Bog'liq XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma
8.4. Foiz stavkasi va bahoning shakllanishi Foiz stavkalari odatda barcha turdagi derivativlarning qiymatini baholashda
asosiy faktor hisoblanadi. Ushbu bo‗lim asosan foiz stavkalarining baholash va
tahlil qilish yo‗llari uchun ba‘zi bir fundamental muammolariga bag‗ishlanadi.
Ma‘lum bir vaziyatdagi foiz stavkasi qarz oluvchinig qarz beruvchiga to‗lash uchun
va‘da qilingan pul miqdorini anglatadi. Har qanday turdagi valyuta qiymatliklarga
ko‗p turdagi turli foiz stavkalari farqlanadi. Ular o‗z ichiga ipoteka foiz stavkasi,
depozit foiz stavkasi, foliyatni rivojlantirish uchun qarz olish foiz stavkasi va
boshqalar. Foiz stavkasi kredit riski bog‗liq bo‗lgan vaziyatlarda amalda
qo‗llanilishi mumkin. Bu yerda turli jamg‗armalardan qarz oluvchilar tomonidan
defolt holatining yuzaga kelishi natijasidagi risk mavjud bo‗lib, qarz beruvchi
uchun va‘da qilingan foiz stavkasining to‗lab bermasligi yuzaga kelishi mumkin.
Odatda qarz beruvchilar tomonidan yuqori kredit riski uchun yuqori foiz
stavkasining joriy etilishi talab etiladi.