5.3. Xalqaro kreditning to„lov shartlari, LIBOR foiz stavkasi
Xalqaro kredit shartlariga kredit valyutasi, to‗lov valyutasi, summasi (limit),
muddatlar, foydalanish va so‗ndirish shartlari, qiymat, ta‘minot turi va risklarni
sug‗urtalash usullari kiradi. Xalqaro krediting qanday valyutada berilishi muhim
hisoblanib, valyutaning nobarqarorligi kreditor uchun yo‗qotishlarga olib keladi.
Kredit beriladigan valyutani tanlashga bir qator, barqarorlik, foiz stavkasi darajasi,
xalqaro hisob-kitoblar amaliyoti, inflyatsiya darajasi, valyuta kurslari va boshqa
omillar ta‘sir etadi.
Kredit samaradorligini aniqlashda to‗liq va o‗rtacha muddatlar farqlanadi.
Kreditning to‗liq muddati - kreditni foydalanish vaqtidan boshlab uning to‗la
qaytarilishigacha bo‗lgan muddatni o‗z ichiga olib, bunga taqdim etilgan kreditning
foydalanish, imtiyozli va so‗ndirish davrlari kiradi. U quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |