16.7-jadval
Sotuvni rag‘batlantirish uchun narx modifikatsiyasi variantlari
Narx
modifikatsiyasi
Qachon qo‘llanadi
Qo‘llanish xususiyatlari
Narx-tuzoq
Odatda chakana savdoda savdo
nuqtasiga xaridorlar oqimini
faollashtirish va o‘z magazinida
ular uchun jalb etuvchan taklif
yaratish maqsadida mashhur
savdo markasiga ega bo‘lgan
tovarlar uchun qo‘llanadi
Tovarlar xaridorlarga yuqori sifati bilan
ma’lum bo‘lishi lozim
Past narxlar savdo markasi imidjiga
putur yetkazishi mumkin
Vaqtinchalik xarakter
Magazin yaxshi nufuzga ega bo‘lishi
lozim
Maxsus tadbirlar narxi Mavsumiy sotib bitkazishda,
magazinni vaqtinchalik
yopishda, yubiley savdolarida
Monopoliyaga qarshi qonunchilik
tomonidan qattiq nazorat
Mukofot (iste’molchiga
naqd to‘lov)
An’anaviy kundalik talab
xizmatlari ko‘rsatish uchun
Xaridor qat’iy kelishilgan vaqt
davomida maxsus kupon yoki ariza
to‘ldirishi lozim
Davlat tomonidan qattiq tartibga solinish
Kafolat shartlari
Murakkab xizmatlar uchun
Xizmat ko‘rsatish jarayonini
modernizatsiya qilishda
Xaridorga xizmat umumiy narxi
pasayayotganini ko‘rsatish kerak
Psixologik
modifikatsiya
Servis mahsuloti narxi dastlab
yuqori bo‘lganda
Narxni boshlang‘ich oshirishning
taqiqlanishi
284
Narx siyosati vazifalaridan biri raqobatchilar faoliyatini nazorat qilish
hisoblanadi. Firmaning raqobatchilar narxlari o‘zgarishiga reaksiyasini o‘rganishda
eng avvalo quyidagi kabi savollarga javob berish kerak:
➢ raqobatchi nima uchun narx o‘zgartirdi – bozorni egallab olish, to‘liq ish bilan
bklanmagan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun, xarajatlarning
o‘zgarishi oqibatida yoki butun tarmoq bo‘yicha narxlarning o‘zgarishini boshlash
uchun;
➢ raqobatchi narxlar o‘zgarishini vaqtinchalik rejalashtirganmi yoki doimiy;
➢ agarda u javob harakatlarini qo‘llamaydigan bo‘lsa, firmaning bozor ulushi va
daromadlari bilan nima ro‘y beradi, shuningdek, boshqa firmalar javob choralari
qo‘llash niyatidami;
➢ firmaning javob tariqasidagi har bir reaksiyasiga raqobatchilar javobi qanday
bo‘lishi mumkin?
Narxga oid diskriminatsiya - bir xil xizmatga turlicha narx belgilash, bunda
narxdagi farqlar xarajatlar bilan umuman bog‘liq bo‘lmaydi yoki biroz bog‘liq bo‘ladi.
Narxlar modifikatsiyasi quyidagilarga bog‘liq:
➢ iste’mol segmenti;
➢ servis mahsuloti shakli va xizmat ko‘rsatish jarayoni;
➢ firma imidji;
➢ firma joylashgan joy;
➢ vaqt;
➢ mahsulot (xizmat) butligi.
Mehmonxona o‘z xizmatlarini kimlarga sotadi?
1.Chakana mijozlarga yoki «ko‘chadan kelgan xaridorlar»ga. Mehmonxonaga
joylashish haqida o‘zi qayg‘urishga majbur bo‘lgan va bozorda eng yaxshi narx izlash
uchun vaqti bo‘lmagan mehmonlar shu tariqa joylashtiriladi. Mos ravishda, narx ham
bu mijozlar uchun maksimal bo‘ladi. Aynan u porte ustunida ko‘rsatiladi.
2.Korporativ mijozlarga – mehmonxonadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar
bo‘yicha xizmatlarni o‘z ichki maqsadlari (o‘z xizmatchilari va mehmonlarini
285
joylashtirish) uchun xarid qiladigan turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga. Korporativ
mijoz mehmonlarini joylashtirish uzoq muddatli xarakterga ega bo‘ladi va
mehmonxona uchun belgilangan miqdorda foyda keltiradi. Narx bu holatda maksimal
chakana narxdan 2-10 foiz chegirma bilan belgilanadi. Ko‘rsatilgan oraliq
mehmonxonaga mehmonxona firmadan oladigan kishi-tunga qarab yoki korporantning
o‘ziga xos maqomi bilan bog‘liq ravishda yoki mehmonxona mashhur korporativ
mijoz bilan aloqa qilishdan imidj reklamasi olib, turli chegirmalar qo‘llagan holda
ushbu bozor segmenti ichida narxlar bilan o‘ynashga imkon beradi.
3.Sayyohlik ayegentliklariga – qoidaga ko‘ra, o‘zining akana va korporativ
mijozlariga ega, lekin o‘z katolglari, narx ilovalari, reklama va hakozolar chiqarishga
sarflash uchun yetarli mablag‘ topa olmaydigan unchalik yirik bo‘lmagan sayyohlik
firmalariga. Mehmonxona bunday firmalarga komission mukofot (10 foiz) kiritilgan
agentlik narxlari taqdim etadi. Sayyohlik agentliklariga nisbatan bunday narx
yondashuvini qo‘llash yer sharining turli nuqtalarida joylashgan sayyohlik agentliklari
atrofida mujassam topadigan mijozlar oqimiga ega bo‘lishni kafolatlaydi.
4.Turoperatorlarga - alohida turistik xizmatlardan o‘z paketini shakllantiradigan
yirik sayyohlik firmalariga. Mehmonxona tomonidan sayyohlik firmalari uchun
belgilanadigan narx chakana narxdan 20 foiz chegirma bilan tashkil qilingan narx
darajasidan boshlanadi. Umuman olganda chegirmalar bundan katta bo‘lishi ham
mumkin.
Narx siyosati doimo nazoratni nazarda tutadi. Uning vazifasi – narx shakllantirish
siyosati to‘g‘riligini tekshirish va baholashdir. Nazorat tufayli narx strategiyalari
yomon faoliyat ko‘rsatishining alomatlarini aniqlash mumkin:
➢ xizmat narxi haddan tashqari tez-tez o‘zgaradi;
➢ narx siyosatini xaridorlarga tushuntirish qiyin;
➢ narx haqida qarorlar bozor haqida yetarli axborotsiz qabul qilinadi;
➢ narx maqsadli bozorga mos kelmaydi;
➢ xizmatlarning katta qismiga narx chegirmasi beriladi;
➢ xaridorlarning aksariyati narxni sezuvchan bo‘ladi va raqobatchi osonlik bilan
ularni o‘ziga og‘dirib olishi mumkin bo‘ladi.
286
Narx siyosatini nazorat qilishning maqsadi firmalarga marketing muhiti
o‘zgarishlariga moslashish imkonini beradigan moslashuvchan narx tizimlari va
ularning modifikatsiyalari hisoblanadi.
Har qanday narx strategiyasi, agarda u mos keluvchi marketing siyosati – puxta
o‘ylab chiqilgan assortiment, joylashuv, mijozlar siyosati bilan ta’minlangan bo‘lsa,
muvaffaqiyatli deb hisoblanishi mumkin. Mijoz o‘z xarajatlari asoslangan ekanligini
anglab yetishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |