Toshkent davlat iqtisodiyot


 Jismoniy distributsiya – logistika



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

7.4. Jismoniy distributsiya – logistika 

Ishlab  chiqaruvchi  distribyutorlar  xizmatidan  foydalanadimi  yoki  mijozlarga 

mustaqil,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  chiqadimi  –  u  ma’lum  darajada  mahsulotni  jismoniy 

distributsiya  qilish  va  ehtiyot  qismlarni  yakuniy  xaridorga  yetkazib  berish  uchun 

javobgar  bo‘ladi.  Ishonchli  distributsiya  sxemalarisiz  tovar  taklifi  to‘liq  hisoblanishi 

mumkin  emas.  Mijozlarga  xizmat  ko‘rsatish  ko‘pincha  aynan  jismoniy  distributsiya 

sifati bo‘yicha baholanadi. 

Jismoniy  distributsiya  marketing  strategiyasining  bir  qismi  bo‘lishi  lozim.  Mijoz 

uchun  asosiy  omil  mahsulotning  ochiqligi  hisoblanishi  shartida  ishlab  chiqaruvchi 

buyurtma  kelib  tushganidan  so‘ng  belgilangan  davr  davomida  bajariladigan  barcha 

buyurtmalar  foizi  (masalan,  buyurtmalarning  95  %  24  soat  ichida  bajariladi)  yoki 

buyurtma kelib tushishi va mijozning tovarni olishi o‘rtasidagi vaqt uzunligi kabi aniq 

xizmat ko‘rsatish standartlari belgilashi lozim.  



 

136 


 

Marketing  kompleksining  bir  qismi  sifatida  logistika  funksiyalarini  samarali 

boshqarishga  ko‘plab  sanoat  korxonalarida  putur  yetkazilgan.  Sanoat  bozorining 

ko‘plab qatnashchilari  logistikani  ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi sifatida 

ko‘rib  chiqqanlar.  Natijada  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatishga  asosiy  e’tibor  qaratish 

o‘rniga  logistika  funksiyalarini  xarajatlar  turi  sifatida,  xarajatlarni  pasaytirish  va 

ularning darajasi ustidan nazoratni esa – samaradorlilikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida 

ko‘rib  chiqish  tendensiyasi  namoyon  bo‘ldi.  Ko‘pincha  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatish 

sifatini  maksimal  darajada  yaxshilash  maqsadi  va  distributsiya  xarajatlarini 

minimallashtirish  maqsadi  bir-biriga  yaqqol  zid  keladi.  Bu  esa  ishlab  chiqarish  va 

marketing  bo‘limlari  orasida  ularning  distributsiya  funksiyasiga  qarashlari  borasida 

haqiqiy nizo mavjud bo‘lishi mumkinligini anglatadi. 

Bu  nizoni  hal qilishda tizimli  yondashuvni rivojlantirish va distributsiya umumiy 

xarajatlari  konsepsiyasi  ishlab  chiqish  muhim  qadam  bo‘ldi.  Distributsiya  umumiy 

xarajatlari  konsepsiyasi  shuni  ko‘rsatadiki,  distributsiya  umumiy  xarajatlari    butun 

xarajatlar  kompleksining  bir  nechta  tarkibiy  qismlari  murakkab  o‘zaro  aloqasi  bilan 

belgilanadi  va  har  bir  alohida  tarkibiy  qismning  ta’sirini  minimal  qilishga  intilish 

umumiy  xarajatlar  ortishiga  olib  kelishi  mumkin.  Xarajatlar  kompleksining  tarkibiy 

qismlari  sifatida  tovar  zaxiralariga  investitsiyalar,  transport  vositasida  tashish, 

omborlarga  joylashtirish,  o‘rab-qadoqlash,  buyurtmalar  bilan  ishlash  xarajatlari, 

mahsulot  eskirishi  va  buzilishi  bilan  bog‘liq  xarajatlar,  shuningdek,  mijozlarning 

yo‘qotilishi bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rib chiqilishi mumkin. yana bir tarkibiy qism – 

foydalanilmagan imkoniyatlar xarajatlari bo‘lib, mijozlarga yomon xizmat ko‘rsatilishi 

natijasida  sotuv  hajmidagi  yo‘qotishlarni  aks  ettiradi.  Xarajatlar  kompleksi  har  bir 

tarkibiy  qismini  mutlaq  minimumga  yaqinlashtirish  boshqa  xarajatlar  elementlarining 

ortishiga olib kelishi ehtimoli bor.  

Ayrim  sanoat  korxonalarida  distributsiya  xarajatlariga  bu  yangicha  yondashuvni 

qabul  qilish  distributsiya  tizimi  uchun  javobgarlikni  o‘z  zimmasiga  oladigan  yangi 

boshqaruv shaxsi paydo bo‘lishiga olib keldi. Maqomi bo‘yicha bu lavozim marketing 

bo‘limi  yoki  ishlab  chiqarish  bo‘limi  rahbari  lavozimi  bilan  taqqoslanishi  mumkin. 

Ushbu  lavozim  «mijozlarga  xizmat  ko‘rsatish  bo‘limi  boshlig‘i»  yoki  «jismoniy 



 

137 


 

distributsiya  masalalari  bo‘yicha  vitse-prezident»  deb  atalishi  mumkin.  Boshqa 

korxonalar distributsiya bo‘yicha maxsus qo‘mitalarni tashkil qilish yo‘lidan borib, bu 

qo‘mita  tarkibiga  marketing,  ishlab  chiqarish  va  moliya  bo‘limi  va  ehtimol, 

distributsiya 

siyosatini 

ishlab 

chiqadigan 

va 

logistika 



funksiyalarini 

muvofiqlashtiradigan xarid departamenti vakillari kiradi. 

Mashhur  konsalting  kompaniyasi  umumiy  xarajatlar  konsepsiyasi  va  uning 

marketing  kompleksiga  integratsiyasiga  mos  keladigan  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatini 

boshqarishga olti bosqichli yondashuvni ishlab chiqdi. Bu bosqichlarni sanab o‘tamiz. 

1)Buyurtmalar bilan ishlash vaqti, buyurtmalarni tayyorlash vaqti, yetkazib berish 

vaqti,  tovar  zaxiralarining  ishonchlilik  darajasi,  buyurtma  hajmidagi  cheklovlar,  bir 

nechta  manbadan  yig‘ish,  shuningdek,  bu  ko‘rsatkichlar  barqarorligi  kabi  mijozlarga 

xizmat ko‘rsatish standartlarini belgilash. 

2) Mijozlarga xizmat ko‘rsatish qarashlarini belgilash. 

3)  Distributsiyani  mijozlar  ehtiyojlari  va  kutayotgan  natijalariga  javob  beradigan 

tovar taklifi tarkibiy qismi sifatida kiritgan holda xizmatlar paketini ishlab chiqish.  

4) Xizmatlar sotish dasturini ishlab chiqish. 

5)  Xizmatlar  paketi  borasida  bozor  tadqiqotlari  o‘tkazish,  mijozlar  reaksiyasini 

o‘rganish. 

6)  Mavjud  tizim  samaradorligini  baholash  va  zarur  tuzatishlar  kiritishga  imkon 

beradigan nazorat va unumdorlik standartlarini ishlab chiqish. 

Logistikani  uzoq  muddatli strategiya sifatida ko‘rib chiqish zarur. Sotuvchi  bilan 

uzoq  muddatli  mustahkam  munosabatlarni  rivojlantirish  manfaatlarida  mijoz 

ta’minotchiga  ikkala  tomon  foydasiga  xizmat  qiladigan  tejamkorlikka  erishishga 

yordam  berish  uchun    xizmatlarga  qo‘yadigan  o‘z  talablariga  o‘zgartirish  kiritishga 

rozi bo‘lishi mumkin. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish