Toshkent davlat iqtisodiyot


-rasm. Xaridorlar xulq-atvori: asosiy savollar



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

12.1-rasm. Xaridorlar xulq-atvori: asosiy savollar 

 

Xizmatlar  ko‘rsatishda  marketingning,  ayniqsa,  o‘zaro  aloqalar  marketingining 

vazifalari  xaridorlar  qoniqqanligiga  erishish  usullariga  yaqinlashishi  lozim.  Xaridorni 

qo‘lga kiritishning bir nechta andazali shartlari mavjud: 

-  to‘g‘ri tanlangan sotuvlar; 

-  to‘g‘ri tanlangan xaridor; 

-  aniq belgilangan raqobatli ustunlik; 

-  xaridor bilan «bevosita aloqa» yoki sotuvda «inson omili».  

Bu  xaridorni  qo‘lga  kiritishning  sotuvchi  xaridorni  tovarlar  (xizmatlar)  bilan 

bevosita tanishtiradigan yoki ularning xususiyatlari haqida xabardor qiladigan tovarlar 

Xarid haqida qaror qabul qilishda kim asosiy rol 

o’ynaydi 

 

Ular qanday  



xarid qiladi? 

Ularning tanlov mеzoni 

nimani ifodalaydi?  

Mijozlar 

Ular qanday  

xarid qiladi? 

Ularning tanlov mеzoni 

nimani ifodalaydi?  




 

204 


 

(xizmatlar)  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  reklama  qilish;  xaridorlar  suhbati,  taqdimotlar, 

ko‘rgazmalar,  savdo  kunlari,  kongresslar  o‘tkazish  kabi  maxsus  usullarida  namoyon 

bo‘ladi; 

➢ quyidagilarni baholash yo‘li bilan savdoni rejalashtirish: 

➢ maqsadli guruhlar, 

➢ guruh ehtiyojlari va uning xarid qobiliyati, 

➢ bozorning va raqobatchilarning rivojlanishi, 

➢ tovar (xizmat) xaridi shartlari, 

➢ distributsiya kanallari, 

➢ kommunikatsiya usullari. 

Iste’mol  bozorida  tovarlar  va  xizmatlar  xarid  qilishda  quyidagi  hal  qiluvchi 

motivlar amal qiladi. 

1.Foyda  motivi.  Kishining  boyib  ketish,  o‘z  mulkini  ko‘paytirish,  pullarini 

samarali  sarflash  istagi.  Ushbu  motiv  ta’siri  ostida  bank  sohasi  va  turli  pay  fondlari 

xizmatlari  xarid qilinadi, ko‘chmas  mulkka  mablag‘ kiritiladi. Bundan tashqari,  foyda 

motivi eng foydali xarid variantini izlab topishda ham amal qiladi. 

2.Riskni  pasaytirish  motivi.  O‘zini  ishonchli  his  qilish,  barqarorlik  saqlanishi 

kafolatlariga ega bo‘lish ehtiyoji. Ushbu motiv deyarli barcha turdagi xizmatlarni xarid 

qilishda  ishtirok  etadi,  shu  sababli  xizmatlar  ta’minotchisi  bozor  taklifini  ushbu 

motivdan foydalangan holda tashkil qila olishi lozim. 

3.Tan  olinish  motivi.  O‘z  mavqeini  shakllantirish,  imidji  va  nufuzini  oshirish 

bilan  bog‘liq  harakatlar.  Yuqori  martabadagi,  masalan,  ta’lim  xizmatlari,  personalni 

eksklyuziv  yollash  xizmatlari  xarid  qilishda,  qimmatbaho  kiyimlar  sotiladigan 

butiklarga  tashrif  buyurishda  namoyon  bo‘ladigan  motiv.  Umuman  olganda,  motiv 

narx  toifasi  o‘rtachadan  yuqori  bo‘lgan  tovar  va  xizmatlar  xarid  qilishda  namoyon 

bo‘ladi. 

4.Qulaylik  motivi.  O‘z  harakatlarini,  boshqa  kishilar  bilan  munosabatlarini 

soddalashtirish,  yengillashtirish  istagi.  Misol  tariqasida  barcha  kommunikatsiya 

xizmatlarini  xarid  qilish,  turli  servis  xizmatlariga  murojaat  qilish,  elektron  savdo 




 

205 


 

vositalari, masofaviy bank xizmatlari va h.k.dan foydalanishni keltirib o‘tish mumkin. 

Qulaylik motivi vaqt o‘tishi bilan tobora faolroq va tez-tez namoyon bo‘la boshlaydi. 

5.Erkinlik  motivi.  Barcha  faoliyat  sohalarida  mustaqillik  va  erkinlik  ehtiyoji. 

Yuqoriroq  darajadagi  motiv.  Ta’lim  xizmatlari,  kommunikatsiya  xizmatlari,  ish 

qidirish bo‘yicha xizmatlarda ishtirok etadi. 

6.Bilish  motivi.  Yangi  ixtirolar  va  bilimlarga  doimiy  intilish.  Sayyohlik  va 

ta’lim  xizmatlarini  xarid  qilishning  asosida  yotadigan  motiv.  Shuningdek,  yangilik 

sanalgan xizmatlarni xarid qilishda novator-xaridorlar guruhida namoyon bo‘ladi. 

7.Ko‘maklashish,  bosh  qo‘shish  motivi.  O‘z  atrofidagilar,  yaqinlar,  hamkasblar 

uchun  bironta  yaxshilik  qilish  istagi.  Har  qanday  sovg‘alar  xarid  qilish,  bayram  va 

banketlar tashkillashtirish. 

8.Shaxsiy  kamol  topish  motivi.  O‘zining  hayotdagi  maqsadlariga  erishish 

ehtiyoji.  Xuddi  erkinlik  motivi  kabi,  bu  motiv  ham  motivlar  piramidasi  yuqori 

pog‘onasida  joylashadi.  U  har  qanday  xaridni  amalga  oshirishda  individual  ravishda 

namoyon bo‘ladi. 

Xaridni  amalga  oshirar  ekan,  iste’molchi  ko‘pincha  bitta  emas,  balki  bir  guruh 

motivlar ta’siri ostida bo‘ladi. Turli motivlar turli guruhdagi xizmatlarni xarid qilishda 

ishtirok  etadi.  Agar  xizmatlar  ta’minotchisi  qaysi  motivlar  guruhi  muayyan  xizmatni 

xarid  qilishga  ta’sir  etishini  bilsa,  u  samarali  marketing  kommunikatsiyalarini  shu 

asosda yuzaga keltirishi mumkin. 

Iste’molchilarning  oziq-ovqat  magazinlariga  tashrif  qilishga  munosabati 

(magazinga tashrif buyurishda motivlarni amalga oshirishga misol). 

«Siz  uchun  oziq-ovqat  magaziniga  tashrif  buyurish  nimani  anglatadi?»  degan 

savolga beriladigan javoblarni keltirib o‘tamiz. 

➢ majburiy zaruriyat. 

➢ men biron-bir shirin narsa xarid qilish (kayfiyatni ko‘tarish) uchun oziq-ovqat 

magazinlariga tashrif buyurishni yoqtiraman. 

➢ har  qanday  magazinga  tashrif  buyurishni  juda  yomon  ko‘raman.  Nima  qilib 

bo‘lsa ham bu mashg‘ulotdan qochib qolishga intilaman. 




 

206 


 

➢ oziq-ovqat  magazini  bo‘ylab  aylanib  yurgan  holda  vaqt  o‘tkazishni  (g‘am-

tashvishlardan chetlashishni) yoqtiraman. 

➢ oziq-ovqat  magazinlariga  tashrif  buyurishni  yoqtirmayman,  nooziq-ovqat 

magazinlariga esa jon deb boraman. 

➢ men oziq-ovqat magazinlariga kayfiyat ta’siri ostida boraman. 

➢ xariddan keyin turli tovar markalarini sifat bo‘yicha taqqoslash imkoniyatiga 

ega bo‘lish uchun oziq-ovqat magazinlariga borishni yoqtiraman. 

➢ zamonaviy  oziq-ovqat  magazini  men  uchun  go‘yoki  muzey  kabi:  keldim, 

tomosha qildim va hech narsa xarid qilmasdan qaytib ketdim. 

➢ menga  faqat  chiroyli,  nufuzli  magazinlarga  kirish  va  u  yerda  nafis,  go‘zal, 

qimmatbaho mahsulotlar xarid qilish yoqadi. 

➢ mahsulotlarni tanlash va xarid qilish jarayonining o‘zi yoqadi. 

➢ faqat  bepul  degustatsiya  uyushtiriladigan,  chegirma  bilan  yoki  arzon  narxda 

oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan magazinlarga borishni yoqtiraman. 

Boshqa  motivlar  guruhlari  ham  ajratib  ko‘rsatilishi  mumkin.  umumiy 

ovqatlanish  muassasalariga  tashrif  buyurishga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  motivlar  12.1-

jadvalda keltirilgan. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish