Bob bo‘yicha xulosalar
Har qanday mamlakatning kuch-quvvati va saloxiyati, ravnaq topishi, ishlab
chiqarish samaradorligi va nihoyat aholisining farovonlik darajasi birinchi navbatda
uning sanoatini qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Sanoat rivojlanishi va samaradorligi esa o‘z navbatida, uning marketing
faoliyatini holati qanchalik mukammalligi bilan uzviy bog‘liqdir. Malumki, milliy
iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarda marketing o‘zining asosiy maqsad, vazifa,
mohiyati jihatidan keskin farq qilmaydi.
Iqtisodiyotning
rivojlanishi
va
xaridorning
xatti-harakatlarining
hozirgi
evolyutsiyasi (masalan, faol mijozlar, mijozlarning jamoaviy harakati va sotib olish
xatti-harakatlaridagi his-tuyg‘ulari) va boshqaruv amaliyotlari (masalan, marketingni
kuchayishi, tarmoqlar va sohalarning o‘ziga xos bo‘lgan marketingi va
differensiatsiyalashuv) bozorni o‘ziga xos bo‘lgan B2B va B2C kabilarga bo‘lib
o‘rganishni taqozo etmoqda.
Marketing sohasining bunday ikki yirik soha bo‘yicha bo‘linishi esa ularning fan
olamida nazariy jixatlarini o‘rganish va takomillashtirishga bo‘lgan metodologik
asoslarni yaratishni taqozo qilmoqda.
B2B va B2C kabi marketingning o‘zaro ajralishi marketing ilmi uchun yangi
dinamik logikani boshlab berdi va bu esa fanni o‘ziga xos bo‘lgan turli jabhalarini
o‘rganishni yanada osonlashtirdi. Shu nuqtai nazaridan, aksariyat olimlarning
tadqiqotlarida B2B va B2C marketingi nazariyalarini o‘rganish odatda ularning farqli
jixatlarini asoslashga asosiy etibor qaratilgan.
Sotish va xarid qilishning katta xajimda ekanligi sanoat marketingini asosini
tashkil etadi. Har qanday sanoat korxonasi o‘z moxiyatiga ko‘ra iste’molchilar
29
ehtiyojini qondirish uchun ko‘plab, ommaviy ravishda mahsulot ishlab chiqarishi
lozim.
Sanoat olamida marketing iste’mol mahsulotlari sohasidagidan ko‘ra ko‘proq
rahbariyatning majburiyati hisoblanadi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi
korxonada marketing strategiyasidagi jiddiy o‘zgarishlar marketing bo‘limi xodimlari
tomonidan – qadoqlash, dizayni, siljitish turi, reklamada e’tiborni o‘zgartirish yo‘li
bilan tashabbus ko‘rsatiladi va amalga oshiriladi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan sohalardan
biri sanoatdir. Iqtisodiyotning mazkur tarmog‘i yuqori salohiyatga ega bo‘lib, unda
aholi ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqariladi va sanoat
korxonalarida
samaradorlikning
oshishi
aholi
turmush
darajasi
yaxshilanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |