220
XIII BOB. XIZMATLAR SOXASIDA SIFAT VA XIZMAT KO‘RSATISh
STANDARTLARI
13.1. Xizmatlar sohasida sifat tushunchasi va mohiyati
Xalqaro standartlashtirish tashkilotining fikriga ko‘ra, har qanday firmaning
muvaffaqiyatli faoliyati tovarlar sotish yoki xizmatlar ko‘rsatish bilan ta’minlanishi va
ularning sifat va standart talablari bilan belgilanadi va ular:
➢ aniq belgilangan ehtiyojlarga, qo‘llanish sohasiga javob beradi;
➢ iste’molchilar kutayotgan natijalarni qondiradi;
➢ qo‘llanayotgan standartlar va texnik shartlarga mos keladi;
➢ jamiyat so‘rovlariga javob beradi;
➢ atrof-muhitni himoya qilish talablarini hisobga oladi;
➢ iste’molchiga raqobatbardosh narxlar bo‘yicha taklif etiladi;
➢ iqtisodiy jihatdan foyda keltiradigan hisoblanadi .
Marketing maqsadlari faqat bozorda ayirboshlash uchun mos keluvchi sifatdagi
mahsulot va xizmatlar taklif etiladigan, ularni ilgari surish esa zarur shart-sharoitlar
bilan ta’minlanadigan holdagina erishilishi mumkin.
Xizmatni ishlab chiqarish va iste’mol qilish bir vaqtda ro‘y berishi, xizmat
ko‘rsatish jarayonining ta’minotchiga (insonga yoki mashinaga) bog‘liqligining
muqarrar oqibati xizmatni ijro etish sifati o‘zgaruvchanligi hisoblanadi.
Sifatni ta’riflashga bir qator yondashuvlar mavjud. Dastlab sifat u yoki bu
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan nuqsonlar yoki xatolar soni bilan o‘lchangan.
Sifat tasniflarga muvofiqlik sifatida talqin qilinishi mumkin, bu firma tomonidan
nazorat qilinadigan harakatdir.
Sifat – mijozning kutayotgan natijalarini qondirish yoki bundan ortiq bo‘lish
qobiliyati.
Sifat iste’molchining qoniqishiga olib keladigan xizmat xususiyatlari va xossalari
sifatida, shuningdek, mijozla qoniqqanlik hissini kuchaytiradigan kamchiliklar yo‘qligi
tushunilishi mumkin.
Sifat taqdim etilatgan xizmatlarning kutilayotgan standartlarga muvofiq bir xil
turdaligini nazarda tutadi.
221
Sifat - dinamikali toifa: bozorning rivojlanishi, raqobatning kuchayishi, takliflar
doirasining kengayishi bilan iste’molchilarning sifat standartlariga talabi muntazam
ravishda o‘sish tomon o‘zgaradi.
Xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi firmalarda, ayniqsa, talab yuqori bo‘lgan
davrlarda sifat nazoratini ta’minlash juda qiyin. Shu bilan birga, agar xizmat ko‘rsatish
firmasini ularning rivojlanish dinamikasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak,
sifat ularning hayot faoliyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Sifat modeli 4.1-rasmda aks
ettirilgan ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Tovar yoki xizmatlar sifatiga yana bir tarkibiy qism – ijtimoiy sifat ham xosdir. U
shuni anglatadiki, firmalar mijozlar hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi yoki ziyon
yetkazishi mumkin bo‘lgan xususiyatlardan qochgan holda xizmatlarni ishlab
chiqishda javobgarlikning axoqiy jihatini ko‘rib chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: