xodimlari ishtirok etadigan hamda sotuvchidan tovarlar va xizmatlar xarid qilish
haqida shartnoma tuzishga olib keladigan xilma-xil harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Bunday jarayon davomida qatnashchilarning har biri bitim tuzish borasida mustaqil
yoki xizmatlar xarid qilish vositasida hal etish mumkinligini ko‘rgan holatda yuzaga
keladi. Xarid juda ko‘plab muammolarning yechimlaridan biriga aylanishi mumkin.
Misol uchun, ish yuritish samarasizligi boshqaruv nazoratining sustligi, xodimlarning
tajribasizligi, ofis hajmi va joylashuvining mos kelmasligi yoki korxona siyosatining
samarasizligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bu sabablardan birontasi xarid
muammosini ifodalamaydi. Biroq ofis uskunalarining tirishqoq va bilimdon sotuvchisi
ofis-menejer bilan birgalikda vaziyatni tahlil qilishi va yangi asbob-uskuna, mebel va
aksessuarlar xarid qilgan holda ofisning ish samaradorligini oshirish mumkinligini
ko‘rsatishi mumkin. Bu holatda muammo biron narsani xarid qilib hal etilishi mumkin
37
Xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni murakkabligi taxmin qilinayotgan xarid
miqyosi va muhimligiga bog‘liq bo‘ladi. Xaridning murakkabligi ortishi bilan qaror
qabul qilish uchun zarur bo‘lgan vaqt va bu jarayonga jalb etilgan odamlar soni odatda
– xuddi qaror qabul qiluvchi mutaxassislar uchun zarur axborot miqdori va xaridorlar
mezonlari soni kabi ortadi.
Xarid vaziyatlarining uch xil turi ajratib ko‘rsatiladi: o‘zgarishlarsiz takroriy
xarid, o‘zgarishlar bilan takroriy xarid va yangi vazifalarni hal qilish uchun xarid. Bu
«xarid sinflari» xarid haqidagi qarorlarning uch xil turiga o‘xshab ketadi –
muammoning takroriy hal qilinishi, muammoning qisman hal qilinishi va
muammoning kengaytirilgan hal qilinishi.
O‘zgarishlarsiz takroriy xarid – ilgari xarid qilingan narsani xuddi o‘sha
ta’minotchidan xarid qilish, garchi xarid shartlari biroz o‘zgarishi mumkin bo‘lsada.
Bunday xaridlar kompyuterlashtirilishi va odatiy tarzda – zaxira belgilangan minimal
darajaga yetganda yoki oyning belgilangan bir kunida amalga oshirilishi mumkin.
O‘zgarishlar bilan takroriy xarid – ilgari xarid qilingan biron narsani, biroq
muqobil yetkazib berish manbalari va shartlari haqida axborot qidirishni o‘z ichiga
olgan holdagi xariddir. Ya’ni xomashyo xarid qiluvchi korxona muntazam ravishda
turli sotuvchilarning narx takliflaridan xabardor bo‘lishi, yoxud ularning takliflari
haqida axborot olish uchun bir nechta potensial ta’minotchiga qo‘ng‘iroq qilishi
mumkin.
Yangi vazifalarni hal qilish uchun xaridlar ilgari xarid qilinmagan biron narsani
xarid qilishni ko‘zda tutadi, ya’ni korxonaning xarid haqida qaror qabul qilishning
barcha bosqichlari – xarid zaruratini anglab yetishdan tortib zarur tovar tavsifnomasi
va miqdorini aniqlash, spetsifikatsiya ishlab chiqish va xokazolar orqali o‘tishini
nazarda tutadi. Bunday murakkabroq qarorlarda xarid jarayonining boshlang‘ich
bosqichlari muhimroq ahamiyatga ega, oxirgi bosqichlardagi harakatlar esa
o‘zgarishlarsiz takroriy xaridlar va o‘zgarishlar bilan takroriy xaridlarda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Yangi vazifalarni hal qilish uchun xarid qilish vaziyatlarida xaridorning oldingi
tajribalari katta ahamiyatga ega emas, buyurtmachi yana xarid maqsadlarini belgilashi,
38
ta’minot manbalarini aniqlashi, muqobil manbalarni baholash mezonlarini ishlab
chiqishi lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: