Toshkent davlat iqtisodiyot


  Xizmatlar taqdim etish biznes-jarayoni tahlili



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

14.2.  Xizmatlar taqdim etish biznes-jarayoni tahlili 

 

O‘quv  qo‘llanmaning  avvalgi  paragrafida  sanab  o‘tilgan  usullar  xizmat 



ko‘rsatish jarayonini tahlil qilish uchun maksimal darajada ko‘rinarli qilishi mumkin. 

1.Diagrammali  loyihalash  usuli.  Xizmatlar  sohasida  iste’molchi  uchun  foyda 

olish  va iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish asosan xizmat ko‘rsatish jarayonida 

xaridor  va  sotuvchining  ikki  taraflama  o‘zaro  aloqa  paytida  ro‘y  beradi.  Shu  sababli 

iste’molchining  tovar  sifatida  xizmat  tarkibida  bo‘lgan  «foyda  savatchasi»ni 

identifikatsiya  qilishning  eng  oddiy  usuli  bu  –  xaridor  va  sotuvchi  o‘rtasida  o‘zaro 

aloqalar diagrammasini tuzishdir. 



 

240 


 

Xizmatlar  ishlab chiqarish  va ko‘rsatish jarayoni  vizual ravishda taqdim etilishi 

va  uni  amalga  oshirishning  har  bir  bosqichida  bu  jarayon  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

vazifalar belgilanishi lozim. 

Diagrammali  loyihalashga boshqa  misol tariqasida  «Makdonalds»  va  «Sabvey» 

tez  ovqatlanish  restoranlarida  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatish  jarayonlari  misol  bo‘lishi 

mumkin.  Xususan,  «Makdonalds»  restoranlarida  ishlab  chiqilgan  xizmat  ko‘rsatish 

jarayonida ko‘zda tutiladiki, gamburgerlar ishlab chiqarish bo‘yicha vazifalarni amalga 

oshirish  tashrif  buyuruvchilar  nigohidan  yashiringan,  ya’ni  ko‘rinish  nuqtasidan  ortda 

bo‘lishi lozim. Bunday yondashuvga strategik muqobil variant bo‘lib xizmat qiladigan 

«Sabvey» restoranlar tarmog‘ida esa taom  tayyorlash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari 

mijozlarning  ko‘z  o‘ngida  ro‘y  berishi,  ya’ni  ko‘rinish  hududida  bo‘ish  lozim  deb 

hisoblaydilar. 

Ikkala  yondashuv  puxta  va  jiddiy  marketing  asoslariga  ega.  Birinchi  holatda 

muzlatilgan  yarim  tayyor  mahsulotlarni  mikroto‘lqinli  pechlarda  muzdan  tushirish 

yordamida  gamburgerlarni  tez  tayyorlash  jarayoni  iste’molchilardan  yashiriladi, 

ikkinchi holatda esa, aksincha, yakuniy  mahsulot faqat mijozlarning o‘zi ham ko‘rishi 

mumkin bo‘lgan yangi mahsulotlardan tayyorlanishi alohida ta’kidlanadi. 

Diagrammali  loyihalash  texnologiyasiga  ko‘ra,  eng  avvalo  iste’molchi  uchun 

ko‘zga  tashlanishi  mumkin  bo‘lgan,  xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  bajariladigan 

vazifalar  uchun  ko‘zga  ko‘rinish  hududini  ajratish  zarur.  Xizmat  ko‘rsatish  jarayoni 

bosqichlari  va  bunda  hal  etiladigan  vazifalar  diagrammaning  yuqori  qismida 

joylashtiriladi  va  tahlil  qilinadi,  bunda  ko‘zga  ko‘rinadigan  hududda  bevosita 

muloqotdagi  personal  va  xizmatlar  iste’molchisi  o‘rtasida  o‘zaro  aloqa  ro‘y  berishi 

hisobga  olinadi.  Diagrammaning  ko‘zga  tashlanmaydigan  qismida  xizmatni  ishlab 

chiqarish jarayonida hal qilinadigan vazifalar tahlil qilinadi. Xizmatlar ishlab chiqarish 

bu  jarayoni  (yoki  hatto  xizmatni  ishlab  chiqarishni  qo‘llab-quvvatlash  jarayoni) 

ko‘pincha  xaridor  ko‘ziga  ko‘rinmaydi.  Jarayonlar  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lib,  nazorat 

qilinadi  va  o‘zgartiriladi,  vazifalar  esa  bir-birining  o‘rnini  almashtira  olmaydi.  Eng 

oddiy  misol  tariqasida  14.1-rasmda  «telefon  bo‘yicha  gul  buyurtma  qilish»  xizmatini 

ishlab chiqarish va ko‘rsatish jarayoni diagrammasi keltirilgan. 



 

241 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish