Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


-jadval  Xalqaro kredit bozorining funktsiyalari



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

5.3-jadval 
Xalqaro kredit bozorining funktsiyalari
Funktsiyalar
Funktsiyalar mazmuni 
Axborot
Kredit mahsulotlarini turlari, qarz kapitali jalb 
qilishning mavjud shakllari, taklif etilayotgan 
kredit miqdori to‗g‗risidagi axborotlar.
Vositachilik 
Jamg‗armaning investitsiyaga transformatsiyasini 
ta‘minlaydi. 
Narhni shakllantiruvchi
Raqobat sharoitida pul mablag‗lari taklifi va 
talabini o‗zaro ta‘sirlari asosida foiz stavkasini 
yuzaga kelishi.
Tartibga soluvchi 
Kredit resurslari bo‗yicha taklif va talabni 
muvofiqligiga olib keladi. 
Muvofiqlashtiruvchi 
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini jamg‗arma va 
investiyalashga turtki beradi. 
Manba:
Mejdunarodnie valyutno-kreditnie otnosheniya:uchebnik i praktikum / Ye.A. 
Zvonova i dr. – M.: Izdatelstvo Yurayt, 2014. –278s. 
Xalqaro kredit global iqtisodiyotdagi qarz mablag‗lari harakati o‗ziga 
xosligini aks etuvchi quyidagi bir qator funktsiyalarni bajaradi
114
:

kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini ta‘minlash maqsadida 
ssuda kapitalining davlatlar o‗rtasida transchegaraviy qayta taqsimlash; xalqaro 
kredit milliy foyda normalarini jahondagi o‗rtacha normalariga baravarlashuvini 
rag‗batlantiradi;

haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish yo‗li bilan xalqaro hisob-
kitoblarda muomala xarajatlarini tejash, naqd pulsiz hisob-kitoblarni tezlashtirish 
va rivojlantirish, naqd valyuta aylanmasini xalqaro kreditga o‗zgartirishlar (xalqaro 
kreditlar bazasida xalqaro hisob-kitoblardagi kredit resurslari paydo bo‗lgan: 
veksel, chek, bank o‗tkazmalari, depozit sertifikatlari); 

kapital kontsentratsiyasi va markazlashuvini tezlashtirish; tashqi qarzlarni 
jalb qilinishi ortiqcha qiymatni kapitallashuv jarayonlarini tezlashtiradi, shaxsiy 
114
Mejdunarodnie valyutno–kreditnie i finansovie otnosheniya:Uchebnik / Pod red. L.N. Krasavinoy. – 4–e izd., 
pererab. i dop. –M.:Izdateltvo Yurayt,2014.– 250s.


jamg‗armalar chegarasini kengaytiradi, TMK va TMB larning aktsionerlik 
kapitalini tashkil topish jarayonlarini rag‗batlantiradi;

xalqaro kredit butun global moliya bozorini tartibga soluvchi instrument va 
shu bilan vaqtning o‗zida tratibga solish obyektini o‗zida aks ettiradi. 
Xalqaro kredit turli funktsiyalarni bajarish orqali, moliya bozori va moliyaviy 
globallashuv jarayonlarida ikki tomonlama- ijobiy va salbiy rol o‗ynaydi.
Xalqaro kreditning xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorida ijobiy roli 
quyidagilardan iborat: 

milliy takror ishlab chiqar jarayonlarini kengaytiradi va tezlashtiradi; 

mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini, birinchi navbatda tashqi savdo
kapitalning xalqaro harakatini, xalqaro xizmatlarni (qurilish, ta‘lim, fan, sug‗urta va 
boshqalar) rag‗batlantiradi; 

kreditor-mamlakat kompaniyalari raqobatbardoshligini oshirish vositasi 
sifatida xizmat qiladi; 

xorijiy xususiy investitsiyalarga qulay sharoit yaratadi, bu odatda kreditor-
mamlakat investorlariga beriladigan imtiyozlar bilan bog‗liq;

xalqaro moliya bozorining boshqa segmentlarini rivojlanishi uchun qulay 
sharoitlarni yaratadi; 

xalqaro moliya bozorining valyuta segmentidagi valyuta va hisob-kitob 
operatsiyalarini uzluksizligini ta‘minlaydi;

mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini barcha yo‗nalishlarini iqtisodiy 
samaradoligini oshiradi. 
Xalqaro kredit moliyaviy globallashuv jarayonlarida xalqaro valyuta-kredit va 
moliya bozori, milliy bozor iqtisodiyotini rivojlanishidagi salbiy roli quyidagilarda 
ko‗rinadi: 

iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni kuchaytiradi, chunki xalqaro kredit 
foyda normasi yuqori tarmoqlar rivojlanishini tezlashtirib, tashqi moliyalashtirish 
uchun jozibador bo‗lmagan sohalarni rivojlanishini orqaga tortadi; 

ta‘minot va kapital bozori uchun davlatlar o‗rtasidagi kurashni 
keskinlashtiradi; 

pul muomalasi, valyuta tizimi va to‗lov balansining barqarorligini izdan 
chiqaradi; 

tashqi qarz inqirozini keltirib chiqaradi
115

Mamlakatning tashqi kredit siyosati kreditor-mamlakatning moliya bozoridagi 
pozitsiyasini mustahkamlash vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Birinchidan, xalqaro 
kreditlar kreditor-mamlakatlar uchun daromad manbai bo‗lishidan tashqari, shu 
bilan bir vaqtda tashqi qarz bo‗yicha to‗lovlar qarzdor-mamlakatga salbiy ta‘sir 
etadi. Ikkinchidan, xalqaro kredit kreditor-mamlakat uchun qarzdor-malakatda 
qulay iqtisodiy va siyosiy rejimni yaratilishi va mustahkamlanishiga olib keladi. 
Yyetakchi davlatlar tomonidan ma‘lum mamlakatlarga nisbatan kredit
diskriminatsiyasi va kredit blokadalari siyosatini qo‗llaniladi. 
115
Mejdunarodnie valyutno-kreditnie otnosheniya:uchebnik i praktikum / Ye.A. Zvonova i dr. – M.: Izdatelstvo 
Yurayt, 2014.250 –251s.


124 

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish