xalqaro hisob-kitoblarni bevosita tashkil etuvchisi sifatida ishtirok etadi. Bu funktsiya aynan mazkur bozorda xalqaro hisob-
kitoblarning tashkiliy huquqiy tartibga solish imkonini beradi. Bugungi kunda live
rejimda amalga oshiriladigan xalqaro hisob-kitoblar aynan bozor sharoitida turli
tizim va platformalar orqali amalga oshiriladi. Bunday tizimlarga SWIFT va CLS
Group kabi yirik ishtirokchilarni misol keltirish mumkin.
Xalqaro valyuta bozorining o‗zgaruvchanlik xususiyatiga ega ekanligi uning
iqtisodiy, siyosiy va psixologik omillarga sezuvchanligi bilan izohlanadi. Buning
natijasi bozorda mavjud noaniqlikni doimiy ravishda valyuta kurslarining o‗zgarib
turishidan himoyalanishni talab etadi. Aynan valyuta bozori valyuta risklarini
sug‗urtalash –
xedjerlash funktsiyasi (mexanizmi) orqali bozor ishtirokchilariga
tovar va xizmatlarni kelajakdagi sanada belgilangan narxda va valyuta kursida olish
imkoniyati yaratiladi.
Valyuta bozorining kurslarining tebranuvchanligi uning
spekulyativ funktsiya ni bajarishiga ham olib keladi. Zero kurs o‗zgarishi hamda turli
bozorlardagi farqlar valyuta likvidligi (spekulyativ kapital)ni bir bozordan
boshqasiga oqib o‗tishiga sabab bo‗ladi. Va bu jarayon uning ishtirokchilarini
foyda bilan ta‘minlaydi.
Yana bir maxsus funktsiyasi bu
kreditlash funktsiyasi dir. Xalqaro valyuta
bozori tashqi savdo uchun kreditlar beradi. Odatda xalqaro hisob-kitoblarda
muomala muddati 3 oylik veksellardan foydalaniladi. Kredit aynan, importyor
tomonidan tovarni qabul qilish, uni sotish va keyinchalik vekselni so‗ndirishga
sarflanadigan muddat uchun zarurdir.
Xalqaro moliya bozorining boshqa sektorlari bilan o‘zaro aloqa funktsiyasi valyuta operatsiyalarining barcha sektorlarga (kredit, fond va sug‗urta) xizmat
ko‗rsatishi bilan izohlanadi.
Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar jamiyati (Society
for Worldwide Interbank Financial Telecommunications, SWIFT) – xalqaro
banklararo axborot almashinish va to‗lov tizimidir. SWIFT 1973- yilda tashkil
etilgan bo‗lib, unga 15 mamlakatdan 239 ta bank ta‘sischi sifatida kirgan. SWIFT
Belgiya qonunlari bo‗yicha tashkil etilgan bo‗lib, bosh ofisi Bryussel shahrida
ochilgan.
Mazkur jamiyat (SWIFT) moliyaviy axborotlarni almashishning rasmiy
uslublarini ishlab chiqish va standartlashtirilgan xabarlardan foydalangan holda
ma‘lumotlarni uzatishning xalqaro tarmog‗ini yaratish
maqsadida tashkil etilgan.
Keyingi to‗rt yil ta‘sischilar tomonidan tashkiliy va texnik masalalarni yechishga
sarflanib, 1977- yil 9- may kuni tarmoqning rasmiy ochilishi bo‗lib o‗tgan.