275
Ob’ekt
Savol
chiqarish,
xarajatlar,
foyda
Sotuvdan olingan tushum, foyda va xarajatlar o‘rtasida nisbat qanday?
Mavjud xizmat ko‘rsatish jarayoni sifati va darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun
qanday xarajatlar talab etiladi?
Ishlab chiqarish hajmining sotuvdan olinadigan tushumga va foydaga ta’siri
qanday?
Xizmat ko‘rsatish ko‘lamining o‘zgarishi va xizmat ko‘rsatish jarayoniga
tuzatishlar kiritish xarajatlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Qaysi xarajatlarning narx bo‘yicha qaror qabul qilishga aloqasi bor?
16.2. Xizmatlar bozorida narxni shaklantirish usullari.
Firma raqobatbardosh narx belgilay olishi uchun narx belgilashga quyidagi
asosiy standart yondashuvlar foydalaniladi.
1.Iste’molchiga yo‘naltirilgan narx belgilash yoki idrok qilinadigan qiymat
asosida narx shakllantirish. Narx belgilashda asosiy mezon xizmatning integral
foydaliligi, ya’ni uning foydali xususiyatlari va u keltiradigan foyda kompleksi
hisoblanadi. Integral foydalilik iste’molchini belgilangan narx bo‘yicha xizmatni xarid
qilishga undaydi deb hisoblanadi. Talab yuqori bo‘lganda narx qoidaga ko‘ra, o‘sadi,
talab past bo‘lganda esa – pasayadi. Narx shakllantirishga bu yondashuv mijozning
belgilangan vaziyatlarda mahsulot dan foydalanish qiymatini idrok qilishiga
asoslanadi.
Ushbu usulga muvofiq quyidagilarni amalga oshirish zarur:
➢ mijoz mahsulotdan foydalanadigan vaziyatni o‘rganish;
➢ bunday vaziyatda mahsulotdan foydalanishdan mijoz uchun foydani belgilab
beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash va tahlil qilish;
➢ mahsulotdan foydalanishda mijozning xarajatlarini belgilab beradigan
ko‘rsatkichlarni aniqlash va tahlil qilish;
➢ mijoz mahsulotdan foydalanadigan vaziyatda «xarajatlar-foyda» nisbatini
aniqlash.
Qiymatning iste’mol chi idrok qilishi o‘zgaradi. Bunga muayyan xizmat
ta’minotchisining bozor taklifi farqlanib turadigan kompetensiyasi jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi.
2.Xarajatlar asosida narx shakllantirish yoki «o‘rtacha xarajatlar plyus qayd
qilingan foyda». Bu holatda narx belgilash jarayoni quyidagicha bo‘ladi: barcha
276
o‘zgaruvchan xarajatlarni baholash, mos keluvchi qayd qilingan xarajatlar oqilona
ulushi va belgilangan ustama foyda qo‘shish, sotuv hajmining o‘sish ehtimolini
e’tiborga olish. Biroq ustama foyda talab darajasi va xarajatlar miqdoriga qarab
individual xarakterga ega bo‘lishi lozim.
3.Zarar ko‘rmaslikni tahlil qilish va maqsadli foyda bo‘yicha narx shakllantirish.
Firma daromad va xarajatlar balansi erishiladigan narx belgilashga harakat qiladi. Bu
yondashuv zarar ko‘rmaslik grafigi tuzishshga asoslanadi.
4.Raqobatchilarning narx siyosatini hisobga olgan holda narx belgilash.
Xizmatlar ta’minotchisi, agarda u o‘z xizmatining boshqalardan ustuv va afzal
ekanligini isbotlay olmasa, raqobatchilar narxlaridan yuqori narx belgilay olmaydi.
Agar u bozorga sotilayotgan xizmatlardan jiddiy farqi bo‘lmagan analog-xizmat olib
chiqadigan bo‘lsa, narx yuzaga kelgan «an’ana»ga mos kelishi lozim.
5.Joriy narx usuli. Bu usul asosan katta miqdorda bir xil turdagi xizmatlar
taqdim etilgan va xizmatlar ta’minot chisi bo‘lgan korxonaning narxga ta’sir etish
imkoniyati chegaralangan bo‘lgan bozorlarda foydalaniladi. Bunday sharoitlarda
firmaning asosiy vazifasi xarajatlarning raqobatchilar xarajatlaridan sezilarli darajada
ortib ketmasligi va joriy narx belgilashga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lishi uchun
xarajatlarni nazorat qilish hisoblanadi. Bozor elastikligini o‘lchash qiyin bo‘lganda
firmalar joriy narxlarga ergashish narx siyosati tarmoq raqobatchilarining normal
daromad keltiradigan narxga nisbatan «jamoaviy oqillik»ni aks ettirishini his qiladilar.
6.Tenderli narx shakllantirish usuli. Firmalar biron-bir buyurtmani olish uchun
kurash olib borgan va har bir ko‘rik qatnashchisi o‘z xizmati uun eng arzon narx taklif
qilishga intiladigan hollarda foydalaniladi.
7.Ekonometrik usullar. Bu usullar maqsadli bozorda raqobatchilar tomonidan
chiqariladigan funksional o‘rinbosarlar mavjud, lekin yangi xizmat ulardan sezilarli
farq qiladigan hollarda yangi xizmat narxini hisob-kitob uchun foydalaniladi.
8.Mukofotli narx shakllantirish. Sotuv narxiga xaridorlar ularda ushbu servis
mahsuloti qiymatining raqobatchilar mahsulotlari qiymati bilan taqqoslaganda mavjud
bo‘lgan ustunliklari haqida tasavvurdan kelib chiqib to‘lashga tayyor bo‘lgan narx
mukofoti kiritiladi.
277
Xizmatlarning yakuniy xarakteri servis firmasi va mijozning personal o‘zaro
aloqalari natijasida belgilanadigan individuallashuv darajasi yuqoriligi tufayli
xarajatlarni standartlashtirish jarayonlarini qo‘llash ayniqsa muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu ayrim namunaviy operatsiyalar (ishlar) amalga oshirish xarajatlari
normativlarini ishlab chiqish va ularni bazaviy tavsifnomaga ega bo‘lgan xizmatlarga
tariflarni asoslab berishda qo‘llashni taqozo etadi. Agar bunday bazaviy tariflarni
buyurtmani bajarishning o‘ziga xos shartlari uchun ustama va chegirmalar
moslashuvchan tizimi bilan to‘ldiradigan bo‘lsak, xizmatlar narxini shakllantirishning
yetarli darajada qulay tizimini olish mumkin bo‘ladi.
Biroq raqobatchilar narxlari va xaridni amalga oshirish motivatsiyasi,
shuningdek, xalqaro xizmatni sotish narxiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan mutlaq
barcha hisobga olingan ko‘rsatkichlar sanalmaydi. Xususan, restoranda taomni sotish
narxin belgilashda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinish lozim (ular muhimlik
darajasining pasayishi tartibida keltirilgan):
➢
taom tannarxi;
➢
xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar toifasi;
➢
kutilayotgan foyda darajasi;
➢
mijozlarning xarajat qilishga moyilligi;
➢
mijozlarning moliyaviy imkoniyatlari;
➢
raqobatchilar narxlari;
➢
restoran uslubi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, boshqa xizmatlar uchun ko‘rsatkichlar
nisbatini boshqach bo‘lishi mumkin.
Narx shakllantirish masalasini muhokama qilishda xizmatlar to‘plamini, ya’ni
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kompleksini sotish muammosini ham aylanib o‘tib
bo‘lmaydi. Ular qatoriga, masalan, quyidagilarni kiritish mumkin:
➢ turistik xizmatlar – viza rasmiylashtirish, turistlarni ularni tanlagan joyga
yetkazish, mehmonxonada joylashtirish, ekskursiya xizmatlarva h.k.ni o‘z ichiga oladi;
➢ bank xizmatlari – muddatli va joriy hisobraqamlar yuritish, cheklar va kredit
kartalar bilan ishlash, ssuda taqdim etish va h.k.ni o‘z ichiga oladi;
278
➢ dasturiy ta’minot xaridorlariga xizmat ko‘rsatish - zudlik bilan texnik
maslahatlar olish uchun imkoniyat yaratish, dasturlarning yangilangan versiyalarini
imtiyozli narxlarda sotish, dasturlarni mijozning kompyuteriga bepul o‘rnatish va
h.k.ni o‘z ichiga oladi.
Ne’matlar kompleksi xaridor uchun bu to‘plamdagi har bir ne’matni alohida
xarid qilishdan arzonga tushishi lozim.
Xizmatlar sohasida ikki xil turdagi to‘plamlar uchraydi:
1)bo‘linadigan to‘plam. Uning tarkibiga kiradigan alohida sotib olib bo‘lmaydi.
Bu firmaning bu tarkibdagi ayrim unikal xizmatlarni alohida sotish xaridorning boshqa
turdagi xizmatlarni xarid qilishga qiziqishini yo‘qotishi va qolgan xizmatlar sotilmay
qolishidan xavfsirashi bilan bog‘liq. Bu to‘plamda ikkinchi darajali xizmatlar eng
kimmatli ish turlariga qo‘shimcha yuklama sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday
xizmatlar to‘plami narxini shakllantirishning eng muhim omili bo‘lib uning unikalligi
xizmat qiladi;
2) bo‘linadigan
to‘plam. U mijozlarga tanlov imkoniyatini taqdim etadi:
butun xizmatlar to‘plamini xarid qilish yoki uning tarkibiga kiradigan ish va
xizmatlarni
alohida
sotib
olish.
Bo‘linadigan to‘plamlarni sotishda narx
shakllantirishga yondashuv jiddiy o‘zgaradi: mijozni butun xizmatlar to‘plamini
alohida emas, birgalikda xarid qilishdan manfaatdorligini jiddiy oshirishi mumkin
bo‘lgan xarid butligi uchun chegirma hajmini topish muhim.
Murakkab xizmat turlari uchun narx shakllantirishning boshqa o‘ziga xos
usullari ham mavjud.
Taqdim etilayotgan sport-sog‘lomlashtirish ishlariga narx shakllantirish
strategiyasi
Bu strategiyani ishlab chiqishda ko‘plab omillar hisobga olinishi lozim bo‘lib,
ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
➢ asosiy (turli shakllarda harakat faolligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish)
va yo‘ldosh (fizioterapevtika jarayonlari, turmush tarzi va ovqatlanish bo‘yicha
tavsiyalar, shug‘ullanuvchilarning funksional tayyorgarligini tekshirish, kosmetik
jarayonlar va hakozolar) xizmatlar sifati va xilmaxilligi;
279
➢ fitnes-markazning moddiy bazasi – zallar, basseyn, dushxona, trenajerlar va
boshqa asbob-uskunalar holati, sauna, solyariy, massajxonalar, bolalar uchun xona,
sartaroshxona, kafe yoki bar va hakozolar mavjudligi ;
➢ murabbiy-instruktorlar va boshqa mutaxassislar - vrachlar, administratorlar va
boshqalar malakasi;
➢ shug‘ullanuvchilar kontingenti xususiyatlari - bitta yoki turli ijtimoiy
qatlamlarga mansublik, yosh va jins xususiyatlari, ta’lmi va umummadaniy daraja,
kasbiy qiziqishlar va hakozolar;
➢ sport-sog‘lomlashtirish xizmatlariga talab mavjudligi, bu xizmatlar bozorida
raqobat, aholining to‘lov layoqati.
Narx siyosati – narxlar va narx shakllantirishni boshqarish san’ati, xizmatlarga
qo‘yilgan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan darajada narx belgilash hamda firma
va xizmatning bozordagi holatiga qarab manipulyatsiya qilish san’ati.
Narx bilan bog‘liq raqobatsiz g‘alaba
Narx siyosatining mo‘‘jizali uchburchagi 16.3-rasmda aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |