333
19.3. Ichki marketing falsafasi va maqsadi
Ichki marketing falsafasi juda oddiydir. Iste’molchilar bilan muloqotda
bo‘lgan personal ehtiyojlarini samarali qondirish orqali firma o‘zining ular
ehtiyojlarini samarali qondirish, demak, tashqi iste’molchilarni ushlab qolish
imkoniyatini oshidi, bu esa firmaning bozorda jon saqlashi kafolati hisoblanadi.
Ichki marketing konsepsiyasi shundan iboratki, firma xizmatchilari mijozga
yo‘naltirilgan ishlarni bajarish va ongli ravishda xizmat ko‘rsatish uchun eng
yaxshi tarzda motivatsiyalangan bo‘lishi lozim.
Firmaning personalga takliflari butun yig‘indisini motivatsiya qiladigan
omillar va xizmatni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan omillar ro‘yxati
sifatida tavsiflash mumkin (19.1-jadval)
19.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |