286
ilmiy-texnik
bilimlar, litsenziyalar, patentlar sotishdan tushumlarni
ko‗paytirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat xarajatlarini oshirish;
ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish. Xususan, xorijiy ishchilar uchun
o‗tkazmalarni qisqartirish uchun immigrantlarni kirishini cheklash;
bir tomondan milliy monopoliyalarni tashqi iqtisodiy ekspantsiyasini
kengaytirishga, boshqa tomondan esa milliy kapital repatriatsiyasi va xorijiy
kapitalni kirib kelishini rag‗batlantirish yo‗li bilan to‗lov balansi balanslashtirishga
yo‗naltirilgan kapital harakatini tartibga solish.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish, tovarlarni
olib chiqish va xususiy
transchegaraviy investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratuvchi davlatni kapital
eksportyori sifatidagi faoliyatiga bog‗liqdir. Hukumat kafolatlari investitsiyalar
bo‗yicha tijorat va siyosiy risklar sug‗urtalanishini ta‘minlaydi.
Aktiv to‗lov balansini davlat tomonidan tartibga solish haddan tashqari
nomaqbul bo‗lgan ijobiy saldoni bartaraf etishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Ushbu
maqsadda yuqorida keltirilgan usullardan- moliyaviy, kredit, valyuta,
shuningdek,
kapital eksportini ko‗paytirish (jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarga kredit va
yordamlar berish), kapital importini cheklash, tovarlar tovarlar eksportini cheklash
va importni kengaytirish maqsadida valyuta revalvatsiyasidan foydalanadi.
Odatda, to‗lov balansini kompensatsiya tartibga solishda quyidagi ikkita
qarama-qarshi choralar majmuasini qo‗shgan xolda amalga oshiriladi
272
:
restriktsiya (kredit cheklovlari shu jumladan, foiz stavkalarini ko‗tarish, pul
massasi o‗sishini, tovarlar importini cheklash va boshqalar);
ekspansionistik (tovar, xizmatlar, kapital harakatini rag‗batlantirish,
devalvatsiya va boshqalar).
Bundan tashqari, davlat to‗lov balansini nafaqat alohida moddalari, balki to‗lov
balansi qoldig‗ini tartibga solishni ham amalga oshiradi. Rivojlangan mamlaktlar
to‗lov balansi defitsitini qoplash manbalari sifatida xalqaro kapital bozoridan
konsortsium bank kreditlari, obligatsiyalar ko‗rinishida mablag‗ jalb etiladi. Bank
kreditini boshqa xalqaro valyuta-kredit va moliya institutlari
kreditlaridan afzallik
tomonilari, bank kreditlarni olish imkoniyatlarini kengli va barqarorlashtirish
dasturlar doirasidagi shartlashuvlarni mavjud emasligidir.
Valyutani tartibga solishning maxsus mexanizmlariga: valyuta kurslarini
maqsadli ko‗rsatkichlari; milliy moliya bozoridagi pul massasini va inflyatsiyani
targetlash kiradi.
Qat‘iy valyuta kursi sharoitida hukumat unga kuyidagicha ta‘sir o‗tkazishi
mumkin
273
:
valyuta interventsiyalari mexanizmlaridan foydalanish;
valyuta paritetini saqlab turish uchun, uni rasmiy devalvatsiya va
revalvatsiyasini amalga oshirish;
valyuta paritetini saqlash rejimiga o‗tish;
erkin suzib yuruvchi rejimga o‗tish.
272
Statistika platejnogo balansa: prakticheskoe rukovodstvo /I. A. Tribunalova; M-vo obrazovaniya Respubliki
Belarus, Gomelskiy gos. un-t im. F. Skorini : GGU im. F. Skorini, 2016. – 31s.
273
Grishina O.A., Zvonova Ye.A. Regulirovanie mirovogo finansovogo rinka: Teoriya, praktika, instrumenti.–
M.:INFRA – M, 2010.136 –179s.
Xalqaro moliya bozorining yana bir segmenti bo‗lgan fond bozorini tartibga
solishning
maxsus
insturmentlari
qimmatli
qog‗ozlar
operatsiyalarini
sug‗urtalashga (xejirlash) yo‗naltirilgan bo‗lib, qimmatli qog‗ozlarni qo‗shimcha
sug‗urtalash shartlari bilan chiqarishni anglatib, bular jumlasiga:
ikkita bozorda foizli arbitrajni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi, ikki
valyutadagi obligatsiyalar, ya‘ni nominal va foiz to‗lovlari bir valyutada, to‗lash
esa boshqa valyuta;
investorning qimmatli qog‗ozlar bozorini
bir sektoridan boshqasiga
o‗tishiga yo‗l qo‗yadigan qarz majburiyatlari;
to‗lov summalari ma‘lum tovarlar narx indeksiga bog‗liq bo‗lgan
indekslanadigan qarz majburiyatlari;
egalik qiluvchining tanlagan kursi bo‗yicha emitent aktsiyasiga
almashadigan konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar;
egalariga nominal qiymatidan yuqori narxlarda sotish imkonini beradigan
mukofotli ―put‖ optsionlar bo‗yicha konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar.
Kapital bozorini to‗g‗ri faoliyat yuritishi ilg‗or iqtisodiyotning iqtisodiy
xususiyati hisoblanadi. Kompaniyalar kapital bozoridan mablag‗lar jalb qilishida,
ular uchun investorlar munosib ravishda faoliyat yuritishida zarur bo‗lgan
kompaniya to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga ishonchlari muhim hisoblanadi. Aks xolda,
ushbu ishonchni bo‗lmasligi bozor faoliyatini buzilib ketishiga olib kelishi
mumkin.
Bunga yaqqol misol tariqasida, AQSh yuz bergan Buyuk Depressiyani
keltirib o‗tish mumkin. 1920- yillar mobaynida 50 mlrd.dollarga yaqin yangi
qimmatli qog‗ozlar sotishga taklif qilingan bo‗lib, 1932- yilga kelib ushbu qimmatli
qog‗ozlarning yarmi keraksiz bo‗lib qoldi. Kapital bozorga nisbatan jamoatchilik
ishonchining keskin tushib ketdi, iqtisodiyotni tiklash uchun ijtimoiy ahloqni
tiklash shartligini hukumat tushunib yetdi. Bir necha muhokamalardan so‗ng,
1933- yilda Kongres tomonidan ―Qimmatli qog‗ozlar to‗g‗risida‖
gi qonun qabul
qildi. Mazkur qonunning asosiy maqsadi firmalardan o‗z biznesi haqida
jamoatchilikka to‗g‗ri ma‘lumot berishni hamda broker, dillerlardan ayirboshlashda
investorlarga nisbatan adolatli bo‗lish talab qilinadi
274
.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solishning umumiy usullari bozor agentlari
hulq-atvoriga, uni kon‘yunkturasiga, bozorning barcha sektorlarini strukturasi va
o‗zaro balanslashuviga, yagona bozor doirasida bu sektorlarni o‗zaro ta‘siri va bir-
biriga o‗tishiga ta‘sir o‗tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: