116
qiymat PV ni hisoblashning umumiy formulasi quyidagicha ko‗rinishga ega
bo‗ladi:
PV=CF/(1+
i
)
n
bu yerda PV
–
joriy qiymat; CF- n yildan ichidagi pul oqimi; i
–
yillik foiz
stavkasi; n
–
yillar soni.
Masala. Agar foiz stavkasi 15% ni tashkil etsa, ikki yil ichida to‗lanadigan
$
250 ning joriy qiymati qancha bo‗ladi?
Yechim. Joriy qiymat
$
189,04 ni tashkil etadi.
PV=CF/(1+
i
)
n
=
$
250/(1+0?15)
2
=
$
189,04
CF
–
ikki yil ichidagi pul oqimi=
$
250;
i
–
yillik foiz stavkasi=0,15; n -yillar
soni=2.
Qarz majburiyatlarining to‗lov muddatlari bo‗yicha kredit bozorining quyidagi
4 ta asosiy instrumentlari mavjud
106
:
1.
Oddiy ssuda: kreditorning qarz oluvchiga so‗ndirish muddatida qo‗shimcha
summa (foizli to‗lovlar) bilan qaytariladigan ma‘lum summada taqdim etiladigan
mablag‗ hisoblanib, kredit bozoridagi ko‗pgina insturmentlar ushbu turga tegishli.
Masalan, korxonalarga berilgan tijorat ssudalari.
2.
Qat‘iy to‗lovli ssuda: kreditorning qarz oluvchiga ma‘lum yillar uchun teng
ulushlarda foizlari bilan doimiy ravishda (maslan, har oyda) qaytariladigan ma‘lum
summadagi berilgan mablag‗dir. Masalan, agarda siz qat‘iy to‗lovli ssuda sharti
bo‗yicha 1000 AQSh dollari miqdorida qarz olgan bo‗lsangiz, u xolda siz 25 yil
davomida 126 AQSh dollaridan to‗lab borishingizga to‗g‗ri keladi. Tovarlarni
kreditga sotish va bo‗nak to‗lovlari – qat‘iy to‗lovli ssudaga misol bo‗ladi.
3.
Kuponli obligatsiya–o‗z egasiga obligatsiyaning
yillik nominal qiymatini
(nominal, paritet) so‗ndirish muddatigacha doimiy foizli daromad (kuponli to‗lov)
taqdim etadi.
Kuponli obligatsiyalarning farqlanuvchi tavsiflari:
a.
emitent (obligatsiya chiqaruvchi korporatsiya yoki davlat organlari);
b.
obligatsiyani so‗ndirish muddati;
c.
kupon stavkasi–obligatsiya nominal qiymatiga yillik kupon to‗lovining
foizdagi nisbati.
4.
Diskontli obligatsiya (nol kuponli obligatsiya) nominal qiymatidan past
bahoda sotib olinib, uning nominal qiymati obligatsiyani so‗ndirish vaqtida
to‗lanadi. Diskontli obligatsiyaning kuponli obligatsiyadan farqi shundaki, foiz
ko‗rinishida daromad keltirmaydi, balki u bo‗yicha faqat nominal qiymati to‗lanadi.
Masalan, nominal qiymati 1000 AQSh dollaridagi diskontli obligatsiya 900
AQSh
dollariga sotiladi, bir yildan so‗ng, ya‘ni so‗ndirish muddatida obligatsiya
egasi nominal qiymati 1000 AQSh dollari miqdoridagi to‗lovni oladi. G‗aznachili
veksellari, jamg‗arma obligatsiyalari va nol kuponli uzoq muddatli obligatsiyalarni
diskontli obligatsiyalarga misol qilib keltirish mumkin.
Kredit bozorining turli insturmentlarida turli muddatdagi to‗lovlar nazarda
tutiladi: oddiy ssuda va diskontli obligatsiyalar bo‗yicha faqatgina so‗ndirish
vaqtida, qat‘iy to‗lovli ssuda va kuponli obligatsiyalar bo‗yicha esa
106
Financial Markets and Institution\Eighth Edition. Frederic S. Mishkin & Stanley G. Eakins.39p.
so‗ndirgungacha bo‗lgan muddatdagi davriy to‗lovlar amalga oshiriladi. Daromadi
yuqoriroq bo‗lgan qarz insturmentini qanday aniqlash mumkin? Yoki turli
muddatlardagi to‗lovlar ko‗zda tutilgan turli xildagi insturmentlarni qanday
solishtirish mumkinligi to‗g‗risidagi savollar yuzaga keladi. Kredit bozorining turli
insturmentlari bo‗yicha foiz stavkalarini hisoblash
usullari asosida yuqorida
ta‘kidlab o‗tilgan joriy qiymat tushunchasi yotadi.
Foiz stavkalarini hisoblashning umumiy usularidan eng muhimi so‗ndirishdagi
daromadlilik qaysiki, qarz insturmentlaridan olingan pul oqimlarining joriy
qiymatini, bugungi qiymatiga tenglashtiruvchi foiz stavkasi hisoblanadi. Shuning
uchun, iqtisodchilar fikriga ko‗ra, so‗ndirishdagi daromadlilik–foiz stavkalarini eng
aniq ko‗rsatkichi deb hisoblanadi.
Kredit bozorining 4 ta asosiy insturmentlari uchun so‗ndirishdagi
daromadlilikni hisoblash usulini ko‗rib chiqamiz
107
.
Oddiy ssuda uchun so‗ndirishdagi daromadlilik joriy qiymat kontseptsiyasi
asosida oson hisoblanadi. Yuqorida keltirib o‗tilgan bir yillik $100 ssuda bo‗yicha
misoldan kelib chiqadigan bo‗lsak, bir yildan so‗ng pul oqimi $110 ni (to‗lov
$100+foiz to‗lovi $10) tashkil etadi. Shunday qilib, oddiy ssuda uchun oddiy foiz
stavkasi so‗ndirishdagi daromadlilikka teng
.
Qat‘iy to‗lovli ssudada so‗ndirish muddatigacha bir xildagi davriy to‗lovlarni
amalga oshirish nazarda tutilgan. Yuqorida keltirib o‗tilgan
$
1000 qarz bo‗yicha
25 yil davomida yillik to‗lov
$
126 misol asosida,
joriy qiymat PV quyidagicha
hisoblanadi:
birinchi yil oxiriga PV to‗lovi
$
126/( 1+i) teng;
ikkinchi yil oxiriga PV to‗lovi
$
126/( 1+i)
2
teng;
uchinchi yil oxiriga PV to‗lovi
$
126/( 1+i)
3
teng;
Shu tartibda davom etib, 25 yil oxiriga kelib PV to‗lovi
$
126/( 1+i)
25
teng
bo‗ladi. Qarzning (
$
1000) bugungi qiymatini barcha yillik to‗lovlarning joriy
qiymati summasiga tenglashtirish orqali quyidagiga ega bo‗lamiz:
$
1000
=
$
126/(
1+i)+
$
126/( 1+i)
2
+
$
126/( 1+i)
3
+...
$
126/( 1+i)
25
Barcha qat‘iy to‗lovli ssudalar uchun ushbu formulani umumlashtiramiz:
LV
=
FP/( 1+i)+
FP /( 1+i)
2
+
FP/( 1+i)
3
+...
FP/( 1+i)
n
bu yerda LV
–
asosiy qarz summasi;
FP
–
yillik qat‘iy to‗lovlar;
n
–
so‗ndirish
muddatigacha bo‗lgan yillar soni;
Kuponli obligatsiya bo‗yicha uchun so‗ndirishdagi daromadlilikni hisoblashda
ham qat‘iy to‗lovli ssuda kabi yondashuvdan kelib chiqiladi. Kuponli obligatsiyalar
bo‗yicha bir martadan pul oqimi to‗lovi mavjudligini hisobga oladigan bo‗lsak,
obligatsiyalar joriy qiymati barcha kupon to‗lovlarining joriy diskontlangan qiymati
summasiga oxirgi to‗lov joriy qiymatini (obligatsiya nominal qiymati) qo‗shib
hisoblanadi.
So‗ndirish muddati 10 yil bo‗lgan, yillik kupon to‗lovi $100 (kupon stavkasi
10%) bo‗lgan nominal qiymati $1000 obligatsiyaning
joriy qiymatini
107
Financial Markets and Institution\Eighth Edition. Frederic S. Mishkin & Stanley G. Eakins.40-46p.
118
hisoblaymiz
108
:
P
=$100/(1 +
i
) +$100/(1 +
i
)
2
+$100/(1 +
i
)
3
+ .... +$100/(1 +
i
)
10
+$1000/(1 +
i
)
10
Barcha kuponli obligatsiyalar uchun formulani umumlashtiramiz:
P =
S
/(1 + i) +
S
/(1 + i)
2
+
S
/(1 + i)
3
+ ...... S/(1 + i)
n
+
F
/(1 + i)
n
bu yerda P
–
kuponli obligatsiyaning joriy bahosi;
S
=yillik kupon to‗lovlar;
F
–
obligatsiyaning nominal qiymati;
n
–
so‗ndirish muddatigacha bo‗lgan yillar soni.
Tenglamada yillik kupon to‗lovlari, nominal qiymat va so‗ngdirishgacha
bo‗lgan vaqtdagi yillar soni kabi ma‘lum miqdorlar, faqat so‗ndirishdagi
daromadlilik noaniq hisoblanadi. So‗ndirishdagi daromadlilikni aniqlash bo‗yicha
foiz stavkasi 10 % lik so‗ndirish davri 10 yil bo‗lgan kuponli obligatsiyalar
bo‗yicha nechta misolni ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: