘m/sig‘im t;
Sus - uskunalar uchun solishtirma sarmoyalar kiritishning yiriklashtirilgan me’yori, so‘m/sig‘imi t;
Kus - hududlarda uskunalar narxi ortishi koeffitsiyenti;
Kyig‘ma - quyidagi formula bo‘yicha belgilangan qurilish narxi ortishining yig‘ma koeffitsiyenti.
Kyig‘ =Kxud xKik xKzil
Bu erda:
Khud - qurilish - montaj ishlari narxining oshishini hisobga oluvchi hududiy koeffitsiyent;
Kik - iqlimiy mintaqalar bo‘yicha qurilish - montaj ishlari narxining oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kzil - zilzilaviy ishlar bo‘yicha qurilish - montaj ishlarining narxi oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ushbu turdagi uskunaga ( N) ehtiyojning pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Qskp
= Knot x Kdon
Pm
Bu yerda:
Qckp - ushbu turdagi mexanizmlar bilan qayta ishlanishi kerak bo‘lgan yuk muomalasining bir qismi, t;
Pm - foydalanish unumdorligi (bir mashina, mexanizmning ishlab chiqarish quvvati) t/s (kub. m/s); t/s (kub. m/s);
Knot - yuk kelib tushishi (yuklarni ortish) notekisligining koeffitsiyenti;
Kdon - mashinalar, mexanizmlarning bir qismini ta’mirlashda, quvvatlashda, ijarada ekanligi hisobiga ularga ehtiyoj ortishining koeffitsiyenti.
Ushbu turdagi mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarga ehtiyoj miqdori ushbu formuladan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
Num
Рр= birgalikda
Rur
Bu yerda:
Рр- ombor bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan har xil turdagi mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati miqdori;
R - ushbu turdagi uskunalarning Ррdagi ulushi;
Rur - ushbu turdagi uskunaning o‘rtacha yuk ko‘tarish qobiliyati, t.%
Mehnat unumdorligi uni oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni hisobga olgan holda belgilanadi;
yangi texnikani qo‘llash;
ishlab turgan uskunalarni zamonaviylashtirish;
ortish - tushirish transport - omborxona ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish;
-(iste’xona va logistik jarayonlarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish. Baholovchi omillar soni qisqartirilishi mumkin, ammo baholovchi omillar sonidan hech kim sarmoya kiritishga qilingan harajatlarni chiqarib tashlashi
mumkin emas.
Bizning fikrimizcha, logistik tizimda mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash samarali foyda ko‘rsatishi bir qator muammolarni hal qilish bilan bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi:
logistik tizim ishini strategik rejalashtirishda talab va ishlab chiqarishni bashorat qilish;
transportni taqsimlash va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonini muvofiqlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni xizmat ko‘rsatish joylarida omborxona tizimi tarmoqlarini yaratish, taqsimlovchi omborxona markazlari va iste’molchilar omborlari o‘rtasida vazifalarni eng muvofiq taqsimlash, iste’molchilarni guruhlash asosida savdo mintaqalarini bir turga keltirish, ularni ishlab chiqarish joylariga eng mos qilib biriktirish;
iste’molchilarga transportdan foydalanishga xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy maqsadga muvofiq ko‘lamlari va darajalarini aniqlash;
logistik tizim modellarini qurish va uning faoliyat ko‘rsatishi barqarorligi shartlarini ishlab chiqish;
logistik tizimning ishonchli ta’minotini yaratish;
logistik tizimda iste’molchilarga yuqori samarali servis xizmati ko‘rsatish rejasini ishlab chiqish.